Microsoft Word quran uz ziyouz com doc


Bu Allohning sizlarga nozil qilgan hukmidir. Kim Allohdan qo‘rqsa uning yomonlik-gunohlarini o‘chirur va uning ajr-mukofotini ulug‘ qilur



Download 0,69 Mb.
bet522/612
Sana12.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#779260
1   ...   518   519   520   521   522   523   524   525   ...   612
Bog'liq
quran uz ziyouz com

Bu Allohning sizlarga nozil qilgan hukmidir. Kim Allohdan qo‘rqsa uning yomonlik-gunohlarini o‘chirur va uning ajr-mukofotini ulug‘ qilur.

  • Ularga (ya'ni taloq qilinib, idda saqlayotgan ayollaringizga) o‘zlaringiz maskan tutgan qudratingiz yetgan joydan maskan beringlar va ularni (turgan joylaridan) qisib chiqarish uchun ularga ziyon yetkazmanglar. Agar ular homilador bo‘lsalar, u holda to homilalarini qo‘ygunlaricha ularga nafaqa berib turinglar! Endi agar (taloq qilgan ayollaringiz) sizlar uchun (bola) emizsalar (ya'ni o‘zlarining sizlardan bo‘lgan bolalarini emizsalar), u holda ularning (emizganliklari uchun) ajr-haqlarini beringlar! Va (emizish, hamda uning haqqi xususida) o‘zaro yaxshilik bilan kelishib olinglar! Agar (kelisha olmasdan) tang holga tushsangizlar, u holda (ota) uchun (bolasini) boshqa (bir ayol) emizur. (Ya'ni ota bolasini boshqa begona ayolga emizdurur).

  • Boy-badavlat kishi o‘z boyligidan (ya'ni boyligiga yarashadigan) nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag‘al) bo‘lsa, u holda Alloh o‘ziga ato etgan narsadan (ya'ni o‘z holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O'zi unga ato etgan (rizq-ro‘z) dan boshqa narsaga taklif qilmas (ya'ni har bir inson faqat Alloh o‘ziga ato etgan rizqdan infoq qilishga taklif qilinur). Alloh tanglik-kambag‘alliqdan keyin yengillik-boylikni ham (paydo) qilur.

  • Qanchadan-qancha qishloq-shaharlar borki, o‘z Parvardigorlari va Uning payg‘ambarlari amridan bosh tortgandirlar, bas, Biz ulardan qattiq hisob-kitob olganmiz va yomon azob bilan azoblaganmiz.

  • Bas, u (qishloq-shaharlarning axli) o‘z ish-qilmishlarining ziyonini totdilar va bu ishlarining oqibati ziyon tortish - halokat bo'ldi.

  • Alloh ular uchun (oxiratda ham) qattiq azobni tayyorlab qo‘ygandir. Bas, ey iymon keltirgan aql egalari, Allohdan qo‘rqinglar! Darvoqe U zot sizlarga Eslatma - Qur'onni nozil qildi.

  • Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga Allohning ochiq-ravshan oyatlarini tilovat qiladigan payg‘ambarni (Muhammad alayhis-salomni yubordi). Kim Allohga iymon keltirsa va yaxshi amal qilsa (Alloh) uni ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadul-abad qoladigan jannatlarga kiritur. Darhahiqat Alloh uning uchun go‘zal rizq (ya'ni jannatning tuganmas rizqini ato) qildi.

  • Alloh yetti osmonni va yerdan ham o‘shalarning mislini (ya'ni yetti qavat yerni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri farmoni ularning (ya'ni yetti qavat osmon va yetti qavat yerning) o‘rtasiga nozil bo‘lib-tarqalib turur. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani (O'z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U zot sizlarga yuqorida zikr qilingan narsalar haqida xabar berdi).

    TAHRIM SURASI
    O'n ikki oyatdan tashkil topgan bu sura ham Madinada nozil bo‘lgan.
    «Tahrim» - «Harom qilib olish» deb nomlangan bu sura joriyalarni o‘zlari uchun harom qilib olgan Payg‘ambar alayhis-salomga tanbeh berish bilan boshlanadi.
    So‘ngra u zot bilan ahli baytlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ayrim voqea-hodisalar haqida hikoya qilinadi va bu bilan musulmonlarga er bilan xotinning oilada tutishi lozim bo‘lgan o‘rni-mavqei hamda ular o‘rtasidagi rioya etilishi lozim bo‘lgan ayrim tartib-qoidalar o‘rgatiladi.
    Sura davomida mo‘minlar o‘zlarini va ahli-oilalarini do‘zaxga duchor qiladigan gunohlardan saqlashga hamda xolis tavba-tazarrular qilishga qayta-qayta da'vat etiladilar.
    Sura mo‘min zot (Nuh va Lut payg‘ambarlar) qaramog‘idagi kofira ayollar va kofir kimsa (Fir'avn) qo‘l ostidagi mo‘mina ayol va Maryam binti Imron haqidagi ikki ibratli misol bilan xotima topadi.
    Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

    1. Ey payg‘ambar, nega siz juftlaringizning roziligini istab Alloh siz uchun halol qilgan narsani harom qilib olursiz?! Alloh mag‘firatli, mehribondir.

    I z o h. Ushbu oyati karima nozil bo‘lishining sabablari haqida bir necha rivoyatlar mavjud bo‘lib, ulardan biri “Sahihul-Buxoriy”da keltirilgan quyidagi rivoyatdir: Payg‘ambar alayhis-salom jufti halollari Zaynab binti Jahsh (Alloh undan rozi bo‘lsin)ning xonalarida istirohat qilib, onamiz quyib bergan asal sharbatidan ichib o‘tirar ekanlar, boshqa ayollari Oisha va Hafsa onalarimizning (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) rashklari kelib Payg‘ambar alayhis-salom bu yerdan chiqib qaysi birimizning oldimizga kirsalar: «Mag‘ofiyr (o‘zi lazzatli, ammo sarimsoqqa o‘xshagan badbo‘y taom) yedingizmi?», deymiz, deb kelishib oladilar va Rasululloh oldilariga kirganlarida, har ikkalalari o‘sha so‘zni aytadilar. Shunda har qanday badbo‘y hidni yomon ko‘radigai Payg‘ambarimiz: «Yo‘q, men faqat Zaynabning oldida asal sharbatni ichgan edim», deb qayta asal tanovul qilmaslikka qasam ichganlarida yuqoridagi oyat nozil bo‘ladi.

    1. Darvoqe', Alloh sizlar uchun (ma'lum miqdorda kafforat-evaz to‘lab) qasamlaringizdan qutulib chiqishni buyurgan-ku. Alloh xojalaringizdir. U bilguvchidir va hikmat sohibidir.

    I z o h. Bu oyatda Alloh taolo Payg‘ambarimizni va u zotning barcha ummatlarini noo‘rin ichilgan qasamlaridan kafforat-evaz to‘lab qutulishga buyurmoqda. Qasamning kafforati haqida Moida surasining 89-oyatida batafsil aytilgandir.

    1. Payg‘ambar juftlaridan biriga (ya'ni Hafsaga) bir so‘zni pinhona aytganini eslang! Endi qachonki (Hafsa) u (sir) haqida (Oishaga) xabar bergach va Alloh (Jabroil farishta vositasida Payg‘ambarni Hafsaning qilmishidan) voqif qilgach, u (Hafsaga o‘zi voqif bo‘lgan narsaning) ba'zisini bildirdi va ba'zisidan yuz o'girdi - bildirmadi. Bas, qachonki (Payg'ambar Hafsaga o'zi voqif bo'lgan narsaning ba'zisi haqida) xabar bergach, u: «Kim sizga bu xabarni berdi?» degan edi, (Payg‘ambar) «Menga Bilguvchi va Xabardor zot xabar berdi», dedi.

    2. (Ey Hafsa, Oisha) agar sizlar (bu qilmishlaringiz uchun) Allohga tavba qilsangizlar (o‘zlaringizga yaxshiroq bo‘lur). Chunki sizlarning dillaringiz (haq yo‘ldan) toyib ketdi! (Ammo) agar sizlar (Payg‘ambarning) ziyoniga (ya'ni u zot bilan ayollari o‘rtasini buzadigan ishlar ustida) bir-biringizga yordam bersangizlar, u holda shak-shubhasiz Allohning O'zi ham, Jabroil ham, ahli solih mo‘minlar ham uning madadkoridirlar. Yana, bulardan keyin farishtalar ham (Payg‘ambarga) yordamchidir.

    3. Ehtimol Parvardigori — agar u sizlarni taloq qilsa — unga sizlardan yaxshiroq juftlarni muslima, mo‘mina (Alloh va Uning payg‘ambariga) itoat etguvchi tavba-tazarru qilguvchi, obida (mudom Allohning yo‘lida) ketguvchi juvon va qizlarni almashtirib berur.

    I z o h. Yuqoridagi oyatlarda Alloh taolo Payg‘ambar alayhis-salomning ayollariga ibratli pand-nasihat qilib, ularni Rasululloh bilan birga kechayotgan saodatli hayotlarining qadriga yetishga da'vat etgach, quyidagi oyatlarda barcha mo‘minlarga xitob qiladi.

    1. Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va axli-oilalaringizni o‘tini odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlangizki, u (do‘zax) ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Alloh o‘zlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur.

    2. (Kofirlar do‘zaxga kiritilar ekanlar, ularga deyilur): «Ey kofirlar, bugun uzr aytmay qo‘ya qolinglar, (chunki endi har qanday uzr-bahona befoydadir)! Sizlar faqat o‘zlaringiz qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanmoqdasizlar!

    3. Ey mo‘minlar, Allohga xolis tavba qilinglar, shoyadki, Parvardigoringiz sizlarning yomonlik-gunohlaringizni o‘chirib, ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritur. U Kunda Alloh Payg‘ambarni va u bilan birga iymon keltirgan zotlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va o‘ng tomonlarida yurur. Ular: «Parvardigoro, O'zing bizlarga nurimizni komil qilib bergin va bizlarni mag‘firat qilgin. Albatta Sen barcha narsaga qodirdirsan», derlar.


    4. Download 0,69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   518   519   520   521   522   523   524   525   ...   612




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish