(Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, kofirlar!
Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman.
Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman.
Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim men uchundir.
NASR SURASI
Nasr - yordam.
Surada islom dini ravnaq topib, odamlar guruh-guruh bo'lib, unga kirayotgani Allohning ulug' ne'matlaridan ekanligi, buning uchun Allohga shukrona sifatida hamd, tasbeh va istig'for aytish zarurligi bayon etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
(Ey, Muhammad,) qachonki, Allohning yordami va g'alaba kelganda
Izoh: Bu oyat bilan Alloh taolo o'z rasuli va habibiga yaqinda Makka ahlining hammasi guruh-guruh bo'lib islomga kirishi haqida bashorat bermoqda.
va odamlar to'p-to'p bo'lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko'rganingizda,
darhol, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting va Undan maqfirat so'rang! Zero, U tavbalarni qabul qiluvchi zotdir.
MASAD SURASI
Masad - puxta tola, do'zax olovi. Suraning nomi "Tabbat" deb ham ataladi.
Unda Payg'ambarimiz amakilaridan biri, ashaddiy kofir Abu Lahab va uning betavfiq xotini Ummu Jamilning jazolanishlari, har ikki dunyodagi tortadigan azob-uqubatlari haqida hikoya qilinadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Abu Lahabning qo'llari qurisin (halok bo'lsin)! Halok bo'ldi ham.
Mol-mulki va kasb bilan topgan narsalari unga asqotmadi.
Yaqinda (u) olovda toblanajak.
Shuningdek, o'tin tashuvchi xotini ham.
Bo'ynida puxta eshilgan arqoni ham bo'lur.
Izoh: Abu Lahabning asl nomi Abdul-Uzzo bo'lgan. Ma'nosi Uzzo degan butning quli demakdir. Alloh taolo o'z qulini but quli deb atashdan or qilib, uni Abu Lahab - alangali, deb laqabladi. Bu yerdagi alanga ikki narsaga dalolat qiladi. Biri uning yuzi doimo qizarib, lovullab turganligidan shu laqab berilgan bo'lsa, ikkinchidan oxiratda do'zax alangasida yonishi muqarrar ekanligiga dalolat qilsin deb Alloh taolo shu nom bilan atadi.
Abu Lahab bilan uning xotini Muhammad (a. s.)ga eng ko'p aziyat yetkazgan kofirlardan hisoblanadi. Bu betavfiq xotin tikanli o'tinlarni terib kelib, Rasululloh yuradigan yo'llariga tashlar ekan. Surada uning bo'ynida o'tin bog'lab yurgan arqoni bog'liq holda eri bilan birga jahannamga tushajagi to'g'risida xabar berilgan.
IXLOS SURASI
Ixlos - xolis qilish, (imonni) poklash. Sura Makka mushriklarining Alloh to'g'risidagi noto'g'ri e'tiqodlariga raddiya hamda Payg'ambarimizga "Parvardigoringning naslu nasabi ne?" deb bergan johilona savollarga javob tariqasida nozil qilingan. Zero, ularning aqidalari bo'yicha, Alloh yagona emas, u ba'zi narsalarga muhtoj, Uning farzandlari bor, boshqa ma'budalarda ham ilohiy kuch-qudrat bor degan buzuq va botil mafkura mavjud edi. Surada ularga qisqa va qat'iy javob qilingan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Do'stlaringiz bilan baham: |