Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/26
Sana16.04.2022
Hajmi1,63 Mb.
#557782
TuriУчебник
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
pulg.diskli.tirma

a
103-rasm.
Chopiq kultivatorga o‘rnatiladigan qo‘shimcha
ishchi qismlar:
a - o ‘g ‘it solgich; b - rotatsionyulduzcha;
d - j o ‘yak olgich (ikki k o ‘rinishda).
Chopiq kultivatorining qamrov kengligi, ishchi qismlari 
o‘rnatilgan gryadillar oralig‘i va soni, urug‘ ekib ketgan 
seyalkaning o‘lchamlari bilan moslangan bo‘lishi kerak.
Agrotexnik talablar. Ishlov berish sifati yuqori bo‘lishi uchun 
kultivator dalaga sug‘orilgan yerlardagi tuproq namligi 16 -18 % 
gacha kamayganidan so‘ng kiritilgani ma’qul. Kultivatorning 
tishlari nam tuproqni yer betiga chiqarmasligi kerak. Tuproqni 
yumshatish chuqurligi tayinlanganidan ±(1-2) sm dan ortiq farq 
qilmasligi, begona o‘tlar 98-99 % yo‘qotilishi kerak.
Ko‘chatlar traktor g‘ildiraklari va gryadildagi ishchi qismlarga 
tegib shikastlanmasligi uchun ular g‘ilof va to‘siqlar bilan yopilishi
178


lozim. Kultivator bilan ishlov berganda shikastlangan ko‘chat- 
larning miqdori 1,0 % dan oshmasligi kerak. Ish vaqtida turli 
sabablarga ko‘ra, gryadilni yon tomonlarga burilishi 1-2 sm dan 
oshmasligi uchun uni bikr o‘rnatish lozim.
O‘toqlovchi tish tig‘ining 0,4-0,5 mm dan oshmasligi, 
oziqlantirish uchun solinayotgan o‘g‘it miqdori va uni ko‘mish 
chuqurligining farqi tayinlanganidan ±10-15 % dan ortiq 
bo‘lmasligi kerak.
Umuman olganda, kultivatordan foydalanishda mahalliy 
tuproq sharoiti birinchi o‘rinda e’tiborga olinishi lozim.
Chopiq kultivatorining tuzilishi (104-rasm). Kultivator 
qismlari maxsus chopiq traktorining oldi (oldingi seksiyasi) va orqa 
(orqa seksiyasi) tomonlariga o‘rnatiladi.
Kultivatorning oldingi seksiya ramasi (3), traktorning o‘ng va 
chap tomonidagi lonjeronlariga o‘rnatiladi. Rama (3) ga pasay- 
tirgich orqali seksiyaning to‘rt bo‘g‘inli (parallelogramm-simon) 
osish mexanizmi 
(10)
biriktirilgan. Ularga, o‘z navbatida, 
gryadillar o‘rnatiladi. Gryadillarga ishchi qismlar mahkamlanadi.
Kultivatorga beshta o‘g‘itlash apparati 
(4)
(ularning ikkitasi 
oldi, uchtasi — orqa seksiyalarda)lar o‘rnatilgan.
Gidrosilindrning ta’sirida ko‘tarish vali burilib, tortqilar orqali 
ikki yelkali richag ko‘targich (6) yordamida jilovdagi sirpangichni 
yuqoriga ko‘taradi. Sirpang‘ich jilovga mahkamlangan shayba 
(12)ga
tiralib, uni jilov bilan birgalikda yuqoriga ko‘taradi. Jilov 
esa gryadil (12)ni va unga o‘rnatilgan ishchi qism (9) larni yuqoriga 
ko‘taradi. Gryadilni yer yuzasiga nisbatan muayyan balandlikda 
ko‘tarib yurib, ishlov berish chuqurligini me’yorida ushlab turish 
uchun tayanch g‘ildirakcha 
(16)
lar xizmat qiladi.
Ishlov berish chuqurligini o‘zgartirish uchun ishchi qism 
ustunini gryadilga mahkamlaydigan qulflar yechilib, uning 
g‘ildirakchaga nisbatan balandligi o‘zgartiriladi.
Tirakning joyini jilov bo‘ylab o‘zgartirib, prujinaning siqilish 
darajasini o‘zgartirish mumkin. Prujinaning siqilish kuchi jilov 
orqali gryadilga, unga o‘rnatilgan qismlarga uzatilib, ularni 
tuproqqa botirishga va tuproqning qarshilik kuchi (zichroq
179


yerlarda) o‘zgarib qolsa, ishchi qismlar ko‘tarilib ketib, tayinlangan 
ishlov berish chuqurligi kamayishining oldi olinadi.
Ishchi qismlarni joylashtirish tartibi ular bajaradigan 
texnologik jarayonga qarab aniqlanadi. Kultivator ishchi qismlarini 
bir yo‘la to‘g‘ri joylashtirish uchun maxsus shablondan 
foydalaniladi (105-rasm). Shablon betonlanib tayyorlangan tekis 
maydonchada chizilgani ma’qul. Traktor shablon ustiga chiqarilib, 
gryadil va ishchi qismlar rasmda ko‘rsatilganidek o‘rnatiladi.
Vertikal tekislikda tishlar har bir gryadilda alohida-alohida 
o‘rnatiladi. Shu maqsadda, gryadil g‘ildirakchasining ostiga qalin­
ligi tishlarni tuproqqa maksimal botirish chuqurligiga teng bo‘lgan 
taglik qo‘yiladi. Ishchi qismlarni kerakli chuqurlikka o‘rnatishda, 
gryadil bo‘ylama gorizontal holatda bo‘lishi lozim. Tishning uchi 
g‘ildirakcha tegib turgan sathga nisbatan berilgan chuqurlikka 
tushirilib, uning ustuni qulf yordamida mahkamlanadi.
Ishchi qismlari shablon yordamida joylashtirilgan agregatning 
ishi dalada tekshirib ko‘riladi va zarur bo‘lsa, o‘zgartirishlar 
kiritiladi.
Gryadilga ishchi qismlar muayyan ketma-ketlikda o‘rnatiladi.
Birinchi qatorda yulduzcha yoki disklar o‘rnatiladi. Rotatsion 
yulduzchalar g‘o‘za qatori o‘qiga eng yagin masofada (3-5 sm) 
qo‘yilib, himoya zonasini keskin toraytirish imkoniga ega 
bo‘linadi. Birinchi kultivatsiyada yulduzcha 3-5 sm, keyingilarida 
— 5-8 sm chuqurlikka o‘rnatiladi.
Tuprog‘i zich bo‘lgan yerlarni kultivatsiya qilishda rotatsion 
yulduzchalar o‘rniga sferik disklar ishlatilgani ma’qul, chunki ular 
o‘tkir tig‘i bilan zich yerni tilib, himoya zonasi chegarasini aniqlab 
beradi. Natijada, orqada kelayotgan boshga tish ta’sirida ajratilib 
olinayotgan katta kesaklar ko‘chat ildizlari joylashgan tuproqni 
ko‘chirmaydi, ildizlarni shikastlantirmaydi. Bundan tashqari, 
tuproqqa botgan disklarni yon tomonga surish qiyin bo‘lganligi 
sababli, ular zich tuproqlarda gryadilning ko‘ndalang yo‘nalishida 
surilishiga yo‘l qo‘ymasdan, to‘g‘ri yo‘nalishdan burilmay 
yurishini ta’minlaydi. Sferik disklar ko‘chatlar qatorining o‘qidan
6-8 sm masofada (bu himoya zonasining yarmidir) va 6-8 sm 
chuqurlikda o‘rnatish kerak.
180



Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish