QO’L ISHLARI UCHUN KERAK BO’LGAN NARSALAR
Qo‘l ishlariga usta xotunning kerak narsalari, qurollari hozir bo‘lishi lozim. Qurollar
naqadar yaxshi bo‘lsa, ish shu qadar yaxshi va naqadar kam, yomon bo‘lsa, ish ham shu
qadar yomon bo‘lib chiqadir. Shuning uchun qo‘l ishlariga usta bo‘lgisi kelgan yosh qizlar
qo‘llarida g‘oyat mukammal va jihozli bir quticha bo‘lishi kerak. Tika turgan matolarining
qalinligiga, yupqaligiga ko‘ra igna va ipni tanlay bilishi lozim, aks holda, uzoq
mashaqqatlar chekish ila vaqtini o‘tkazib, ishi ham bema’ni bo‘lib chiqadir. Mukammal va
jihozli quticha deganimning usti duxoba ila ziynatlangan, ichi qimmatli, nafis narsalar ila
to‘la quticha deb tushunmasin, odatdagidek bir qog‘oz quticha ham bu ishga yaraydir.
Tikuv-bichuv uchun hamma narsalar, yana yozajak narsalar bo‘lsa, bu vaqtda u quticha
jihozli va mukammal quticha bo‘ladir. Avvalo qutichada uzunlikda, qisqaliqda,
ingichkalikda turli-tuman ignalar bo‘lishi kerak. Yaxshi po‘latdan yasalgan ignalar
sinmas, qiyshaymas, naqadar ko‘p tutilsa-da, uchi to‘mtoq bo‘lmas. Igna fabrikalarda
Qizlar tarbiyasi. Aliy Nazimo
Do'stlaringiz bilan baham: |