Ya’juj va Ma’jujlar
Iso alayhissalom tushib, Dajjolni o‘ldirganlaridan so‘ng, Ya’juj va Ma’jujlar chiqadi.
Musulmonlar hali Iso alayhissalom hukmi ostida rohat qilib yashamagan bo‘ladi.
Biz bu davrni har bir kishi boshidan kechiradigan o‘lim oldidagi tetiklikka, uning
naqadar qisqaligiga qiyosladik. Ya’ni, musulmonlar ozgina muddat Iso hukmi ostida
yashaydilar. Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi esa inson jismini halok qiluvchi fano
omillarining hujumiga ramziy bir ishoraga o‘xshaydi. Zero, xuddi Ya’juj va Ma’jujlar kabi
bu fano omillari hujumini hech kim qaytarishga qodir bo‘lmaydi. Ya’ni, Ya’juj va
Ma’jujlarni to‘xtatishdan hatto Iso hamda uning ashoblari ham ojiz bo‘ladilar. O‘lim soati
yaqinlashgan vaqtda fano omillarini hech kim to‘xtatib qola olmaydi. Endi Iso
alayhissalomning duosi bilan Ya’juj va Ma’jujlarning o‘ldirilishiga kelsak, bu ham o‘lim
oldidagi tetiklikka ramzdir. Vallohu a’lam!
Do'stlaringiz bilan baham: |