Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet339/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Albatta, bu sizlar uchun mukofot va sizlarning sa'y-harakatlaringiz (Alloh nazdida) maqbuldir.




  1. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Sizga bu Qur'onni bo'lib-bo'lib nozil qildik.




  1. Bas, Siz Rabbingizning hukmiga sabr qiling va ulardan (kofirlardan) biror gunohkor yo noshukrga itoat etmang!




  1. Ertayu kech Rabbingiz nomini yod eting!




  1. Yana kechaning bir qismida ham Unga sajda qiling va uzun tunda unga tasbeh ham ayting!




  1. Albatta, ana u (kofir)lar naqd (dunyo)ni suyurlar va ortlaridagi og'ir Kunni (Qiyomatni) esa qo'yurlar.




  1. Biz ularni yaratdik va (barcha) a'zolarini mustahkam qildik va xohlagan vaqtimizda (ularni halok qilib, o'zlariga o'xshashlarini almashtirib qo'yurmiz.




  1. Albatta, bu (sura) bir eslatmadir. Bas, kim xohlasa (uni qabul qilib), Parvardigori tomonga yo'l olur.




  1. (Ey, insonlar,) xohishlaringiz faqat Alloh xohlasagina ro'yobga chiqur. Albatta, Alloh bilim va hikmat egasidir.




  1. U xohlagan kishilarni O'z rahmatiga (jannatiga) kiritur. Zolimlar uchun esa alamli azobni tayyorlab qo'ygandir.

MURSALOT SURASI

Mursalot - estirilgan (shamol) Surada qiyomat kuni haq ekanini isbotlash uchun Alloh taolo ma'lum mavjudotlar nomiga qasamyod etadi. Undagi oyatlarda insonning yaratilib, dunyoga kelishi, dunyoda yashashlikdan asosiy maqsad esa oxirat uchun hozirlik ko'rish ekani, hozirlik ko'rish o'rniga foniy dunyo maishati yo'lida oxiratini sotib qo'yganlarning holiga voy bo'lishi ajib uslublar bilan ifoda etilgan.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Qasamyod etaman, paydar-pay esdiriladigan (shamol)larga,




  1. quturadigan (bo'ron)larga,




  1. (bulutlarni) yoyib yuboradigan,




  1. (haq bilan nohaqlikni) ajratib beradigan,




  1. eslatma olib tushib,




  1. (mo'minlarni) uzr (mag'firat) qilish yo (kofirlarni) ogohlantirishga (xizmat qiladigan farishtalarga)ki,




  1. albatta, sizlarga va'da qilinayotgan narsa (Qiyomat va hisob-kitob) voqe bo'luvchidir!




  1. Bas, qachonki, yulduzlar (nurlari) so'ndirilgach,




  1. osmon (qobig'i) ochilgach,




  1. tog'lar (qumlar kabi) sochilgach




  1. va payg'ambarlarga belgilangan vaqt kelgach (Qiyomat qoyim bo'lur).




  1. (Payg'ambarlar o'z qavmlari bilan hisoblashishlari) qaysi Kunga belgilangan o'zi?!




  1. Ajrim Kuniga (albatta).




  1. (Ey, inson,) Ajrim Kuni nima (ekanligini) sen qayerdan ham bilursan?!




  1. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy!




  1. Axir, Biz avvalgi (osiy ummat)larni halok qilmadikmi?!




  1. So'ngra keyingilarni ham ularga qo'shurmiz!




  1. Jinoyatchi (kofir)larni mana shunday (halok) qilurmiz!




  1. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy!




  1. Axir, Biz sizlarni bir haqir suvdan yaratmadikmi?!




  1. So'ngra u (suvni - nutfa)ni puxta qaror (topadigan joy)da qilib qo'ymadikmi?!




  1. (Ya'ni, ona qornida) ma'lum muddatgacha.




  1. Bas, Biz (undan insonni yaratishga) qodir bo'ldik. Naqadar qudratlidirmiz!




  1. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy!




  1. Axir, Biz yerni yig'uvchi qilib qo'ymadikmi




  1. tiriklarni ham, o'liklarni ham?!




  1. Yana Biz (Yerda) baland tog'larni (paydo) qildik va sizlarga (tog'lardan oqib tushadigan) chuchuk suvni ichirdik.




  1. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy!




  1. (U Kunda kofirlarga deyilur): "Sizlar (dunyodalik paytingizda) yolg'on deb yurgan narsaga (endi) boringlar!




  1. Uch bo'lakli soyaga boringlar!




  1. Hech qanday salqinlik bermaydigan va alangani ham to'smaydigan ("soya"dir u).




  1. Darvoqe, u (jahannam) qasrdek (ulkan) alangalarni otur.




  1. (Ular) xuddi sariq tuyalarga o'xshar.




  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!




  1. Bu (Kun) ular so'zlay olmaydigan




  1. hamda ular uchun uzr aytishlariga ham izn berilmaydigan Kundir!




  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!




  1. Bu Ajrim Kunidir! (Ey, bu Kunni yolg'on degan kimsalar, mana) Biz sizlarni ham, avvalgilarni ham jamladik.




  1. Bas, agar sizlarda (do'zaxdan qutqaradigan) biror hiyla bo'lsa, Menga o'sha hiylangizni ko'rsatingizlar!




  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!




  1. Taqvodor zotlar esa (u Kunda), albatta, soya-salqinlar va chashmalarda




  1. va ko'ngillari istagan mevalar ichida bo'lurlar.




  1. (Ularga deyilur): "Qilib o'tgan (yaxshi) amallaringiz sababli (jannat ne'matlarini) yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringizlar".




  1. Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.




  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!

  2. (Ey, kofirlar,) ozgina vaqt yeb, foydalanib qolinglar! Zero, sizlar jinoyatchidirsizlar.




  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!




  1. Qachon ularga: "Ruku' qilinglar, (namoz o'qinglar)", deyilsa, ruku' qilmaslar.




  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!




  1. Axir, ular (Qur'ondan) keyin (shunday aziz Kitobga imon keltirmasdan) qanday so'zga imon keltirurlar?!

O’TTIZINCHI JUZ’
*************************

NABA' SURASI


Naba' - xabardir.


Surada Ulug' xabar, ya'ni, qiyomat to'g'risida bahslashayotgan Makka mushriklariga aniq javoblar beriladi. Yana unda Alloh taolo O'z qudrati va hikmati bilan yaratgan borliq, koinot va mavjudotlar, qiyomat kunining shiddati, jannatdagi rohat-farog’at va boshqa muhim ma'lumotlar bayon etilgan. Suraning oxirgi oyatida imonsiz o'tganlarning qiyomat kuni qanchalik pushaymon qilishlari, hatto tuproq bo'lib ketishni orzu qilishlari ta'sirli shaklda tasvirlangan.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. (Mushriklar) bir-birlaridan nima haqida so'rashmoqdalar?!




  1. Ulug’ xabar haqida.




  1. Qaysiki, u haqda ular (doimo) tortishuvchidirlar.




  1. Yo'q, (ularning gumonlari behudadir). Ular yaqinda (bu xabarning haq ekanini) bilib olajaklar.




  1. So'ngra, yana yo'q! Bilib olajaklar!




  1. Biz Yerni to'shak qilib qo'ymadikmi?!




  1. Tog'larni esa (Yerni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qo'ymadikmi?!




  1. Biz sizlarni juft-juft qilib yaratdik.




  1. Uyqularingizni (badan va asablaringiz uchun) orom qildik.




  1. Kechani (barcha narsani yashirib turadigan) libos qildik.




  1. Kunduzni esa, tirikchilik (vaqti) qildik.




  1. Tepalaringizda yetti (qavat) mustahkam (osmonni) bino qildik.




  1. Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni paydo) qildik.




  1. Yana Biz siqib chiqaruvchi (bulut)lardan duv-duv suv (yomg'ir) yog’dirdik.




  1. Toki, u sababli don va nabotot (undirib) chiqarurmiz.




  1. Shuningdek, qalin bog’larni ham.




  1. Albatta, Ajrim Kuni (hisob-kitob uchun) belgilangan vaqtdir.




  1. U Kunda sur chalinur, bas, sizlar to'p-to'p bo'lib (mahshargohga) kelursizlar.




  1. Osmon ham ochilib, (farishtalar uchun) darvozalarga aylanib qolur.




  1. Tog’lar ham (joylaridan) jildirilur. Bas, u sarobga aylanib qolur.




  1. Albatta, jahannam poylovchi,




  1. haddan oshganlar uchun qaytish joyidir.




  1. (Ular) u joyda uzoq zamonlar (abadul-abad) qoluvchidirlar.




  1. U joyda sovuqlik va ichimlikni totmaslar




  1. Faqat qaynoq suv va yiringnigina (toturlar).




  1. (Mana shu qilmishlariga) loyiq jazodir.




  1. Chunki, ular (Qiyomatdagi) hisob-kitobdan umid qilmas edilar.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish