Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet79/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Agar Biz ularga: "O'zlaringizni o'ldiring yoki yurtingizdan chiqib keting", - deb buyurganimizda edi, ozchiligidan boshqasi uni qilmagan bo'lur edilar. Bordiyu, ularga aytilgan nasihatlarga (amal) qilganlarida edi, o'zlari uchun yaxshiroq va (imonlari) mustahkamroq bo'lur edi.




  1. O'shanda (Biz ham) ularga O'z huzurimizdan ulkan mukofot bergan bo'lur edik.




  1. Shuningdek, ularni to'g'ri yo'lga hidoyat qilgan bo'lur edik.




  1. Kimda-kim Alloh va Payg'ambarga itoat etsa, aynan o'shalar Allohning in'omiga erishgan zotlar - payg'ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih kishilar bilan birgadirlar. Ular hamroh sifatida naqadar go'zaldir!

Izoh: Siddiqlar deganda ilohiy ma'lumotlarga chin dildan ishonib, ularni dil bilan tasdiq etuvchi zotlar tushuniladi. Tasavvufda payg'ambarlikdan keyingi eng yuqori martaba siddiqlik martabasidir. Bu martabaga birinchi bo'lib Abu Bakr Siddiq (r. a. ) erishganlar. (Kosoniy "Silsilai siddiqiyn" kitobiga qaralsin).



  1. Bu Allohdan (bo'lgan) fazldir. Alloh yetarli (darajada) bilimdondir.




  1. Ey, imon keltirganlar! (Yovga nisbatan) ehtiyot chorasini ko'rgach, guruh-guruh bo'lib yoki hammangiz jam bo'lib chiqingiz!



Izoh: Bu va keyingi oyatlar Madinaga ko'chib kelgan muhojirlar va ansorlardan iborat musulmonlarni dushmandan ogohlantirish, ularga zulm o'tkazgan Makka mushriklariga qarshi harakatlarda ishtirok etishga undash bilan birga undan bosh tortuvchilarni tanqid qilmoqda.



  1. Darhaqiqat, ichlaringizda (jangga bormay) ortda qoladigan, sizlarga biror musibat yetsa, "Alloh yorlaqab ular bilan birga (jangga) hozir bo'lmadim", - deydiganlar ham bor.




  1. Bordiyu sizlarga Allohdan fazl (g'alaba) yetsa, xuddi sizlar bilan uning o'rtasida aloqa bo'lmagandek, "Koshki edi, men ham ular bilan birga bo'lganimda ulkan yutuq (o'lja)ga erishgan bo'lur edim",- deb, aytishi ham aniq.




  1. Alloh yo'lida dunyo hayoti evaziga oxiratni sotib oladiganlar jang qilsinlar! Kimdakim Alloh yo'lida jang qilsayu, o'ldirilsa yoki g'alaba qilsa, albatta, unga ulkan mukofot ato etajakmiz.




  1. Sizlarga ne bo'ldiki, Alloh yo'lida va "Ey, Rabbimiz, aholisi zolim bo'lgan ushbu shahardan bizni chiqargin, bizga O'z huzuringdan bir do'st bergin va bizga O'z huzuringdan bir yordamchi ato etgin!" - deyayotgan bechora erkak, ayol va bolalar (ozodligi) uchun jang qilmaysizlar?!




  1. Imon keltirganlar Alloh yo'lida jang qiladilar. Kofirlar (esa) Tog'ut (shayton) yo'lida jang qiladilar. (Sizlar) shaytonning do'stlariga qarshi jang qilinglar! Albatta, shaytonning makri zaifdir.




  1. "Qo'llaringizni (jangdan) tiyib, (hozircha) namoz o'qib, zakot berib turingiz!" deyilgan (kishi)larni ko'rmadingizmi? Ularga jang farz qilingach esa, bir qismi xuddi Allohdan qo'rqqandek yoki undan ham ko'proq odamlardan qo'rqa boshladilar va aytdilarki: "Ey, Rabbimiz! Nega bizga jangni farz qilding? Bizni (ajalimizni) ozgina muddatga kechiktirsang bo'lmasmidi?" Ayting: "Dunyo matosi (lazzati) ozdir. Taqvoli kishiga esa oxirat yaxshidir. Xurmoning dumicha ham (Alloh tarafidan) zulm qilinmaysizlar".




  1. Qayerda bo'lsangiz ham o'lim sizlarni topadi, hatto mustahkam qal'alar ichida bo'lsangiz ham. Ularga biror yaxshilik yetsa, "Bu - Allohdan", - deydilar. Agar ularga biror noxushlik yetsa, "Bu - Sizdan", - deb aytadilar. "Hammasi Allohdandir", - deng (ularga). Bu qavm kishilariga nima bo'ldiki, gapni anglay olmaydilar?!




  1. Sizga qanday yaxshilik yetsa, u Allohdandir. Sizga qanday noxushlik yetsa, u o'zingizdandir. Sizni odamlarga payg'ambar qilib yuborganmiz. Guvohlikka (esa) Alloh (O'zi) yetarlidir.



Izoh: Bu oyatdagi "Sizga" deb qilinayotgan xitob faqat Payg'ambar (a. s.) ga emas, balki hammaga tegishlidir.



  1. Kimda-kim Payg'ambarga itoat etsa, demak, u Allohga itoat etibdi. Kimda-kim bosh tortsa, Sizni ular ustidan qo'riqlovchi qilib yuborganimiz yo'q.




  1. "Itoat (etamiz)" deydilar, lekin huzuringizdan chiqqanlarida, ularning bir toifasi Siz aytgan gapning teskarisiga til biriktiradilar. Alloh (ularning) til biriktirishlarini yozib qo'ygan. Siz esa, ulardan yuz o'girib, Allohga tavakkul qiling. Alloh vakillikka kifoyadir.




  1. Qur'on (oyatlarining ma'nolari) haqida (chuqurroq) fikr yuritmaydilarmi?! Agar (u) Allohdan o'zganing huzuridan (kelgan) bo'lsa edi, unda ko'p ixtiloflarni topgan bo'lur edilar.




  1. Ularga (jang maydonidan) omonlik yoki xavfli ish (xabari) kelsa, uni yoyib yuboradilar. Agar uni Payg'ambarga yoki o'zlaridan bo'lgan amirlarga yetkazsalar, uni bilib olishni istovchilar o'shalardan (so'rab) bilaverar edilar. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati bo'lmasa edi, ozchilikdan tashqari, (ko'plaringiz) shaytonga ergashib ketgan bo'lar edingiz.




  1. Bas, Alloh yo'lida jang qiling! (Siz) O'zingizdan boshqalar uchun javobgar emassiz. Mo'minlarni (jangga) undang, shoyad (shunda) Alloh kofirlarning shiddatini so'ndirsa. Allohning shiddati eng keskin va jazosi ashaddiydir.




  1. Kimda-kim yaxshi shafoat ila (birovni) himoya qilsa, unga ham o'sha (himoyasi)dan nasiba (savob) bo'lur. Kimda-kim yomon shafoat ila (birovni) himoya qilsa, unga ham o'sha (himoyasi)dan nasiba (gunoh) bo'lur. Alloh har narsaga qodirdir.




  1. Qachon sizlarga biror salomlashish bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki o'sha (ibora)ni qaytaringlar. Albatta, Alloh har bir narsani hisobga oluvchidir.



Izoh: Hadisi sharifda aytilganidek, salom beruvchi "Assalomu alaykum" desa, "Va alaykum assalomu va rahmatulloh" deb alik olinadi. Agar u "Assalomu alaykum va rahmatulloh" deb salom bersa, "Va alaykum assalomu va rahmatullohi va barakotuh" deb alik olinadi. Shunday qilinganda, oyatda buyurilgandek, chiroyliroq qilib alik olingan bo'ladi. Salom beruvchi "va barakotuh" qo'shimchasini ham qo'shsa, alik oluvchi ham o'sha qo'shimchadan nariga o'tmasligi lozim. Mazkur oyatda bunga ishorat bor. Salom odoblaridan piyodaga suvora (ulovdagi odam), ko'pchilikka ozchilik, o'tirgan yoki o'rnidan turganga yurgan kishilar salom berish kabilarga rioya etish tavsiya etiladi. Lekin kichikdan oldin katta yoshdagi odam kamtarlik uchun salom bersa bu fazilatdir. Salom berishlik sunnat, alik olishlik esa farz ekanligi mazkur oyati karima mazmunidan olingan.



  1. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) sizlarni, albatta, qiyomat kuniga yig'ajakkim, unda shubha yo'qdir. Kim ham Allohdan to'g'riso'zroq ekan?!





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish