SOVUN ILA KIR YUVMAK
Ilgari yozilganiga ko‘ra kirlar bir necha turga bo‘linur. Har bir tur ayrim-ayrim yuvilur.
Kir yuvuvni boshlamasdan oldin bir bochkaga yarimdan ko‘proq juda qaynoq suv solinib,
usti qoplab qo‘yilur. Kirlarni bittadan osti-ustiga sovun surtib, kir va dog‘lari ketguncha
yuvib siqqandan so‘ng, boyagi bochkadagi qaynoq suvga solinur. So‘ng ikki-uch qavatli
bo‘z ila bochka og‘zi berkitilib qo‘yilur. Ertasi kun bochkadan kirlar bittadan olinib,
chayilgandan so‘ng yana sovun surtib yuvilur. Keyin kir qaynatadigan qozonga yarim
qilib suv quyib, kir yuvgandan qolgan sovun bo‘laklarini to‘g‘rab, bir kichkina kastrulda
eritib qozonga solinur. Suvi ko‘piklangandan so‘ng boyagi kirlarni solib, yigirma minut
qaynatilur. So‘ngra bitta-bitta qozondan olib, yana sovun ila yuvilgach, chayqalib, juda
yaxshi siqilib, sinkalash mumkin bo‘lganlarini sinkalab, g‘ijimlari tekislanib, shabada
joyga yoki quyosh nuri tushib turgan yerga quritish uchun yoyilur. Mana shu ravishda
yuvilgan kirlar g‘oyat oq va toza bo‘lur.
Rangli kirlar oq kirlar kabi yuvilsa-da, bularni issiq suv ila yuvish, hech bir
qaynatmaslik kerak. Rangi chiqa turgan chit yoki junli narsalarni suvda hech saqlamay,
tezgina sovuq suvda sovun ila yuvib, juda tez chayuv kerak. Hech bir vaqt ikki turli kirni
birga yuvuv kerak emas, ayrim-ayrim solib chayuv kerak. Rangi chiqa turgan narsalarni
bir hovuch tuz solingan suvga botirib, so‘ng chayuv kerak. Rangli paypoqlar yuvilgach,
sirka aralashtirilgan suvga solib chayilur. Kirni sinkalamak uchun sinkaniig eng yaxshisini
tanlamak kerak. Ikki qavat bo‘zga o‘rab yanchib, mayda-mayda tugunlar yasab, kirlarni
sinkalab bo‘lgandan so‘ng bu tugunlarni kurituv kerak. Bo‘yoq bo‘yalmay quritilsa,
ikkinchi ishlatuvga hozir bo‘lib turur. Sinkalash uchun bo‘yoqli tugunni suvga solib, suv
kerak bo‘lurlik tusga kirgandan so‘ng kirlar bir oz vaqt bo‘ktirilur. Kirlar bir tusda bo‘luvi
uchun oralatib bo‘yoqli tugunni solib siqilur. Sinkalangan kirlar tezda arqonga yoyib
quritilur. Sinkaga solingandan so‘ng olinmay uzoq tursa yoki yaxshi botmay tursa, kirda
yo‘l-yul chiziqlar hosil bo‘lib, xunuk qilib qo‘yadir. Kirni sinkalamasdan avval hozirlangan
suvga bir latta botirib ko‘ruv lozimdir.
Flanellarni (ip yoki jundan to‘qilgan, ikki tomoni tukli gazlama) yuvmak. Flanellar
sovunli, issiq suvda ustiga sovun surtilib, qildan yasalgan cho‘tkalar ila juda tekislab
cho‘tkalanur. Agar juda kir bo‘lsa, bir oz soda solinur. Flanellar toza suvda namlansa
qotib qolur, yumshoqligini saqlamak uchun sovunli suvda yuvmak kerak.
Flanellar un ila ham yuvilur. Flanellarni un ila yuvuv istalsa, uch qoshiq unni ikki litr
sovunli suvga aralashtirib qaynatilur. Atala kabi bir narsa xosil bo‘lur. Buning yarmi issiq
holida flanelga tamom singiguncha qo‘l ila ishqab surtilur. Qolgan yarmiga qaynoq suv
qo‘shilib, flanel chayilur, so‘ng sovun surtilib, cho‘tkalab yuvib, chayib quritilur.
Flanelni kartoshka ila yuvuv istalsa, bir oz kartoshka artib, mayda to‘g‘ralgandan
so‘ng ozgana sovunli suv ila ezib, qattiq bir turli xamir yasalur. Bu xamir sovun o‘rnida
tutilur. Flanelni issiq suvga solib, kartoshka sovuni surtib, cho‘tka ila cho‘tkalab yuvilur,
so‘ng avval issiq suvda, keyin sovuq suvda chayilib quritilur. Boshqa jun matolar ham
shu usulda yuvilsa, yumshoq bo‘lib, avvalgi tusini hech yo‘qotmas.
Qizlar tarbiyasi. Aliy Nazimo
Do'stlaringiz bilan baham: |