.
“Qora quticha” interaktiv o’yinining o’tkazilishi
Ushbu usul mashq’ulot davomida xamkorlikda ishlash va xar bir talabaning faol qatnashishini ko’zda tutadi, o`qituvchi butun gurux bilan ishlaydi.
Xar bir talaba qora qutichadan nomalum preparatning qisa annotastiyasi yozilgan kartochkani oladi. Talabalar o’z javoblarini asoslagan xolda ushbu preparatni aniq lashi kerak.
Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So’ngra javoblar muxokama qilinadi, preparatning farmakodinamika va farmakokinetikasi to’ldiriladi. Usulning oxirida o`qituvchi berilgan javoblarni muxokama qiladi va talabalarning faolligini aniqlaydi.
Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza yuritishni shakllantiradi.
Annotastiya turlari:
-
Preparatni aniq lash: Gipofiz oldingi bo’lagidagi gormon preparati. Ta’sir birligida dozalanadi. Glyukokortikoidlar uzoq vaqt ishlatilgan keyin parenteral qo’llinaladi. (Kortikotropin).
-
Preparatni aniq lash: Gipofiz oldingi bo’limidagi gormoni preparati. Ta’sir birligida dozalanadi. Qalqonsimon bez etishmovchiligida va miksedemani differenstial tashxisida qo’llaniladi. (Tirotropin).
-
Preparatni aniq lash: Gipofiz orqa bo’limidagi gormonning sintetik analogi. Tuq’uruq va laktastiyani kuchaytirish uchun transbukal qo’llaniladi. (Dezaminooksitostin).
-
Preparatni aniq lash: Gipofiz orqa bo’limidagi gormoni preparati. Qandsiz diabetda qo’llaniladi. Intranazal yuboriladi. (Adiurekrin).
-
Preparatni aniq lash: Adenogipofiz gormonlarning preparati. Ta’sir birligida dozalanadi. Gemeralopiyada qo’llaniladi. (Intermedin).
-
Preparatni aniq lash: Qalqonsimon bez gormonning sintetik analogi. Miksedema kasalligida koma xolatida qo’llaniladi. Ichish uchun beriladi. (Triyodtironin).
-
Preparatni aniq lash: Xayvonlarning qalqonsimon bez ekstraktidan tayyorlanadi. Tireoid gormonlarning aralashmasini saqlaydi. (Tireoidin).
-
Preparatni aniq lash: Preparat tireotoksikozning davolashida qo’llaniladi. Ichish uchun beriladi. Nojo’ya ta’siri: leykopeniya, dispepsiya, “buqoqlik ta’siri.(Merkazolil).
-
Preparatni aniq lash: Preparat tireotoksikozning davolashida qo’llaniladi. Samarasi sekin 1-3 oydan keyin rivojlanadi. Ichish uchun beriladi. Millikyurida dozalanadi. (Radioaktiv yodi).
10.Preparatni aniq lash: Preparat cho’chqani qalqonsimon bezidan olinadi. Osteoporoz, nefrokalstinozda qo’llaniladi. (Kalstitrin).
11.Preparatni aniq lash: Xayvonlarning qalqonsimon oldi bezidan olinadi. Ta’siri 4 soatdan keyin boshlanib, 24 soat davom etadi. Ta’sir birligida dozalanadi. (Paratireoidin).
12. Preparatni aniq lash: Me’da osti bezi gormonning preparati. Samarasi 24 soat saqlanadi. Ta’siri sekin rivojlanadi (3-6 soatdan keyin). Qandli diabet davolashida qo’llaniladi. Diabetik komada Qqo’llanilmaydi. Faqat teri ostiga yuboriladi. (Protamin-stink-insulin).
13. Preparatni aniq lash: Sintetik gipoglikemik vosita. Me’da osti bezning beta xujayralani stimullaydi. Ta’sir davomi 12 soatgacha. (Butamid).
Preparatni aniq lash: Preparat kaxeksiyada, nurli terapiyadan keyin, glyukokortikoidlarni uzoq vaqt davomida ishlatilganda, osteoporozda qo’llaniladi. Samarasi 2-3 kundan keyin rivojlanadi va 3 xaftagacha davom etadi. (Retabolil
5.4.2. Grafik organayzerni ishlab chiqish “ Baliq skeleti” chizmasi
“Baliq skeleti” chizmasi bir qator muammolarni tasvirlash va uni echish imkonini beradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, taxlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi
Bosqichlar:
1. Talabalarni chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar.
2. Aloxida/kichik guruxlarda yuqori “suyagida” kichik muammoni ifodalaydi, pastda esa, ushbu kichik muammolar mavjudligini tasdiqlovchi dalillar yoziladi
3. Kichik guruxlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o’zlarining chizmlarini to’ldiradi-lar. Umumiy chizmaga keltiradilar.
4. Ish natijalari prezentastiyasi o’tkaziladi.
Yalliglanishga Allergiyaga Immunodepressiv Shokka
qarshi qarshi xususiyati qarshi
Glyukokorti-
koidlarni қo’llanilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |