Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet341/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

(Ey, Muhammad,) Siz qayerdan ham bilursiz, ehtimol, u (Sizdan foydalanib, o'z gunohlaridan) poklanar




  1. yoki eslatma olar-da, so'ng bu eslatma unga foyda berar?!




  1. Ammo, boy kimsaga esa,




  1. bas, Siz (e'tibor berib) mutasaddilik qilmoqdasiz.




  1. Holbuki, uning (o'z kufridan) poklanmasligi Sizga zararli emas edi.




  1. Endi, oldingizga yugurib




  1. (Allohdan) qo'rqqan holida kelgan kishi esa,




  1. bas, Siz undan chalg’imoqdasiz.




  1. Yo'q, (bunday qilmang)! Albatta, ular (Qur'on oyatlari) ayni eslatmadir.




  1. Bas, kim xohlasa, (uni) yod etar.




  1. (U oyatlar Alloh nazdida) mukarram sahifalarda

  2. (ya'ni,) qadri baland, pokiza (sahifalarda)




  1. kotib (farishta)lar qo'llaridadir.




  1. (Ular) karamli va itoatlidirlar.




  1. Halok bo'lgur inson bunchalar kofir bo'lmasa!




  1. (Alloh) uni qaysi narsadan yaratdi o'zi?!




  1. (Bir haqir) nutfadan yaratib, so'ng uni (tuqilish vaqtini) belgilab qo'ydi.




  1. So'ngra unga (tuqilishda) yo'lni oson qildi.




  1. So'ngra unga o'lim berib, qabrga kiritdi.




  1. So'ngra O'zi xohlaganda, uni yana qayta tiriltirur.




  1. Yo'q! U buyurgan narsani sira ado etmadi.




  1. Endi inson o'zining taomiga (ibrat ko'zi bilan) boqsin!




  1. Biz (osmondan) suvni mo'l yog’dirdik.




  1. So'ngra yerni (giyohlar undirib) yordik.




  1. So'ngra Biz unda donlarni undirdik,




  1. uzum va ko'katlarni,




  1. zaytun va xurmolarni,




  1. qalin daraxtzor bog’larni,




  1. mevayu giyohlarni ham.




  1. Bular sizlar uchun va chorva hayvonlaringiz uchun manfaatdir.




  1. Bas, qachonki, (quloqlarni) kar qiluvchi (qichqiriq) kelganda (sur ikkinchi marta chalinganda),




  1. o'sha Kunda kishi o'z birodaridan qochur.




  1. Yana onasi va otasidan ham,




  1. xotini-yu, o'g’illaridan ham (qochur).




  1. (Chunki) u kunda ulardan har bir kishi uchun o'ziga yetarli tashvish bo'lur.




  1. U Kunda (ba'zi) yuzlar yorug’,




  1. kuluvchi va xurram (bo'lur).

  2. u kunda (boshqa bir) yuzlar uzra g’ubor bo'lur.




  1. U (yuz)larni qarolik qoplar.




  1. Ana o'shalar (fisqu) fujur qiluvchi kofirlarning o'zidirlar.

TAKVIR SURASI

Takvir - o'rab qo'yish. Bu yerda quyoshni o'rab qo'yilishi muroddir. Surada Qiyomat qoyim bo'lganda, quyosh o'rab yig’ishtirib qo'yilishi, yulduzlar, tog’lar, dengizlar va boshqa katta-kichik mavjudotlarda ro'y beradigan o'zgarishlar tasvirlanadi. Shuningdek, hisob-kitob jarayoni va boshqa ajib hodisalar surada o'z bayonini topadi.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Quyosh o'rab qo'yilganida,




  1. yulduzlar ham (o'z falaklaridan) to'kilganida,




  1. tog’lar ham (o'z joylaridan) jildirilganida,




  1. (qornidagi bolasi) o'n oylik bo'g’oz tuyalar ham bo'sh qo'yib yuborilganida,




  1. vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) to'planib qolganida,




  1. dengizlar kuydirilganida,




  1. ruhlar (qaytadan jasadlarga) juftlanganida,




  1. tiriklay ko'milgan (har bir) qizdan so'ralganida,




  1. ne gunohi uchun o'ldirilgan, deb.




  1. Yana sahifalar (nomai a'mol) ochilganida,




  1. osmon (Yer ustidan) sidirib olinganida,




  1. do'zax (kofirlar uchun) qizdirilganida,




  1. jannat (taqvodorlarga) yaqin qilinganida,




  1. (ana o'sha Kunda har bir) jon o'zi (shu Kun uchun) hozirlab kelgan narsani(yaxshi-yomon amallarini) bilur!




  1. Bas, qayta-qayta chiqib (ko'rinib) turuvchi (yulduzlar)ga,




  1. (beshta) yashirinuvchi sayyoralarga,



Izoh: Besh sayyora yulduzlar - Mirrix, Zuhal, Atorud, Zuhra, Mushtariy.



  1. o'z zulmati bilan kelib-ketayotgan kechaga va




  1. (otayotgan) tongga qasamki,




  1. albatta, u (Qur'on) bir ulug’ elchi (Jabroil)ning so'zidir.




  1. (U) quvvatli, Arshning sohibi (Alloh) nazdida martabali,




  1. u joyda (farishtalar tomonidan) itoat etiluvchi va ishonchli zot (ya'ni, Jabroil)dir.




  1. Sizlarning sohibingiz (Muhammad) majnun emasdir.




  1. Darhaqiqat, u (Jabroil)ni ochiq ufqda ko'rdi.




  1. U (Muhammad) g’aybga (vahiyga) baxil ham emasdir.



Izoh: Vahiyga baxil emasliklari kelgan har bir vahiyni, oyat va surani darhol musulmonlarga bekamu ko'st yetkazishlari, murakkab joylarini esa izohlab berishlaridir.



  1. U (Qur'on) quvilgan (mal'un) shaytonning so'zi emasdir.




  1. Bas, sizlar (uni inkor etib) qayoqqa ketmoqdasizlar?!




  1. U (Qur'on), haqiqatan, (butun) olamlar uchun eslatmadir.




  1. Orangizdagi to'g’ri bo'lishni xohlagan kishilar uchun (albatta).




  1. Sizlar faqat (butun) olamlar Parvardigori bo'lmish Alloh xohlasagina (to'g’ri bo'lishni) xohlarsizlar.

INFITOR SURASI

Infitor - yorilish. Bu yerda osmonning yorilishi, ya'ni, qiyomatdagi ro'y beradigan hodisalardan ba'zilari bu surada keltiriladi. Unda oxiratda inson o'zi qilgan yaxshi-yomon amallaridan so'ralishi, bu dunyoda qilinadigan har bir ish - harakat insonning nomai a'moliga farishtalar tomonidan yozilib turishi va jazo kuni haqida ma'lumotlar mavjuddir.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Osmon yorilganida,




  1. yulduzlar (har tomonga) sochilganida.




  1. dengizlar qo'shilib to'siqlar ochilganida,




  1. qabrlar ag’darilganida (Qiyomat qoyim bo'lganida),




  1. (har bir) jon o'zi (dunyoda) qilib o'tgan va qoldirgan (barcha) narsalarni (amallarini) bilur!




  1. Ey inson, seni karamli Parvardigoring haqida (Unga ibodat qilma deb) nima aldab qo'ydi?!




  1. U seni yaratib, so'ng (barcha a'zolaringni) tiklab, so'ng (qomatingni) rost qilib qo'ygan zot-ku!




  1. U seni O'zi qaysi suratni xohlagan bo'lsa (o'sha suratda) tarkib toptirdi-ku!




  1. Yo'q! Balki, sizlar jazo (Kuni)ni yolg’on der-sizlar.




  1. Holbuki, sizlarning ustingizda (har bir ishingizni) yod oluvchi (farishtalar) bor.




  1. (Ular) yozuvchi ulug’ zotlardir.




  1. (Ular) sizlar qilayotgan ishlarni bilurlar.




  1. Albatta, yaxshilar (mo'minlar) ne'mat (jannat)dadirlar.




  1. Fojirlar esa do'zaxdadirlar.




  1. Ular unda Jazo kuni (Qiyomat)da toblanurlar.




  1. Undan (do'zaxdan) g’oyib bo'luvchi (qutiluvchi) emasdirlar.




  1. (Ey, Muhammad,) jazo Kuni nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!




  1. So'ngra (yana) jazo Kuni nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!




  1. U Kunda hech bir jon (boshqa) bir jon uchun biror narsa qilishga ega bo'lmas! U Kuni barcha ish Allohnikidir.

MUTAFFIFUN SURASI

Suraning nomi "urib qoluvchilar" degan ma'noni anglatadi. Ya'ni, tarozi va o'lchovdan urib qolib, xaridor haqqiga xiyonat qilishning og’ir gunoh ekani bu surada eng diqqatga sazovor va ajib uslubda bayon qilingan. Surada yaxshilar va yomonlarning qilgan amallari yozilgan bitiklarning qayerda saqlanishi, qiyomat voqealari va qator ilohiy o'gitlarni o'qiysiz.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. (O'lchov va tarozidan) urib qoluvchi kimsalar holiga voy!




  1. Ular odamlardan (biror narsani) o'lchab olgan vaqtlarida to'la qilib oladigan,





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish