Lug‘at
1. Viqor – mag‘rurona, ulug‘vor ko‘rinish, salobat
2. Kibr – o‘zini hammadan yuqori his etish, manmanlik, kekkayish hissi
3. G‘urur – insonning o‘z qadr-qimmatini bilishi, hurmat qilishi, izzat-nafs
4. Gunoh – odob-axloq doirasiga sig‘maydigan ish, nojo‘ya xatti-harakat, ayb
5. Harom-xarish – nopok, iste‘molga yaramaydigan
6. Hayo – nojo‘ya, noma‘qul xatti-harakatdan tiyilish hissi, uyat, sharm
7. Iffat – vijdoni poklik, nomus
8. Odob – ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya, xushmuomalik
9. Ziyo – bilim, ilm, ma‘rifat
10. Ma‘naviy – axloqqa, insonning ichki dunyosiga oid
11.Ma’naviyat- axloqiy holat, barcha axloqiy narsalar, xususiyatlar
12. Uslub – til unsurlarining ma‘lum vazifa bajarishga bog‘liq holda birlashadigan, o‘ziga xos tanlanadigan tizimi
13. Malaka – bilim va kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan tajriba, mahorat
14. Adabiy – badiiy adabiyotga, badiiy ijod faoliyatiga oid
15. Sheva – umxalq tilining ma‘lum hududga xos tarmog‘I, mahalliy til
16. Targ‘ibot – biror g‘oya, ta‘limotni yoyishga, kishilar ongiga singdirishga qaratilgan ishlar
17. Mavlono – olim va fozil kishi
18. Jigargo‘sha – eng yaqin kishi, tug‘ishganday yaqin, birodar
19. Mulozim – amaldorlar xizmatida bo‘lgan kishi
20. Padari buzrukvor – cheksiz hurmatga loyiq ota
21. Xok – mayda tuproq, tuproqqa aylangan inson jasadi
22. Aqlni peshlash – asboblar tig‘I, damini tiklamoq, aql-idrokni o‘stirmoq
23. Uchqun – olov zarrasi
24. Shu‘la – lipillab, ko‘rinib-ko‘rinmay turgan olov yoki yorug‘lik
25. Nur – bir yo‘nalishda yo‘nalgan yorug‘lik
26. Ziyo – bilim, ilm, ma‘rifat
27. Yog‘du – tumanday taraluvchi yorug’lik
28. Lapar – to‘y va yig‘in, xalq sayillarida yigitlar bilan qizlar orasida tarafma-taraf bo‘lib birgalikda ijro etiladigan qo‘shiq va raqs
29. Baxil – birovga hech narsani ravo ko‘rmaydigan, sarf-xarajatni yoqtirmaydigan
30. Saxiy – birovdan narsasi, iliq so‘zi va mehrini ayamaydigan
31. Insof – adolat va vijdon bilan ish tutish
32. Omonlashmoq – salomlashmoq, vidolashmoq
33. Yo‘ymoq – biror narsaning sababini o‘zicha taxmin qilmoq
34. Nazm – she‘riy shakldagi ijod
35. Devon – nazmiy asarlar to‘plami
36. Tig‘ – nayza, yoy kabi jang quroli
37. Shukrona – yaratgan bergan ne‘mat uchun savob ish qilmoq
38. Mutafakkir – buyuk donishmand
39. Xaloyiq – odamlar, jamoa
40. Bir ariqdan suv ichmoq – yonma-yon qo‘shni bo‘lib yashamoq
41. Iste‘dod – yuqori darajali tug‘ma qobiliyat
42. Insho – tashkil etish, yaratish, qurish, barpo qilish
43. Bilim – borliq haqidagi yoki ilmiy, madaniy, ma‘rifiy, ma‘naviy, harbiy va boshqa sohalarga oid nazariy, amaliy ma‘lumotlar, tushunchalar majmuyi
44. Ko‘nikma – biror ishda orttirilgan malakadan kamroq tajriba
45. Malaka – kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan ko‘nikmadan balandroq mahorat
46. Tafakkur – o‘ylash, fikr yuritish
47. Izlanish – yangilik toppish, yaratish harakatida bo‘lish, shunday maqsadli harakat, faoliyat
48. Mas‘uliyat – biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun bo‘lgan javobgarlik
49. Muqarrar- vujudga kelishi aniq, shubhasiz turgan gap.
50. Chiston - narsa yoki hodisaning muhim belgilarini tavsiflab, nimaligini topishni o’quvchiga havola etadigan she‘riy shakl.
51. Mantiq - gap, fikr, harakat kabilarni aqlga monandligi, asosligi.
52. Fasl - vaqt, muddat, davr; yilning to’rtidan bir qismi, bo’lak, qism.
53. Epigraf – adabiy asarning mazmunini ifodalaydigan sitata , maqol, ibora
54. Muxtasar – 1)qisqa, lo‘nda; 2)biror asarning qisqartirilgan variant
55. To‘tiyo – 1)juda aziz, muqaddas, yoki noyob narsa; 2)ko‘zga surtiladigan dori
56. Emgak – 1)mehnat; 2)zahmat, qiyinchilik
57. Timsol – 1)asos, dalil, isbot sifatida keltirilgan namuna; 2)ibrat bo‘ladigan narsa, o‘rnak; 3)belgi, ramz
58. Samimiy – sidqidillik bilan, chin qalbdan qilingan, aytilgan; yurakdan, dildan chiqqan
59. Haqqoniy – haqiqatga to‘g‘ri keladigan, to‘g‘ri, rost, odilona
60. Sulola – bir avloddan tarqalib, vorislik, valiahdlik huquqiga asosan birin-ketin taxtga o‘tirgan podshohlar, amirlar, xonlar, dinastiya
61. Izzat-nafs – o‘z qadr-qimmatini, o‘z fazilatlarini sezish va uni qadrlash hissi, nafsoniyat
62. Voqif bo‘lmoq – xabardor bo‘lish, boxabar bo‘lish
63. Madrasa – sharq o‘tmishida oliy ma‘lumot beruvchi ta‘lim muassasasi
64. Mohir – yuksak mahoratga ega bo‘lgan, mahorat qozongan; usta
65. Me‘mor – imorat qurilishini loyihalash bo‘yicha mutaxassis
66. Poydevor – bino devorining asos qismi
67. Fursat – vaqtning zum, damdan keyingi kichik qismlaridan biri
68. Boqiy – abadiylikka ega
69. Oliy – eng yuqori
70. Malolat – malol kelish, og‘rinish
71. Afgor – xor bo‘lish, ezg‘in holatga tushish
72. Mi’odi – muddat, ijro vaqti
73. Sa‘b – o‘zga holat, sa’y-harakat
74. Nesh – nish, tig‘
75. Resh – yara, jarohat
76. Solik – komillik sari harakat qilayotgan kishi
77. Takbiri fano – o‘tkinchi dunyo uchun Haqni ulug‘lash
78. Ko‘shish – qiyin, og‘ir
79. G‘avvos – suv tagida harakat qilish, suzish
80. Soyi – sayin, sari
81. Ranj – mashaqqat, mushkullik
82. Raxsh – ot, ulov
83. Ganj – boylik, davlat
84. Sabukxez – yengil, chaqqon
85. Shavq – zavqli harakat
86. Sayyor – sayr qiluvchi, sayohatchi
87. Tegishmoq – tegajog‘lik qilmoq
88. Ahmoq – bilib turib xato qiladigan kishi
89. Karomat – mo‘jizasimon holat
90. Evaz – o‘rniga, badaliga to‘lanadigan yoki olinadigan haq, narsa badal
91. Bashara – xunuk ko‘rinishli, yoqimsiz qiyofa
92. Pili damon – mast, quturgan fil
93. Palang – yo‘lbars
94. Mash‘uf – maftun, oshiq
95. Kufr – kofirlik, dindan qaytganlik
96. Mo‘ri lang - cho‘loq chumoli
97. Tama‘ - hirs, ochko‘zlik, tilanchilik, umid
98. Rohravga kesh – yo‘lovchi, maqsadga erishgan kishi
99. Bardi rohe – yo‘ldagi band, to‘siq, monelik
100. Besh – Afzal, tuzuk
101. Nahv (grammatika) – tilning sintaktik qurilishi haqidagi soha
102. Johil - (omi) o‘qimagan, savodsiz
103. Dovul – kuchli shamol
104. Bo‘ron – yomg‘ir aralash kuchli shamol
105. Mahv – yengish, daf qilish
106. Hilm – muloyimlik, halimlik
107. Axloq – xulqning arab tilidagi ko‘plik shakli
108. Milh – tuz
109. Xulq – kishining o‘zini tutishi, ma‘naviy qiyofasi
110. Qovog‘ini solmoq – achchiqlanib qoshini chimirib olmoq
111. Xomush bo‘lmoq – g‘amgin holatga tushmoq
112. O‘rlamoq – balandga ko‘tarilmoq
113. Kirdikor – yashirib qilingan noto‘g‘ri ishlar
114. O‘zini bosmoq – hayajon holatida o‘zini tutmoq
115. Langar – qirg‘oqqa tashlanib, kemani ushlab turadigan moslama
116. Munofiq – so‘zi va amali bir bo‘lmagan kishi
117. Afzali - yaxshisi
118. Madh qilmoq – maqtamoq
119. Parishon bo‘ldi – xafa bo‘ldi
120. Masrur – xushnud bo‘lish
121. Mag‘firat qilmoq – kechirmoq
122. Qabohat – yomonlik
123. Evaz - o‘rniga, badaliga
124. Kaklik – “kak-kak” ovoz chiqarib sayraydigan tog‘ qushi
125. Moyil bo‘lmoq – yon bosmoq, rozi bo‘lmoq
126. Xushomadgo‘ylik – o‘zidan zo‘rga soxta mulozamat ko‘rsatmoq
127. Xiyonat qilmoq – va‘dasida turmaslik
128. O‘zini chetga olmoq – aralashishni istamaslik
129. Jo‘yali – o‘rinli, muvofiq
130. Kerik – orasi ochilgan, teshiklari kata
131. Siyrat – odamning ichki olami, ruhiy dunyosi
132. Javraqi – yoqimsiz gaplarni ko‘p gapiradigan
133. Mag‘rib – kunbotish tomon, g‘arb
134. Notob – tobi qochgan, kasallangan
135. Dongdor – shuhrat qozongan, dovrug‘I ketgan
136. Hujra – madrasa, qorixona, masjidda shogirdlar, domlalar yashashi uchun ajratilgan kichik xonalar; odam yashaydigan kichik xona
137. Kigiz – jundan bosib (presslab) tayyorlanadigan qalin, pishiq palos, namat
138. Valine‘mat – o‘ziga qaram kishilarni moddiy jihatdan ta‘minlab turuvchi, ularga ne‘mat beruvchi shaxs
139. Mustbfid – mutlaq hukmronlikka ega bo‘lgan hokim, istibdod egasi
140. Mahram – ishonchli xizmatkor, do‘st
141. Xo‘jazoda – xo‘jayinning o‘g‘li, asilzoda kishining farzandi
142. Muqaddima – bir ish, narsa, matnning boshi
143. Xiroj – diniy soliq
144. Devon – tashkilotning yozishmalar amalga oshiriladigan bo‘limi
145. Zakot – moli-pulining 40dan birini ro‘zada ehson-sadaqa qilish
146. Qushbegi – o‘tmishda hukumat boshlig‘i
147. Miqyosi nafs – nafs chegarasi, me‘yori
148. Qasd qilish – astoydil urinish
149. Sa‘y qilish – ahd, kirishmoq
150. Maqbul – qabul qilingan, e‘tirof etilgan
151. Nuqson – me‘yor darajasidan pastlik, yetishmovchilik
152. Af‘ol – fe‘l – atvor, xarakter
153. Fazl-u kamol – fazilatlar buyukligi
154. Musofir – safardagi kishi
155. Mijja qoqmay – uyqusiz holda bo‘lish
156. Jin ko‘cha – faqat odam yura oladigan, tor; boshi berk
157. Qush oshyonasi – qushlarning boshpanasi, qafasi
158. Qo‘l ostida bo‘lish – bir kishi yoki narsaning boshqa bir kishi yoki narsaga bo‘ysinishi
159. Chin qaysari-chin mamlakati hukmdori
160.Roja-qabila yoki urug’ning hukmdori
161.Fag’fur-qavmlarning birlashmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |