www.ziyouz.com кутубхонаси
15
qanday tikar edilar. Chunki uning turli-tuman parchalarini bir-biriga qo‘shib biriktirgan
men".
TIKUV ISHLARI
Najmiya oyimqiz hali o‘n olti yoshga ham yetmagandir. Barmoqlari tezlikda va
ustalikda bir pari barmog‘iga o‘xshaganligini so‘zlaydurlar, chunki uni hech bir ishlay
olmagan ishi yo‘qligini qizning o‘rtoqlari har kun ko‘radilar, bichimi eng kelishgan, eng
qiyin kiyimlarni tikuvda ustalik ko‘rsatadir. Shuning kabi u odatdagi ishlardan,
yamashlardan ham yalqovlanmas, paypoqlarni, yirtilgan kiyimlarni g‘oyat chiroyli
yamashga ustadir. Avvalda yaxshi boyliklari bo‘lib, keyinchalik taqdirn Xudo ila odatdan
tashqari torlikka tushgan, ko‘p jamoali oilaning katta qizi bo‘lgan Najmiya oyimqiz
o‘zining odatdan tashqari chevarligi ila yurt jamoalarining har biriga yurtlarining xazinasi
kabi sanalmishdir. Kiyimlarni kishiga bichtirib tikdirganda oila otasining kissasidan
naqadar ko‘p aqchalar chiqishini bilgan Najmiya oyimqiz kiyimlarii o‘z qo‘li ila bichib,
tikishga o‘rganib, kiyim-kechaklarning yaxshi bo‘luvini kuzatib, ularni yaxshi kilishga
tirishadir. Qiz qarindoshlariga yangi kiyimlar tikib beradir va eskirganlarini tuzatadir.
Ilgariroq tikilib rasmdan chiqqanlarini so‘kib, yangicha qilib o‘zgartiradir. Qo‘lining
ustaligi, o‘zining ishbilarmonligi orqasida buzib tikkanlari yangi tikib ziynatlangan kabi
ko‘rinadir. Xotunlar kiyimini tuzatgapga usta bo‘lgani kabi, otasining, erkak
qarindoshlarining kiyimini ham naq bir tikuvchi singari tuzatish qo‘lidan keladir.
Paltolarning ichidagi astarlarini almashtira oladir. Yoqa va yenglardagi hatifa (duxoba)
va boshqa ziynatlarini tuzatadir. Tugmalarini yangilaydir. Uzilgan bog‘ichlarni yangidan
tikadir. Kissalarni alishtirib, o‘rniga yangisini qo‘yadir. Kerak bo‘lganda mixga ilib
yirtilgan yerlarni hech bilintirmay yamaydir. Bir ko‘ylak yoki kiyimda ko‘rinmaslik
darajada mixga ilingan yer yamalmasa, u tobora kattalashib ko‘zga chalinadir, qo‘lqopda
bo‘lgan bir ip uzilib, ko‘rinuvi ila tikilmasa, tezda kattalashib, u joydan barmoq chiqa
boshlar. Yirtiq paypoq vaqtida yamalmasa, yuvilgandan so‘ng kir yuva turgan uydan
to‘piqsiz bo‘lib keladir. Shuning uchun yurt ishlari qarovchilarining yoki kelgusi kunda
yurt tutuvchi bo‘ladiggn kichkina qizlarning bunday mayda narsalarni ham ko‘zlaridan
yiroq tutmay, Najmiya xonim singari tuzatishga
e
yamashga qo‘llaridan kelgan qadar
tirishuvlari lozimdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |