Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Bas, (ey, kofirlar,) ushbu kuningizdagi muloqotni unutib qo'yganingiz sababli (azobni) totingiz!



Download 0,82 Mb.
bet253/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Bas, (ey, kofirlar,) ushbu kuningizdagi muloqotni unutib qo'yganingiz sababli (azobni) totingiz! Darvoqe, Biz ham (bugun) sizlarni "unutdik". Qilmishlaringiz sababli mangu azobni totingiz!

  • Bizning oyatlarimizga faqat u (oyat)lar zikr qilinganda sajda qilgan hollarida yiqiladigan va kibr qilmagan hollarida hamd bilan Parvardigorlariga tasbeh aytadigan zotlargina imon keltirurlar. (Sajda oyati)




    1. Ularning yonboshlari o'rindiqlardan ajrab turar (oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga qo'rquv va umidvorlik bilan duo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilurlar.




    1. Bas, ularning qilib o'tgan amallariga mukofot uchun yashirib qo'yilgan ko'zlar quvonchini (oxirat ne'matlarini) hech kim bilmas.




    1. Axir, mo'min kishi bilan fosiq (itoatsiz) kimsa teng bo'lurmi?! (Yo'q), barobar bo'lmaslar!




    1. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun qilgan amallari sababli jannat maskanlari manzil bo'lur.




    1. Fosiq bo'lgan kimsalarning maskanlari esa do'zaxdir. Har qachon undan chiqmoqchi bo'lsalar, yana unga qaytarilurlar va ularga: "O'zlaringiz inkor etgan do'zax azobini totingiz!" - deyilur.




    1. Albatta, Biz ular (itoatsizlikdan) qaytishlari uchun ularga katta azobdan ilgari yaqin azobni (dunyo azobini) tottirurmiz.




    1. Parvardigorining oyatlari bilan nasihat qilinganidan so'ng, ulardan yuz o'girgan kimsadan kim ham zolimroqdir?! Albatta, Biz (unday) jinoyatchilardan intiqom oluvchidirmiz.




    1. Biz Musoga Kitob (Tavrot) ato etdik, Bas, (ey, Muhammad,) Siz uning (Tavrotga) ro'baro' bo'lganidan shubhada bo'lmang. Biz (Tavrotni) Isroil avlodi uchun hidoyat (manbai) qildik.




    1. Ular sabr qilishgach, Biz ulardan hidoyat qiladigan peshvolarni chiqardik. Ular oyatlarimizga puxta ishonar edilar.




    1. (Ey, Muhammad,) albatta, Rabbingizning O'zi qiyomat kunida (odamlar) o'zaro ixtilof qilgan narsalari haqida ajrim qilur.




    1. Axir, ularga (mushriklarga) Biz ulardan ilgari qancha avlodlarni halok qilganimiz va o'zlari o'shalarning maskanlarida yurganlari ma'lum emasmi?! Albatta, bunda alomatlar bor! Axir, ular eshitmaydilarmi?!




    1. Axir, ular quruq yerga suv haydab, uning vositasida ularning chorvalari ham, o'zlari ham yeydigan ekinlarni chiqarishimizni bilmadilarmi?! Axir, (buni) ko'rmaydilarmi?!




    1. Ular (musulmonlarga): "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, qachon mana shu fath (g'alaba) ro'y berur?" - derlar.




    1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Fath kunida kofir bo'lgan kimsalarga imon keltirishlari foyda bermay qolur va ularga (tavba uchun) muhlat ham berilmas".




    1. Bas, ulardan yuz o'giring va (ne bo'lishini) kuting! Zero, ular ham kutuvchidirlar.

    AHZOB SURASI

    Ahzob - firqalar, guruhlar. Birligi "hizb".


    Surada Islom shariatidagi qonun-qoidalar, xususan "zihor", "tabanniy", satri avrat, mahram va nomahramlar, nikoh, taloq kabi masalalarga doir shar'iy hukmlar bayon etiladi. Surada, shuningdek, turli imonsiz hizblarning musulmonlarga qarshi qilgan hujumlari va bunday sinov qiyinchiliklardan chin imon-e'tiqodli kishilarning qanday muvaffaqiyatli o'tganliklari haqida ham oyatlar berilgan.




    Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



    1. Ey, Payg'ambar, Allohdan qo'rqing! Kofirlar va munofiqlarga itoat etmang! Albatta, Alloh bilimli va hikmatli zotdir.




    1. Rabbingiz (tomoni)dan Sizga vahiy qilinadigan oyatlarga ergashing! Albatta, Alloh sizlar qilayotgan amallardan ogohdir.




    1. Allohga tavakkul qiling! Allohni O'zi yetarli vakil (homiy)dir.




    1. Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir. (Shuningdek), sizlar "zihor"* qiladigan xotinlaringizni ham sizlarga ona qilgan emas va asrandi bolalaringizni o'z bolalaringiz qilgan emasdir. Bu sizlarning og'izlaringizdagi so'zingizdir*. Alloh esa haqiqatni aytur va Uning O'zi yo'lga boshlar.



    Izoh(a): Shariatda nikoh, taloq kabi oilaviy munosabatlar qatorida zihor degan narsa ham bor. Bu ko'proq arab xalqida joriy etilgan yaramas odatlardan biri edi. Zihorda er o'z xotiniga: "Sen menga onamning badani kabi haromsan" - kabi so'zlarni aytishi bilan qattiq gunohkor bo'ladi, lekin xotini o'z onasiga aylanib qolmaydi. Bu gunohni yuvish uchun er ma'lum miqdorda kafforat (jarima) to'lash zarurligi qayd etiladi.


    Izoh(b): Oyatdagi ikkinchi masala asrandi bola haqida. Boqib olingan asrandi bola hech qachon o'zi tuqqan bolalaridek mahram bo'laolmasligi, nikoh va meros masalalarida ularning huquqi begonalar huquqi bilan barobar bo'lishi haqida ko'rsatmalar berilgan. Bu bilan bola asrab olish va uni tarbiya qilib voyaga yetkazish savobi inkor etilayotgani yo'q. Masalan, bir oilada asrandi o'g'il voyaga yetsa, shu oiladagi "singil" ga uylanishi mumkin va aksincha ham. Surada Muhammad (a. s.) asrab olgan Zayd ibn Horisa voqeasi batafsil bayon etiladi.




    1. Download 0,82 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   354




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish