harakat qilayotgan pichoq trayektoriyasi uzaytirilgan sikloida
bo‘lishi uchun uning kinematik rejim ko‘rsatkichi X > 1, 0 bo‘lishi
kerak.
Sirkon ko‘pincha kombinatsiyalashtirilgan ekish agregatlarida
boshqa ishchi qismlar bilan birgalikda qo‘llaniladi.
5-§. K ultivatorlar
Tuproq palaxsasini ag‘darib yerga ishlov berish ko‘pincha
salbiy
oqibatlarga, ya’ni tuproqdagi uglerodning kamayishi,
shamol va suv eroziyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Shu sababli, tuproqni ag‘darmasdan yumshatib,
tabiiy namlikni
saqlab qolish, begona o‘tlarga qarshi kurashish, ekilgan urug‘ni
unib chiqishi uchun eng qulay sharoit yaratish kabi maqsadlarda
yerga ishlov berish uchun kultivatorlardan keng foydalaniladi.
Kultivatorlar yerga yoppasiga
ishlov beradigan va maxsus
chopiq qiluvchi turlarga bo‘linadi.
Yerga yoppasiga ishlov beradigan turlari ishlov berilmagan
joylarni qoldirmasdan tuproqni yumshatish va begona o‘tlarni
yo‘qotish maqsadida ishlatiladi.
Maxsus kultivatorlar bog‘ va o‘rmonlarda daraxtlar oralig‘iga
hamda eroziyaga uchragan joylarga ishlov berishda ishlatiladi. Bu
guruhga chuqur yumshatkich-keskich kultivatorlari ham kiritiladi.
Chopiq kultivatori sug‘oriladigan dehqonchilikda ekinlar qator
oralig‘idagi
tuproqqa ishlov berish, begona o‘tlarni yo‘qotish va
o‘g‘itlash uchun ishlatiladi.
Kultivator bilan ishlov berishda quyidagi agrotexnik
talablarga: tuproqning pastki,
nam qatlamini yer yuzasiga
chiqarmaslik; eroziyani kuchaytiradigan changsimon zarrachalarni
hosil qilmaslik; yumshatiladigan chuqurlik tayinlanganidan 1, 0 sm
dan ortiq farq qilmasligi va begona o‘tlarni 98 - 99
%
yo‘qotilishiga
rioya qilinadi.
Kultivator ishchi qismlari bajaradigan ishiga qarab, asosan to‘rt
turga bo‘linadi: yumshatuvchi tishlar, o‘toqlovchi yotiq tishlar,
o‘q-yoysimon tishlar va chuqur yumshatuvchi tishlar.
160
Yumshatuvchi tishlar iskanasimon (92-
d
rasm), to‘ntarma
(92-
e
rasm) va nayzasimon (92-
f
rasm) kabi turlarga bo‘linadi.
Bunday tish sirtining yumshatish burchagi a o‘zgaruvchan bo‘ladi
(balandligi ortsa, a kattalashadi).
g
92-rasm.
Kultivatorning ishchi qismlari:
a
— o‘toqlovchi yotiq tish;
d
— o‘q-yoysimon (universal) tish;
v — iskanasimon tish;
g
— to‘ntarma tish;
d
— nayzasimon tish;
e — chuqur yumshatuvchi tish.
Iskanasimon tishning qamrov kengligi
b = 20
mm bo‘lib,
tuproqning pastki, namroq qismini yuzaga chiqarmaydi.
Bunday
161
tish bikir ustunga a = 40 - 45° ostida o‘rnatilib, 25 sm
chuqurlikkacha, prujinasimon ustunga a = 25 - 30° burchagi ostida
ko‘tarilib, 12 sm chuqurlikkacha ishlov berishi mumkin. To‘ntarma
tish uchining kengayish burchagi 2y = 60 - 70° bo‘lib , qamrov
kengligi b = 35 - 65 mm bo‘ladi. Ishlatilayotgan uchi o‘tmaslashib
qolsa, tish 180° ga to‘ntarilib o‘rnatiladi. Nayzasimon tish (92-
f
rasm) ko‘p yillik begona o‘tlarni yo‘qotishda qo‘l keladi.
O ‘toqlovchi yotiq tishlar (92-
b
rasm) ekin qator oralig‘idagi
begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida ishlatiladi. Shu sababli, uning
yumshatish burchagi o‘ta oz (a = 9 - 10°) o‘rnatiladi
va tuproqni
maydalash deyarli kuzatilmaydi. Bunday tishning tig‘i begona
o‘tlar ildizini kam kuch sarflab kesishi uchun у burchagining
miqdori sirpanib kesishni ta’minlashi kerak. Shu sababli,
o‘toqlovchi yotiq tish qamrov kengligi
Do'stlaringiz bilan baham: