Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet340/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Oyatlarimizni butunlay inkor etar edilar.




  1. Holbuki, Biz barcha narsani hisob-kitob qilib, (yozib) qo'ygandirmiz.




  1. Bas, (ey, kofirlar, azobimizni) totib ko'ringlar! Endi sizlarga faqat azobnigina ziyoda qilurmiz.




  1. Albatta, taqvodor zotlar uchun (jannatda) yutuq bordir.




  1. Ya'ni bog’lar va uzumlar,




  1. (yosh va husnda) tengqur, bo'liq siynali (hur qiz)lar




  1. va (sharob) to'la qadahlar bordir.




  1. Ular u joyda biror behuda va yolg’on so'z eshitmaslar.




  1. (Bu) Rabbingiz (tomoni)dan bo'lmish mukofot va hisob(-kitob)dir.




  1. (U) osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsaning Parvardigori Mehribon zotdir. Undan (izn bo'lmaguncha) so'zlashuvga ega bo'lmaslar.




  1. Ruh (Jabroil) va (barcha) farishtalar saf tortib turadigan Kunda (odamlar) gapirmaslar, faqat Mehribon zot izn bergan kishigina (so'zlar) va (faqat) rost so'zlar.




  1. Bu haq (va rost) Kundir. Bas, kim xohlasa, Parvardigori tomon qaytadigan yo'lni tutar.




  1. (Ey, Makka kofirlari,) darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe bo'ladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi o'zi qilib o'tgan narsani (ya'ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko'rar va kofir kimsa: "Eh, koshki edi tuproq bo'lsam", - der.



Izoh: Pushaymon qilgan kofirning bu so'zidan ikki xil ma'no olish mumkin. Birinchisi - Koshki tuproq bo'lsam, ya'ni dunyoda ilk bor yaratilganimda inson emas, balki tuproq qilib yaratilganimda, shu kunlarga qolmas edim, demoqchidir. Ikkinchisi, koshki do'zaxga mahkum bo'lishimdan ilgari tuproqqa aylanib ketsamu, azobdan qutulsam, demoqchidir.
NOZIOT SURASI

Noziot – sug’uruvchilar. Bu yerda tanadan jonni sug‘urib oluvchi farishtalar muroddir. Surada qiyomat qoyim bo'lish jarayoni, Muso (a. s.) bilan Fir'avn o'rtasida o'tgan mojarolar, bu dunyoning foniy ekani kabi ilohiy o'gitlar bilan birga Payg’ambar (a. s.)ning dillariga tasalli berilgan.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. (Kofirlarning jonlarini badanlari) qa'ridan sug’urib oladigan (farishta)larga qasam,




  1. (mo'minlarning jonlarini osonlik bilan) chiqarib oladigan (farishta)larga qasam,




  1. (osmondan) suzib tushuvchi,




  1. (o'z vazifalarini ado etishda) o'zib yuruvchi




  1. (Alloh buyurgan barcha) ish tadbirini tuzib turuvchi (farishta)larga qasamki, (albatta, qayta tirilib, hisobot berursizlar)!




  1. U Kunda larzaga keluvchi (sur) larzaga keladi.




  1. Ortidan ergashuvchi (ikkinchi bor sur ovozi) ergashur.




  1. U Kunda dillar qo'rquvga tushuvchidir.




  1. Ko'zlar esa (dahshatdan) so'nib qoluvchidir.




  1. Ular (bu dunyoda) derlar: "Haqiqatan ham bizlar (o'lgach) avvalgi holatimizga qaytariluvchimizmi?




  1. Chirik suyaklarga aylanib qolgan vaqtimizda-ya?"




  1. Ular (istehzo bilan): "Unday bo'lsa, bu (bizlar uchun) rosa ziyon qiluvchi qaytish-ku!" - deydilar.




  1. Bas, (u qaytish) faqat birgina qichqiriqdir (surning ikkinchi marta chalinishidir).




  1. So'ngra ular birdan (tirilib) yer ustida bo'lib qolurlar.




  1. (Ey, Muhammad,) Sizga Musoning xabari keldimi?




  1. Qaysiki, Parvardigori unga muqaddas Tuvo vodiysida (shunday) nido qilgan ediki: 17.- (Ey, Muso,) Fir'avnning oldiga borgin, zero, u haddidan oshdi.

  1. Bas, (unga) ayt: "Sening (kufrdan) poklanishga xohishing bormi?




  1. Men seni Parvardigoring (yo'liga) hidoyat qilsam, bas, sen (U zotdan) qo'rqsang" .




  1. (So'ng Muso) unga bir ulkan mo''jiza ko'rsatdi.




  1. (Fir'avn) uni yolg’onga chiqardi va (Allohga) itoatsizlik qildi.




  1. So'ngra shoshganicha (Musodan) yuz o'girib ketdi.




  1. So'ngra (o'z odamlarini) to'pladi va jar soldi:




  1. "Men sizlarning oliy Parvardigoringizdirman", - dedi.




  1. Bas, Alloh uni oxir at va dunyo azobi bilan ushladi.



Izoh: Dunyodagi azobi uning dengizga g’arq qilinishi, oxiratdagisi esa do'zax azobidan iboratdir.



  1. Albatta, bu (qissa)da (Allohdan) qo'rqadigan kishilar uchun ibrat bordir.




  1. (Ey, mushriklar,) sizlarni yaratish qiyinroqmi yoki osmonnimi?! (Bilasizki,) Alloh uni bino qildi,




  1. shiftini baland qilib, tikladi.




  1. Yana u (osmon)ning tunini qorong’u qilib, (undan) kunduzini chiqardi.




  1. Shundan keyin Yerni (tuyaqush tuxumi shaklida) yoyib - tekis qildi.




  1. Undan suviyu, o'tloqlarini chiqardi.




  1. Tog’larni esa o'rnashtirdi.




  1. (Bularning barchasi) sizlarga va chorva hayvonlaringizga manfaat bo'lsin deb (qilingandir).




  1. Bas, qachon katta balo (Qiyomat) kelganida




  1. inson o'z qilmishini eslab qoladigan Kunda,




  1. ko'radigan (har bir) kishiga do'zax namoyish qilinganida,




  1. bas, o'shanda kimki (dunyoda) tug’yonga ketgan




  1. va dunyo hayotini (oxiratdan) ustun qo'ygan bo'lsa,




  1. u holda, faqat jahannamgina (unga) joy bo'lur!




  1. Ammo, kimki Parvardigorining (huzurida) turishi (va hisobot berishi)dan qo'rqqan va nafsini havolanishdan qaytargan bo'lsa,




  1. bas, faqat jannatgina (unga) joy bo'lur.




  1. (Ey, Muhammad, mushriklar) Sizdan Qiyomat qachon qoyim bo'lishi haqida so'rarlar.




  1. Siz qayoqdasiz-u, uni zikr qilish (aytib berish qayoqda)?!




  1. Uning intihosi faqat Rabbingizga (borib to'xtar).




  1. Siz faqat undan qo'rqadigan kishilarni ogohlantiruvchisiz.




  1. Ular u (Qiyomat)ni ko'rgan Kunda (bu dunyoda) go'yo bir oqshom yoki choshgoh payticha turgandek bo'lurlar.

ABASA SURASI

Abasa-yuzini burishtirdi, xo'mraydi degan ma'nolarni anglatadi. Sura avvalida Rasululloh huzurlariga Abdulloh ibn Ummi Maktum nomli bir ko'zi ojiz musulmon kelib, diniy savol so'ramoqchi bo'lganlarida, uni malol olib, iltifot qilmay, Makka zodagonlarini da'vat qilish bilan band bo'lganlari uchun Allohdan olgan tanbehlari bayon etilgan. Sura davomida insonning yaratilishi, yashashi va vafot etishi, u iste'mol qiladigan noz-ne'matlar, Qiyomat kunidagi odamlarning g’am-tashvishlari, hamma o'zi bilan ovora bo'lib qolishi, yaxshilarning yuzlari yorug’, yomonlarning yuzlari esa shuvit bo'lishi kabi ma'lumotlar beriladi.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. (Muhammad) yuzini burishtirdi va yuz o'girdi.




  1. Zero, uning huzuriga ko'zi ojiz odam kelgan edi.



Izoh: Bu kelgan odam Abdulloh ibn Ummi Maktum ismli ko'zi ojiz kishi edi. U Rasulullohning band ekanliklarini sezmay o'zining savollariga javob olishga harakat qiladi. Undan malollangan Payg’ambarimiz (a. s.)ning yuzlari burishdi va savollariga javob ham bermadilar. Bu muomala Haq taologa xush kelmadi va mazkur oyatlar bilan tanbeh berdi. Tanbehni ham: "Yuzingni burishtirding" demasdan, "Yuzini burishtirdi", - deb uchinchi shaxs siyg’asida aytdi. Bu esa uncha qattiq botmaydi. Rasulullohning o'zlari oliy xulq egasi bo'laturib, bir ko'zi ojiz odamga shunday xunuk muomala qildilarmi, degan savol tuqilishi mumkin. Yo'q, aslo! Birinchidan, o'zlari Makka zodagonlarini hidoyat sari yo'naltiraolamanmikan, deb umid bilan harakat qilib turganlarida birov kelib ishidan chalg’itgan holatni tasavvur qilib ko'ring. Boshqa har qanday odam ul zotning o'rnida bo'lganida ham uni jerkib tashlagan bo'lur edi. Lekin Rasul (a. s.) yuzlarini burishtirish bilan kifoyalandilar. Buni u a'mo kishi payqagani ham yo'q. Lekin ulug’larning ozgina sahvu xatosi ham boshqalarga nisbatan katta hisoblanadi. Binobarin, Haq Taolo O'z habibini ogohlantirib qo'ydi. Chunonchi, tasavvufda bir ibora bor: "Oddiy yaxshi odamlarning savobli ishlari Allohga yaqin zotlarning gunohlari bilan barobardir".




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish