PSIXOLOGIK TEST: XARAKTERNI ANIQLASH, SHAXS TIPOLOGIYASI. MAYERS-BRIGGS SINOVI Ahmedov Jasur Abdusalom o’g’li sirtqi pedagogika va psixalogiya yo’nalishi 103-guruh talabasi. Mayers-Briggs tipologiyasi (MBTI) — 1940-yillarda Yunga tipologiyasi asosida yuzaga kelgan va AQSh va Yevropada keng tarqalgan shaxs tipologiyasidir. Test ba’zan tanqid qilinishiga qaramasdan, u shaxs xarakterini aniqlash uchun muhim kalit bolib qolmoqda. Umumiy qilib aytganda, uning yordamida kishilarning dunoyni qanday idrok etishi va qay tarzda qaror qabul qilishi aniqlanadi. Ko’pgina G’arb kompaniyalari ishga qabul qilishdan oldin xodimlardan Mayers-Briggs testidan o’tishni talab qiladi. - Mayers-Briggs tipologiyasi (MBTI) — 1940-yillarda Yunga tipologiyasi asosida yuzaga kelgan va AQSh va Yevropada keng tarqalgan shaxs tipologiyasidir. Test ba’zan tanqid qilinishiga qaramasdan, u shaxs xarakterini aniqlash uchun muhim kalit bolib qolmoqda. Umumiy qilib aytganda, uning yordamida kishilarning dunoyni qanday idrok etishi va qay tarzda qaror qabul qilishi aniqlanadi. Ko’pgina G’arb kompaniyalari ishga qabul qilishdan oldin xodimlardan Mayers-Briggs testidan o’tishni talab qiladi.
PSIXOLOGIK TESTNING 4 DESKRIPTORI - PSIXOLOGIK TESTNING 4 DESKRIPTORI
- Testning o’zi biroz quyiroqda, dastavval uning mohiyatini tushunib olish kerak.
- MBTI psixologik test tizimining mohiyati shundan iboratki, kishi shaxsiy omillarining unikal kombinatsiyalarini o’lchab, uning uchun o’zini qulay va ishonchli his qilishga imkon beradigan ma’lum bir faoliyat turi, harakat uslubi, qaror qabul qilishi tabiati va boshqa xususiyatlarini taxmin qilish mumkin.
- Shu sababli inson xarakterini o’rganganadigan 4 shkala (deskriptor) yaratilgan:
- Idrok orientatsiyasi (introversiya — ekstraversiya);
- Vaziyatda orientatsiya (teran fikrlash — sezgi);
- Qaror qabul qilish asoslari (logos — pafos)
- Yechimlarni tayyorlash usuli (ratsionallik — irratsionallik)
- Har bir shkala bo’yicha quyida batafsil.
EI SHKALASI: IDROK ORIENTATSIYASI
Introvertlar (I-tip) «sariq pressa» aks ettiradigandek «yopiq» va aloqaga kirishmaydigan shaxslar emas. Ular yaxshi suhbatdosh va xushchaqchaq hamroh bo’lishi mumkin, ammo o’zlari yakka holda yaxshiroq ishlashadi va ko’proq energiyaga ega bo’lishadi. Bunday odamlar so’zdan ko’ra fikrni afzal ko’radilar, shuning uchun ular doimo biron narsani aytishdan oldin yaxshilab o’ylashadi.
Ekstravertlar (E-tip) da kommunikativlik ko’p gapirish bilan chegaradosh. Ular uchun boshqalar bilan ishlash qiziqroq. Ular muammolarni eshiklarni yopib olib, yakka holda emas, murosa topishga imkon beradigan muhokama qilish orqali hal qilishadi. Ammo ularning ko’p gapirishlari ko’pincha o’zi haqida bildiradi.
SN SHKALASI: VAZIYATDA ORIENTATSIYA
«Sensing» so’zining «teran fikrlash» deb tarjima qilinishi ko’p ham to’g’ri emas. S-tipiga mansub shaxslar, vaziyatni baholashda «sensorlar» — ko’rish, eshitish, tegish yordamida tushuna va his eta oladigan barcha detallarni hisobga oladi. Ular tashqi, oldindan ma’lum bo’lgan ma’lumotlarga tayanadi va qaror qabul qilishda vaziyatni yaxshilab o’rganib, tarozining har pallasiga solib ko’rib, ketma-ketlika amal qiladi. Ular har doim aniqlik bilan ish olib boradi, ular uchun dalillar bilan tasdiqlanmagan taxminlar ahamiyatga ega emas, hozir va shu yerda sodir bo’layotgan hodisalar birinchi o’rinda turadi.
N-tip ko’proq ichki sezgiga (intuitsiyaga) tayanishga moyil. Ko’pincha, ular yaxshi rivojlangan tasavvurga ega bo’lgan odamlardir, ular uchun bu dunyo — imkoniyatlar jamlanmasidir. Ular dalillarga beparvoroq bo’lishadi, biroq global tasvirni ko’rishga, voqealar rivojining turli yo’llarini bashorat qilish imkoniga ega.
JP SHKALASI: YECHIMLARNI TAYYORLASH USULI
P-tipiga mansub bo’lganlar, keng qamrovli nazorat va rejalashtirishga qodir emas, biroq bir nechta kanal orqali bir vaqtning o’zida ko’plab ma’lumotlarni olishlari mumkin. Ular ko’p vazifalar ustida ish olib borishadi, bajarish uchun qisqa vaqt berilgan vazifalarni yaxshi bajaradilar, biron narsa rejalashtirilmagandek ketadigan bo’lsa, vahima qilmaydilar. Bunday kishilar o’zgarishlarni yaxshi qabul qilishadi, chunki moslashish qobiliyati — ularning kuchli tomoni.
J-tipi, aksincha, faqat bitta vazifa ustida ish olib borishadi, rejalashtirish va algoritmlashtirishga moyil bo’lishadi. Birinchidan, barqarorlik ular uchun muhim, ular betartiblikni bartaraf etishga va har qanday muammolarni hal qilishda barchasini oldindan yaxshilab o’ylab, barcha usullarni qo’llash bilan yondashishga harakat qilishadi. Bunday odamlar maqsadlarni belgilash, ustuvorliklarni aniqlash va natijalarga erishishda yaxshiroq natijalar ko’rsatadi.
Oddiy so’zlar bilan aytganda, JP shkalasi — bu yechimning qanday tayyorlanishi:
J (mulohaza va ratsionallik) — rejalashtirish va tartiblash; P (his qilish va irratsionallik) — sharoitga qarab harakat qilish, moslashish.
E’tiboringiz uchun rahmat..
Do'stlaringiz bilan baham: |