(So'zlashga) Rabbingiz vahiy (ruxsat) qilganini aytur.
O'sha Kuni odamlar, ularga (nomai) a'mollarini ko'rsatilishi uchun to'da-to'da bo'lib chiqib kelurlar.
Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo'lsa, (Qiyomat kuni) uni ko'rar.
Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan bo'lsa, uni ham ko'rar.
ODIYOT SURASI
Odiyot - chopuvchi (ot)lar. Surada janglarda matonat ko'rsatadigan chopqir otlar nomiga qasamyod etish bilan Alloh taolo ba'zi noshukur insonlarning o'z xoliqiga itoatsiz, dunyoparast ekanliklarini ta'kidlaydi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Qasamyod etaman pishqirib chopadigan,
(chopganda tuyoqlaridan) chaqmoq chaqnatadigan,
tong paytida (yov sari) bostirib boradigan,
bas, o'shanda (ortida) chang qoldiradigan,
shu (chang) bilan (dushman) jamoasining o'rtasiga kirib boradigan (ot)largaki,
haqiqatan, (kofir) inson Parvardigori (ato etgan ne'matlar)ga noshukrlik qiluvchidir!
Yana u bunga (noshukrligiga) guvohdir.
Yana u mol-dunyo muhabbatiga juda qattiq (beriluvchi)dir.
Axir, u bilmasmiki, (Qiyomat qoyim bo'lib), qabrlarning ichidagi narsalar chiqarilganida
va dillardagi sirlar oshkor qilinganida -
ana o'sha Kunda, albatta, Parvardigorlari ulardan (qilib o'tgan ishlaridan) xabardor-ku!
QORIA SURASI
Qoria - zarba beruvchi, ya'ni, qiyomat shiddati. Demak, sura qiyomat kuni nomlarining biri bilan ataladi.
Unda mahshargohdagi odamlarning parvonalardek to'zib yurishlari, tog’u toshlar shunchalik og’ir jismlar bo'lishiga qaramay Allohning amri bilan to'zigan yung kabi to'zonga aylanishi kabi qiyomat hodisasi tasvirlanadi. Ana o'sha kuni kimning amal tarozisi og’ir kelsa - baxtli, yengil kelsa - baxtsiz bo'lishi va otashi do'zaxga mahkum etilishi ta'kidlanadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
(U) zarba beruvchi (qiyomat)dir.
Zarba beruvchi nedur?!
(Ey, inson,) zarba beruvchi nima ekanini senga ne ham anglatur?!
U Kuni odamlar to'zitib yuborilgan parvonalar kabi bo'lurlar.
Tog’lar esa titilgan yung kabi (havoda uchib yuradigan) bo'lur.
Bas, endi (o'sha kuni) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og’ir kelsa,
ana o'sha qoniqarli maishatda bo'lur.
Ammo, kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa,
uning joyi "jarlik"dir.
Uning nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!
(U) (do'zaxdagi) lovullab yonuvchi olovdir.
TAKOSUR SURASI
Takosur - to'plab ko'paytirish ishtiyoqida bo'lmoq demakdir.
Surada mol-dunyo to'plash harakati bilan ovora bo'lib, Allohni yod etish va Uning buyruqlarini bajarishga vaqt topolmay qolgan dunyoparast kishilar qoralanadi. Lekin ular haqiqatni bilib, chuqur idrok etganlarida bunday qilmasliklari, dunyoparastlik oqibatini esa yaqinda, ya'ni, hayotdan ko'z yumgach hamda oxiratdagi jazoni muqarar ekanini bilganlaridan keyingina anglashlari, shuningdek, o'sha kuni ato etilgan ne'matlardan hisobot olinishi to'g’risida ogohlantiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
(Ey, insonlar,) sizlarni (mol-dunyo) ko'paytirish (Allohga ibodat qilishdan) mashg’ul qildi.
Hatto maqbaralaringiz (ko'pligi bilan faxrlanish)gacha bordingiz.
Yo'q! Yaqinda (buni oqibatini) bilursizlar.
Yana bir bor yo'qki, yaqinda bilursizlar!
Yo'q! Agar (dunyoparastlik oqibatini) aniq ilm bilan bilganingizda edi (uni do'st tutmas edingiz).
Qasamki, albatta, sizlar do'zaxni ko'rasizlar!
Yana bir bor qasamki, sizlar uni ayni ishonch bilan ko'rasizlar!
So'ngra ana o'sha Kunda, albatta, (sizlarga ato etilgan barcha) ne'matlar to'g’risida so'roq qilinursizlar!
ASR SURASI
Asr bilan Alloh taolo qasamyod etib, surada bayon etilgan to'rt xislatdan mahrumlikda yashagan insonning butun umri ziyonkorlik va baxtsizlikda o'tgan deb hisoblanishini ta'kidlaydi. U to'rt xislat-imon, solih amal, haqiqatparvar va sabrli bo'lishga bir-birini targ’ib etishdir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Asrga qasamki,
Izoh: Asr so'zi arab tilida bir necha mazmunga dalolat qiladi. Jumladan, asr namozi, har yuz yillik muddat, Payg’ambarimiz yashagan asr, siqib suvini chiqarish kabi ma'nolarni o'z ichiga oladi. Surada zikr etilgan asr so'zidan murod asr namozi yoxud asri saodat, ya'ni, Rasululloh yashagan asr maqsad qilingan bo'lishi mumkin. Vallohu a'lam.
(har bir) inson ziyon (baxtsizlik)dadir!
Faqat imon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga Haq (yo'li)ni tavsiya etgan va bir- birlariga sabrli bo'lishni tavsiya etgan zotlargina (bundan ustasnodirlar).
HUMAZA SURASI
Humaza - birovning ortidan imo ishoralar bilan g'iybat qiluvchi shaxsdir. Surada dunyoparastlikka o'ta berilib, faqat boylikka suyanuvchi, o'zgalarni pisand qilmay ustilaridan kuluvchi kufrga ketgan shaxslar qoralanib, ularning oxirati achinarli ekani uqtiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
(Kishilar ortidan) g'iybat qiluvchi, (oldida) masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy!
Qaysiki, u mol-dunyoni yig'ib, uni sanagani-sanagan
va moli (boyligi) uni abadiy qoldiradi deb o'ylab yurgan kimsadir.
Yo'q! Qasamki, albatta, u Hutamaga tashlanur!
(Ey, inson,) Hutama nima ekanligini senga ne ham anglatur?!
6.(U) yoqib qo'yilgan Allohning bir olovidirki,
(u badanlarni teshib o'tib) yuraklarga qadar yetur.
Albatta, u (olov) ularni qamrab oluvchidir.
(O'zlari) uzun ustunlarda (zanjirband) bo'lurlar.
FIL SURASI
Fil - ma'lum hayvon.
Surada Payg'ambarimiz tavallud topgan yili ro'y bergan tarixiy va ibratli voqea qisqacha bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
(Ey, Muhammad,) Rabbingiz fil egalarini ne qilganini ko'rmadingizmi?
(U) ularning makrlarini chalg'itib qo'ymadimi?!
Ularning ustiga to'da-to'da qushlarni yubordi.
(Ular) sopol toshlar bilan ularni otar edi.
(Shunday qilib) ularni yeb (chaynab) tashlangan somondek qilib tashladi.
Izoh: Fil voqeasining qisqacha bayoni shunday iboratki, milodiy 570 yili Yaman hokimi Abraha o'zi kofir- mushrik bo'lgani yetmagandek, Makkadagi Ka'bani ziyorat qilinishiga hasad qilib, Yamanda bir ziyoratgoh qurdirgan va odamlarni uni ziyorat qilishga undagan. Bir guruh ziyoratchilar kelib, uning ichiga turli axlatlar tashlab, iflos bir holga keltirib ketishgan. Buni ko'rgan Abraha darg'azab bo'lib o'z qo'shini oldiga fili dammon, ya'ni imoratlarni buzishda foydalaniladigan filni solib yo'lga tushadi. Ka'baga yaqin qolganda Alloh taolo ular ustiga bir gala qushlarni yuboradi. Ularning har biri tumshug'iga qizitilgan tosh bilan Abraha qo'shinlari ustiga yopirilib kelib tosh yog’diradilar. Shu tariqa ularning hammasi yer bilan yakson bo'ladi. Bu yilning nomini Omul-fil - Fil yili deb nomlangan. Muhammad (a. s.) shu yili tavallud topganlar.
QURAYSH SURASI
Quraysh - Makkadagi o'n ikki qabilalarning biri. Muhammad (a.s.) shu qabilaga mansubdirlar. Surada Alloh taolo Quraysh ahliga O'zi ato etgan ne'matlarni eslatib, ularning shukronasi uchun Baytulloh egasiga ibodat qilishga buyuradi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Do'stlaringiz bilan baham: |