www.ziyouz.com кутубхонаси
16
raqamlar ila yasalib, qog‘ozlarga qo‘yilur. Yirik ignalar kichik raqamli, mayda ignalar
katta raqamli bo‘lur. Har xil ignalar o‘n ikkk raqamga bo‘linadir. Ignani qilina turgan
ishga qarab tutish kerak bo‘lganini, ignaga o‘tkazilgan ip juda uzun yoki juda kalta
bo‘lmasligi kerakligini va qo‘rqinchli qazoga sabab bo‘lmasligi uchun ignani hech bir vaqt
og‘izga solish, shishga tiqib ko‘rish yaramasligini hurmatli o‘quvchi xonimlar ham
biladilar. Ignalar tutilmaganda igna qutisiga solib qo‘yish yoki kerak vaqtda tezroq olish
oson bo‘larlik qilib qalin matoga qadab qo‘yish kerak. Qutichada barmoqlarga juda mos
kelgan bir necha angishvona ham bo‘lishi kerak. Chok va naqsh namunalari, andozalar,
turli ingichka va yo‘g‘onlikdagi iplar, naqshlar uchun turli rangdagi ipak, jun iplar kerak.
Bulardan tashqari qutichada qaychi, qalamtarosh, chilvir, lenta (metrli), bigiz,
to‘g‘nag‘ich, igna sanchib qo‘yadirgan yostiqcha va tugmalar bo‘lishi kerak.
Avvalgi zamonlarda qo‘l hunarlarini bilmagan qizlarning hech qadri bo‘lmaganidan va
bunday qizga hech kim qiziqmaganidan har bir qiz kichkina vaqtidanoq ularni
o‘rganishga odatdan tashqari tirishgan. Bu hunar eski zamon tarbiyasidan qolgan bo‘lib,
hozirda ham bu hunarlardan to‘liq bilimli xonimlar borligi eshitilmakdadir. Shu vaqtga
qadar yosh qizlarni qo‘l hunarlari o‘rganishga qiziqtirish kerakligini, qo‘l ishlari qizlarni
daydi bo‘luv balosidan qutqarish uchun tamom foydali yo‘l ekanini da’vo qilib kelganlar.
Barcha xotunlar uchun ishni sevishdan kerakli hech bir narsa yo‘qdir. Ish ko‘ngilni
ochadir. Ul ko‘ngilda baxtsizligu qayg‘ularni o‘ylashga yararlik bir vaqt qoldirmas, hatto
vaqtni xushlik ila o‘tkazadir. Daydilik odamni faqirlikka, muhtojlikka tushiradir va ko‘p
qayg‘ularga giriftor qiladir. Va hatto umrini xunobgarchilik ila o‘tkazadir. Daydilikka
o‘rgangan qizlarning avvalgi tabiatlarini qo‘yganlari hozirga qadar hech ko‘rinmaganligi
uchun qizlarni kichkina vaqtidan har turli ishga odatlantirish kerak. Uyida o‘tiruvni
bilmagan, uy ishlari ila shug‘ullanuvdan va qo‘l hunarlari kabi bir necha ko‘ngilli
ishlardan lazzat olmagan bir xotun qanday ishlay oladir? Ma’lum lazzatlarni chetga chiqib
izlashi kerak bo‘ladir. Xotun kishi uchun bundan ham yomon xatarli narsa bo‘lurmi? Qiz
bolalarga qo‘l hunarlarining har birini yangi kiyimlar, ko‘ylak, sochiq, dasturxon kabi
narsalarni tikmak va eskilarini tuzatmak, yamoq yamamak, paypoq to‘qimak, bo‘z
to‘qimak kabilarni bilmak kelgusida yurt tuta boshlagach kerak bo‘lajagini bildirib, ularni
kiya turgan kiyimlarni kichiklikdan o‘z qo‘llari bilan tikishga o‘rgatib, bir yurtga xo‘ja
bo‘lgandan so‘ng unday narsalarni do‘kondan katta baholar ila sotib olishga yoki
tikuvchilarga ko‘p aqchalar berib tikdirishga odatlantirmaslikka so‘nggi darajada
tirishmak kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |