Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet345/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

(U) yaqinda (ato etilajak mukofotdan) rozi bo'lur.

ZUHO SURASI

Zuho - choshgoh vaqti.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Qasamyod eturman choshgoh vaqtiga




  1. va (o'z zulmati bilan atrofni) qoplab turgan kechagaki,




  1. (ey, Muhammad,) Rabbingiz Sizdan voz kechgani ham yo'q, yomon ko'rib qolgani ham yo'qdir!




  1. Albatta, Siz uchun oxirat dunyodan yaxshiroqdir.




  1. Yaqinda Rabbingiz Sizga (shunday ne'matlar) ato eturki, Siz, albatta, (undan) rozi bo'lursiz.




  1. (Ey, Muhammad, Rabbingiz) Sizni yetim holda topib, boshpana bermadimi?!



Izoh: Boshpana bergani Payg’ambar (a. s.) yetim qolganlarida bobolari Abdulmuttalib, so'ngra amakilari Abu Tolib uni o'z qaramog’lariga olganlariga ishoratdir.



  1. Yana Sizni gumroh (g’ofil) holda topib, (Haq yo'liga) hidoyat qilib qo'ymadimi?!




  1. Sizni kambag’al holda topib, boy qilib qo'ymadimi?!




  1. Bas, endi Siz (ham) yetimga qahr qilmang!




  1. Soil (gado)ni esa (malol olib) jerkimang!




  1. Parvardigoringizning (Sizga ato etgan barcha) ne'mati haqida esa (odamlarga) so'zlang!

SHARH SURASI

Sharh - ochish. Bu yerda Rasulullohning dillarini ilmu hikmat bilan ochilishi muroddir.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. (Ey, Muhammad,) ko'ksingizni (ilmu-hikmatga) keng ochib qo'ymadikmi?!




  1. Sizdan yukingizni olib qo'ydik,




  1. qaysiki, belingizni ezib turgan edi.



Izoh: Bellarini ezib turgan yuk On hazratdan sodir bo'lgan ba'zi kichik sahvu xatolar. Chunonchi "Abasa" surasi izohida qayd etildi.



  1. Zikringizni (martabangizni) ham baland qilib qo'ydik.




  1. Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.




  1. Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.




  1. Bas, (ey, Muhammad,) qachonki, (namozdan) foriq bo'lsangiz, (o'rningizdan) turing




  1. va Rabbingiz sari rag'bat (bilan iltijo) qiling!

TIN SURASI

Tin - anjir.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Qasamyod eturman anjirga va zaytunga,




  1. Turi Sinin (tog’i)ga,




  1. mana shu tinch-osoyishta shahar (Makka)gaki,




  1. haqiqatan, Biz insonni xushbichim (shaklda) yaratdik.




  1. So'ngra (qarigan sari), uni asfalasofilinga (qomati xam bo'lishga) qaytardik.



Izoh: Asfalasofilin - pastlarning pasti. Bu so'zdan ikki xil mazmun olish mumkin. Birinchisi, tarjimadagi qarilik bo'lsa, ikkinchisi keyingi imonli solih bandalarga beriladigan ne'matlar zikri dalolatiga binoan imon keltirmagan munofiqlar do'zaxning past joyiga yuborilishiga ishorat bo'lishi mumkin.



  1. illo, imon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajr (mukofot) bordir.




  1. Bas, (ey, inson)! Shundan keyin jazo (Kuni)ni inkor etishga seni nima majbur etmoqda?!




  1. Axir, Alloh (o'sha Kunda) hukm qiluvchilarning (adolatli) hukm chiqaruvchirog’i emasmi?!

ALAQ SURASI

Alaq - Laxta qon. Bu yerda ona qornidagi homilaning rivojlanish jarayonidagi bir bosqich, ya'ni laxta quyuq qonga aylangan holati muroddir.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. (Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot bo'lmish Rabbingiz nomi bilan o'qing!




  1. U insonni laxta qondan yaratdi.




  1. O'qing! Rabbingiz esa karamli zotdir.




  1. U insonga qalam bilan (yozishni) o'rgatgan zotdir.




  1. U insonga bilmagan narsalarini o'rgatdi.




  1. Darhaqiqat, inson haddidan oshar.




  1. (Bunga) sabab o'zini boy - behojat sanashidir.




  1. (Ey, inson,) albatta, qaytishing Rabbing huzurigadir.




  1. (Ey, inson,) ko'rdingmi, to'sayotgan kimsani




  1. bandani namoz o'qiganda?!




  1. Ko'rdingmi - agar u (namoz o'quvchi) o'zi To'g’ri yo'lda bo'lsa,




  1. yoki (o'zgalarni) taqvoga (Allohdan qo'rqishga) buyursa?!




  1. Ko'rdingmi, agar u (namozdan) to'suvchi kimsa (haqni) inkor etsa va (u imon keltirishdan) yuz o'girsa,




  1. albatta, Alloh (uning bu qilmishlarini) ko'rib turishini bilmasmi?!



Izoh: Bu oyatlar mashhur kofir Abu Jahl xususida nozil qilingan. U Payg’ambar (a. s.)ga aziyat va zarar yetkazishni o'z oldiga oliy maqsad qilib qo'ygan bo'lib, Haq taolo bu tanbehlar bilan uni ogohlantirgan.



  1. Yo'q! Qasamki, agar u (bu yo'lidan) qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz




  1. o'sha yolg’onchi, adashgan (kimsaning) peshona sochidan (tutib jahannamga oturmiz)!




  1. Bas, u o'zining jamoasini (yordamga) chaqiraversin!




  1. Biz esa azob farishtalarini chaqirajakmiz!




  1. Yo'q! (Ey, Muhammad,) Siz unga itoat etmang va (yolg’iz) Allohga sajda (ibodat) qilib, (Unga) yaqin bo'ling!



(Sajda oyati.)
QADR SURASI

Qadr so'zining turlicha ma'nolari bor. Jumladan qadr-qimmat, o'lchov, miqdor. Bu yerda bularning har biri to'g’ri kelaveradi. Zero, bu kechaning qadr-qimmati ming oydan ulug’ligi va bu kechada bir yillik ishlar o'lchanib, rejalashtirilishi bunga dalil bo'la oladi.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Albatta, Biz u (Qur'on)ni Qadr kechasida nozil qildik.




  1. (Ey, Muhammad,) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!




  1. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.



Izoh: Bu ulug’ kecha Ramazon oyining 27-kechasi ekaniga dalolat qiladigan hadis va rivoyatlar ko'pdir.



  1. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tusharlar.




  1. U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir.

BAYYINA SURASI

Bayyina - hujjat.


Hujjatdan murod bu yerda, Muhammad (a. s.) dirlar. Suraning nomini "Lam Yakun" deb ham yuritiladi. Unda kofir va mushriklar, to Muhammad (a. s.) payg’ambar bo'lib kelgunlaricha, o'zlarining kufroniy aqidalaridan ajramaganlari, keyin esa ba'zilari kufrdan xalos topib, Islomga kirgani va ba'zilari kufrda qolgani, ibodatda ixlos zarurligi, oxiratda mo'minlarga va kofirlarga qilinadigan muomalalar to'g’risida ma'lumot beriladi.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Ahli kitoblar va mushriklardan iborat kofir kimsalar, to ularga Hujjat kelgunicha, (kufrdan) ajraluvchi bo'lmadilar.




  1. (U Hujjat) Alloh (tomoni)dan (yuborilgan) payg’ambar (Muhammad, ularga) pokiza sahifalarni (Qur'onni) tilovat qilur.




  1. U (sahifa)larda qimmatli yozuvlar (ahkomlar) mavjuddir.




  1. Ahli kitoblar faqat ularga Hujjat (payg’ambar) kelganidan keyingina bo'linib ketdilar.




  1. Holbuki, ular faqat yagona Allohga, Uning uchun dinni (shirkdan) xolis qilgan, To'g’ri yo'ldan oqmagan hollarida ibodat qilishga va namozni mukammal ado etishga hamda zakot berishga buyurilgan edilar. Mana shu To'g’ri (haqqoniy) dindir.




  1. Albatta, ahli kitob va mushriklardan iborat kofir kimsalar jahannam o'tida bo'lib, o'sha joyda mangu qolurlar. Ana o'shalar xaloyiqning eng yomonidirlar.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish