Allohga tavakkul qiling. Allohning o‘zi yetarli vakildir.
82. Axir ular Qur’on haqida fikr yuritmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqa birov
tomonidan bo‘lsa edi, unda ko‘p qarama-qarshiliklarni topgan bo‘lar edilar-ku?!
83. Qachon ularga (jangga ketgan musulmon askarlar haqida) tinchlik yoki
xavf-xatar (ya’ni g‘alaba yoki mag‘lubiyat) xabari kelsa, uni yoyib yuboradilar.
Agar (ular o‘zlariga kelgan xabarni har kimga yoyib yurmasdan)payg‘ambarga
va o‘zlaridan bo‘lgan boshliqlargagina yetkazganlarida edi, uni (ya’ni mana shu
xabarning haqiqatini) bilmoqchi bo‘lgan kishilar o‘shalardan bilgan bo‘lar
edilar. Agar sizlarga Allohning fazlu marhamati bo‘lmasa edi, (ya’ni Alloh o‘z
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
72
Do'stlaringiz bilan baham: |