104-rasm.
Chopiq kultivatorining yon ko‘rinishi.
Ekinzorni kultivatsiyalashda himoya zonasini kamayti-
rishga intilish kerak.
Gryadildagi ikkinchi qatorga, disk yoki rotatsion yulduz-
chadan so‘ng, yassi o‘toqlovchi tishlar ko‘chat qatori o‘qidan 10 sm
qoldirib va 6-8 sm chuqurlikda o‘rnatiladi.
Uchinchi qatorda, o‘toqlovchi tishlardan so‘ng, o‘q-yoysimon
tish jo ‘yakning o‘rtasida 12-14 sm chuqurlikda o‘rnatiladi.
0 ‘g‘itlash soshnigi eng oxirida, tuproqni yumshatilgan
joydagi qatorga o‘rnatiladi.
Agar asosiy vazifa tuproqni yumshatish bo‘lsa, kichik
yumshatuvchi tishlarning har birini 4-6 sm chuqurlikda jo ‘yak
profiliga moslab pog‘onalab o‘rnatib, ishlov berish maqsadga
muvofiqdir.
Ish qismlarni gryadilda joylashtirishda quyidagi qoidalarga
rioya qilish kerak:
1.
Ekin qator oralig‘idagi tuproqqa ishlov berib, qo‘l mehnati
sarfini kamaytirish maqsadida himoya zonasini ko‘chatlar ildiziga
zarar tegmaydigan qilib, kamaytirishga intilish kerak.
181
105-rasm.
K ultivator ishchi qismlarini 90 sm qator oralig‘iga
joylashtirish shabloni.
182
2. Jo‘yak chetida, ya’ni ko‘chatlarga yaqin joylashgan ishchi
qism eng sayoz, jo ‘yak o‘rtasidagi tish esa eng katta chuqurlikka
o‘rnatilib, qolganlari esa— jo ‘yakning profili (ko‘ndalang kesimini
shakli) ga moslab, pog‘onalab joylashtiriladi.
3. Gorizontal yo‘nalishda esa begona o‘t ildizlarini to‘liq kesib
ketishi uchun o‘toqlovchi va universal (o‘q-yoysimon tishlar)
qamrov kengliklari o‘zaro
+A b
ga qoplanadigandek joylashtiriladi.
4. Har qanday tishni yerga ishlov berish chuqurligini
tayinlashda mahalliy tuproq xususiyatlarini e’tiborga olish kerak.
Qator oralig‘i 60 va 90 sm bo‘lgan paxtazordagi begona
o‘tlarni yo‘qotish va tuproqni qisman yumshatish maqsadida
kultivator ishchi qismlarini har bir jo ‘yakda joylashtirish sxemasi
106, 107, 108, 109, 110, va 111- rasmlarda keltirilgan.
Mineral o‘g‘it berib ekinni oziqlantirish uchun kultivatorga
unga likopsimon o‘g‘itlash apparatlari o‘rnatiladi.
O‘g‘itlash apparati (106- rasm) bunker (2), ustki sidirgich (3),
konusli silindr (4), halqasimon shesterna (5), asos (6), tushirgich
(7), nov (8), qopqoq
(1)
lardan iborat.
Likop (9), asos
(6)
ichiga payvand qilinib, uning o‘rtasidagi
teshikka tushirgich (7) va ustuncha
(10)
o‘rnatilgan. Likop (9) bilan
asos (6) orasida aylanasimon tirqish
(11)
paydo bo‘ladi. Tirqish
(11)
orqali o‘g‘it, nov (8) ga tushib turadi. Nov
(8)
tushayotgan
o‘g‘it oqimini bir yoki ikki bo‘lakka ajratib, o‘g‘it o‘tkazgichlarga
yo‘naltiradi. Tushirgich (7) lar konussimon shesterna
(5)
yordamida uzluksiz aylantirib turiladi. Asos (6) ga simmetrik
holatda ikkita vtulka
(12)
o‘rnatilgan bo‘ladi.
Silindr
(4)
da vint chizig‘iga o‘xshagan uchta ensiz va cho‘ziq
o‘yiq uyacha yasalgan bo‘lib, ularga tayanch boltlarining bo‘sh
uchlari kirib turadi. Bunker (2), silindr
(4)
ga sharnirli ulangan, shu
sababli unga nisbatan ag‘darilib ochiladi. Silindr
(4),
bunker bilan
birgalikda vertikal o‘q atrofida ma’lum burchakka erkin burilish
imkoniga ega. Shu burilish hisobiga konusning pastki cheti bilan
likop (9) orasidagi o‘g‘itni to‘kish tirqishini o‘zgartirib, o‘g‘it
sepish me’yori sozlanadi.
183
106-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |