www.ziyouz.com кутубхонаси
19
DOG’LARNI KETKAZISH
Dunyoda tozalik kabi narsa yo‘qdir. Ifloslik ila mashhur bo‘lgan kishilar tengdoshlari
oddida qadrli, e’tiborli bo‘lmaslar. Tozalikning eng katta dushmani dog‘dir. Moy, chang,
loy izlari ko‘ringan eng yaxshi, eng chiroyli kiyimlar ham hech bir vaqt ko‘zga chiroyli
ko‘rinmas, holbuki toza kiyimlarni ko‘rib ko‘z to‘ymas. Shuning uchun odam kiygan
kiyimlarga dog‘ tushirmaslik uchun odatdan tashqari saqlanuvi kerak. Agar saqlanmay,
dog‘ qilgan bo‘lsalar, tezda dog‘ni yo‘qotuvga g‘ayrat qilmak kerak. Turli dog‘larni
yo‘qotuv uchun choralar bordir. Kiyimingizga yog‘ tomgan bo‘lsa, dog‘ ustiga bulut
(doka) yoki qog‘oz qo‘yib, ustidan qizigan dazmol yengilgina yurgizilur, doka yoki qog‘oz
olingandan so‘ng dog‘ning ketgani ko‘rinur. Agar bir martada ketmasa, bu amal ikki-uch
marta qaytarilur. Bunday dog‘ni ketkazish uchun yana benzin ham tutilur. Benzin moy
tekkan yerga bir bo‘z ila surtilur...
Qoramoy dog‘lari. Avval bu dog‘larning matoga singmagan qismi qaychi ila ko‘chirilib,
qolganiga sariyog‘ yoki og‘och moyi surtilur, shundan so‘ng sovun ila yuvilgach, dog‘
osonlik ila ketadir. Frantsuz siyohi va zang tegib bo‘lgan dog‘lar milhi hammoz (kislota
tuzi) ila ketkazilur. Dog‘li o‘rinni qo‘llab, ustiga bir oz tuyilgan milhi hammoz sepilur,
so‘ng qaynoq suv bug‘iga tutib turilur, bug‘da milhi hammoz erib, dog‘ni yo‘qotur. Dog‘
ketar-ketmas milhi hammoz sepilgan yerni sovuq suv ila yaxshilab yuvmak kerak.
Meva dog‘lari. Meva dog‘lari oltingugurt ila ketkizilur, lekin oltingugurt matoning
rangiga ta’sir qilmasligi uchun shul tariqa qilinur: dog‘ tekkan yerni qo‘llab, bir idshpda
ozgina oltingugurt yondirilib, tutuniga dog‘li joy tutilur. Dog‘ ketar-ketmas dog‘ o‘rnini
ko‘p suv ila yuvilur. Javel suvi (xlorli eritma) ham kirlardan dog‘ ketkazmakka foyda
berur. Kirlarning dog‘li yerlari javel suviga solib qo‘yilur. Olti minutdan so‘ng mo‘l suv ila
yuvilur. Olti minutdan ortiq tutuv kerak emas. Yurt ishlari qo‘liga topshirilgan xotun
bolalardan yashirib bir shisha javel suvi, bir kichkina shishada milhi hammoz, bir shisha
benzin olib qo‘ymog‘i kerak.
Sirka, limon suvi kabi narsalar dog‘lari. Bunday dog‘lar matoning tusini o‘zgartirib
yuborur. Bunday dog‘lar sovunli suv ila yuvilsa yoki ko‘proq suv quyilgan nashatir spirti
ila tozalansa, osonlik ila avvalgi holiga qaytur. To‘q tusli movutlardagi moy dog‘lari
nashatir spirti qo‘shilgan suv yoki nashatir spirtining o‘zi ila ketkazilur.
Do'stlaringiz bilan baham: |