Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet343/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

(Ey, Muhammad,) shubhasiz, Rabbingizning (azobga) tutishi qattiqdir.




  1. Albatta, Uning O'zi boshlar (yaratar) va qaytarur (qayta tiriltirur).




  1. U (mo'minlarga nisbatan) kechirimli va do'st,




  1. Arsh sohibi, Ulug'




  1. va istagan narsasini amalga oshiruvchidir.




  1. (Ey, Muhammad,) Sizga qo'shinlarning xabari keldimi?

  2. Fir'avn va Samud (qo'shinlari)ning.




  1. Yo'q! Kofir bo'lgan kimsalar (doimiy) inkor qilishdadirlar.




  1. Holbuki, Alloh ularning ortida (barcha narsani bilib) ihota qilib turuvchidir.




  1. Yo'q! Balki, u ulug’ Qur'ondirki,




  1. (uning asl manbai) Lavhul-Mahfuzdadir.

TORIQ SURASI

Toriq - Zuhal yulduzi. U bilan qasamyod etib, Alloh taolo har bir insonni turli balo-qazolardan qo'riqlovchi maloikalar borligi, ular uning qilmishlarini ham yozib borishlari, Qur'on vasfi, oxirat hodisalari va boshqa ma'lumotlardan ogoh qiladi.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Osmonga va Zuhal (yulduzi)ga qasamyod etaman.




  1. (Ey, Muhammad,) Siz Zuhal nima ekanini qayerdan ham bilar edingiz?!




  1. (U nuri) o'tkir yulduzdir.




  1. Har bir jon egasi ustida (uni saqlovchi va amallarini) yod oluvchi (farishta) bordir.




  1. Bas, inson o'zining nimadan yaralganiga bir boqsin!




  1. (U) otilib chiquvchi bir "suv"dan yaralgan.




  1. (U "suv" esa) otaning pushti kamari va onaning ko'krak suyagidan chiqur.




  1. Shubhasiz, U (Alloh) uni qayta tiriltirishga qodirdir.




  1. Sirlar fosh qilinadigan kuni




  1. unga (Allohning azobidan qutqaruvchi) biror kuch ham, biror yordamchi ham bo'lmas.




  1. Qasamyod etaman yomg’irli osmonga




  1. va (u sababli) yorib chiqish (don-dun, o't-o'lan) egasi bo'lmish Yergaki,




  1. shubhasiz, u (Qur'on) ajrim etuvchi (qat'iy) So'zdir.




  1. U hazil (behuda so'z) emasdir.




  1. Albatta, ular (kofirlar) makr qilurlar.




  1. Men ham "makr" qilurman.




  1. Bas, (ey, Muhammad,) kofirlarga ozgina muhlat va muddat bering!

A'LO SURASI

A'lo - oliy zot, ya'ni, Alloh taoloning barcha oliylar oliysi ekanini bildiruvchi sifati.


Surada inson Allohning o'z qudrati va hikmati bilan yaratilgani, Qur'on oyatlaridan ba'zilarining unutilishi Allohning irodasiga bog’liq ekani, ilohiy nasihatlar hammaga ham ta'sir etmasligi, oxiratdagi holatlar, Qur'ondagi shu kabi ko'p o'gitlar Ibrohim va Muso (a. s)larga nozil etilgan sahifalarda ham mavjud ekanligi bayon etiladi.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. (Ey, Muhammad,) eng oliy zot bo'lmish Rabbingizning nomiga tasbeh ayting!




  1. Zero, U (barcha narsani) yaratib, barpo qilgan,




  1. barchaga munosib yo'lni belgilab, (o'sha yo'lga) hidoyat qilib qo'ygan,




  1. o'tloqni undirib chiqarib,




  1. so'ng uni qoramtir xazon qilib qo'ygan zotdir.



Izoh: Ba'zi olimlar bu oyatdagi "g'uso'" so'zini neft deb ta'vil qiladilar va u sel ko'piklariga qorishgan chirik yaproq xazonlarining quyqasidan hosil bo'ladi deb izohlaydilar.



  1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga (Jabroil vositasida Qur'onni) qiroat qildirurmiz. Bas, Siz (uni) esdan chiqarmassiz.




  1. Illo, Alloh (unuttirishni) xohlagan oyatlar bundan mustasnodir. Albatta, U oshkora (so'z va ishlar)ni ham, yashirin narsalarni ham bilur.




  1. Biz Sizni oson (din)ga muvaffaq qilurmiz.




  1. Bas, eslatma foyda bersa, (kishilarga) eslating!




  1. (Allohdan) qo'rqadigan kishi eslatma olar.




  1. Baxtsiz kishi esa undan (eslatmadan) chetlab o'tar,




  1. zero, u Katta o't (do'zax)da toblanur.




  1. So'ngra u joyda na o'la olur va na yashay olur!




  1. Najot topuvchi odam, haqiqatan, (kufru isyondan) pok bo'lur




  1. va Parvardigorining nomini yod etib, namoz o'qir.




  1. Ha, sizlar, (ey, kofirlar,) dunyo hayotini ustun qo'yursizlar.




  1. Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir.




  1. Darvoqe, bu (nasihatlar) avvalgi (payg’ambarlarga nozil bo'lgan) sahifalarda -

  2. Ibrohim va Muso sahifalarida (ham) bordir.

G'OSHIYA SURASI

G’oshiya - o'rab oluvchi, ya'ni, qiyomatning ismga aylangan sifatlaridan biri. Darhaqiqat, u hamma mavjudotni o'z ta'siri doirasiga oluvchi bo'lgani uchun uning ko'psonli nomlaridan biriga aylangan.


Surada tuya, osmon, tog’ va yerlarning ilohiy hikmat asosida ajoyib va g’aroyib shaklda yaratilgani, ularga ibrat va ma'rifat nazari bilan boqish zarurligi, shuningdek, Payg’ambar (a. s.)ning vazifasi ilohiy xabarlarni o'z ummatiga majburan emas, balki nasihat va eslatma uslubida bayon qilishdan iborat ekani ham zikr etiladi.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. (Ey, Muhammad,) Sizga qamrab oluvchi (Qiyomat) qissasi (yetib) keldimi?




  1. U Kunda (ba'zi) yuzlar so'lg'in,




  1. mehnat-mashaqqat chekuvchidir.




  1. (Ular) qizigan do'zaxda toblanurlar,




  1. qaynoq buloqdan sug’orilurlar.




  1. Ular uchun taom bo'lmas, bo'lganda ham faqat zaharli giyohdan bo'lib,




  1. (u) semirtirmaydi ham, ochlikdan ham xalos etmaydi




  1. (Boshqa bir) yuzlar esa u Kunda (ne'matlardan) mamnun,




  1. (dunyoda qilgan) sa'y-harakatlaridan rozidir.




  1. (Ular) oliy jannatdadirlar.




  1. U joyda behuda so'z eshitmaslar.




  1. U joyda oqar buloq bordir.




  1. U joyda baland so'rilar,




  1. qo'yilgan qadahlar,




  1. tizib qo'yilgan yostiqlar




  1. va to'shalgan gilamlar bordir.




  1. Axir, ular tuyaga qarab, qanday yaratilganiga,




  1. osmonning qanday ko'tarib qo'yilganiga,




  1. tog’larning qanday tiklanganiga




  1. va Yerning qanday yoyib - tekislab qo'yilganiga boqmaydilarmi?!




  1. Bas, (ey, Muhammad,) eslating! Zotan, Siz faqat eslatuvchidirsiz.




  1. Ularning ustidan zo'ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz.




  1. Illo, kimki (bu eslatmadan) yuz o'girib, kofir bo'lsa,




  1. u holda, Alloh uni eng katta azob bilan azoblar.




  1. Zero, qaytishlari yolg’iz O'zimizgadir!




  1. So'ngra ularni hisob-kitob qilish ham faqat Bizning zimmamizdadir.

FAJR SURASI

Fajr - tong, bomdod vaqti.


Surada Fir'avn, Od qavmi kabi buzg’unchi kofirlarning qilmishlari, boylikka berilmaslik, qiyomat hodisalari, insonning noshukurligi, jannat ahlidan bo'lish uchun nima ishlar qilish lozimligi ilohiy ta'limot asosida talqin etiladi.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Qasamyod etaman tong (vaqti)ga,




  1. "O'n kecha"ga,



Izoh: Bu oyatdagi "O'n kecha" dan murod Zil-hijja oyining yoki Muharram oyining birinchi o'n kunlari yoxud Ramazon oyining uchinchi o'n kunligi degan uch xil tafsir mavjud.




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish