َﻦَﻣﺁ
ْﻦَﻣ
ِتاَﺮَﻤﱠﺜﻟا
َﻦِﻣ
ُﻪَﻠْهَأ
ْقُزْراَو
ﺎًﻨِﻣﺁ
اًﺪَﻠَﺑ
اَﺬَه
ْﻞَﻌْﺟا
ِّبَر
ُﻢﻴِهاَﺮْﺑِإ
َلﺎَﻗ
ْذِإَو
ِﺮِﺧﻵا
ِمْﻮَﻴْﻟاَو
«E
slang: Ibrohim: «Ey Rabbim, bu
(Makka)
ni tinchlik shahri qilgin va uning aholisidan Allohga va
oxirat kuniga ishonuvchilarga
(turli)
mevalardan rizq qilib bergin», - dedi.
(Baqara, 126.)
ﻲِﺘﱠﻳِّرُذ
ْﻦِﻣَو
َلﺎَﻗ
ﺎًﻣﺎَﻣِإ
ِسﺎﱠﻨﻠِﻟ
َﻚُﻠِﻋﺎَﺟ
ﻲِّﻧِإ
َلﺎَﻗ
«Alloh: «Albatta, Men seni odamlarga imom
(peshvo)
qilaman», - dedi.
(Ibrohim)
«Zurriyotimdan
hammi?» - deb so‘radi.
(Baqara, 124.)
ٍطﻮُﻟ
ِمْﻮَﻗ
ﻲِﻓ
ﺎَﻨُﻟِدﺎَﺠُﻳ
ىَﺮْﺸُﺒْﻟا
ُﻪْﺗَءﺎَﺟَو
ُعْوﱠﺮﻟا
َﻢﻴِهاَﺮْﺑِإ
ْﻦَﻋ
َﺐَهَذ
ﺎﱠﻤَﻠَﻓ
)
٧٤
(
«Ibrohimdan qo‘rquv ketib, unga xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi
(halokati)
to‘g‘risida
bahslasha boshladi».
(Hud, 74.)
3.
Ibrohim (a.s.) ummatlariga va zurriyotlariga o‘ta shafqatli bo‘lish bilan birga, ba’zi payg‘ambarlarda
bo‘ladigan shijoat fazilatiga ham ega edilar. Qilgan ishlarining nihoyasi o‘lim jazosi bilan yakunlanishini bilgan
holda, qavmlarining ko‘zini ochib, ular sig‘inayotgan narsalar ojiz bir toshlar ekanidan ogohlantirish maqsadida
butlarning hammasini bolta bilan sindirib, eng katta butning bo‘yniga boltani osib qo‘yishlari va masxara bilan:
ُﻢﻴِهاَﺮْﺑِإ
ﺎَﻳ
ﺎَﻨِﺘَﻬِﻟﺂِﺑ
اَﺬَه
َﺖْﻠَﻌَﻓ
َﺖْﻧَأَأ
اﻮُﻟﺎَﻗ
)
٦٢
(
ْنِإ
ْﻢُهﻮُﻟَﺄْﺳﺎَﻓ
اَﺬَه
ْﻢُهُﺮﻴِﺒَآ
ُﻪَﻠَﻌَﻓ
ْﻞَﺑ
َلﺎَﻗ
َنﻮُﻘِﻄْﻨَﻳ
اﻮُﻧﺎَآ
)
٦٣
(
«Ilohlarimizni sen shunday qildingmi, ey Ibrohim?» - deb so‘rashdi.
(Ibrohim)
aytdi: «Yo‘q, bu ishni
ularning kattasi – mana bu haykal qildi. Bas, ulardan so‘ranglar, agar gapira olsalar»
(Anbiyo, 62-63.)
-
deyishlari, Ibrohim (a.s.)ning juda katta shijo‘at egasi va fidoiy inson ekanliklariga dalolat qiladi.
4. Ibrohim (a.s.)ning itoat va ixloslari ham ibratdir.
Har bir ishda Allohning o‘ziga tavakkul qilganlari
uchun ham, eng zarur joyda Allohning o‘zi ofatlardan najot berardi. Buni bir necha misolda ko‘rishimiz
mumkin. Birinchisi, Ibrohim (a.s.)ni o‘tda kuydirmasdan, uni salomatlik joyiga aylantirgani, Misr fir’avni Ibrohim
(a.s.)ning xotinlari Sorani o‘z haramiga chaqirganda, Sorani uning tajovuzidan saqlab, Ibrohim (a.s.)ning
huzurlariga pok holda qaytargani, yoshlari keksayib qolishiga qaramasdan qator-qator zurriyotlarni bergani,
farzandlari Ismoilni Alloh yo‘liga qurbon qilmoqchi bo‘lganlarida, evaziga jannatdan qo‘chqor chiqarib so‘ydirib,
Ismoilga najot bergani, Ka’ba binosining qurilishi bitgandan so‘ng, uning yonida Ibrohim (a.s.) o‘g‘illari Ismoil
(a.s.) bilan duo qilganlarida, duolarining beshak ijobat etilgani Ibrohim (a.s.)ning imon va ixloslarining
natijasidir.
2.8. LUT (A.S.)
Lut (a.s.) Ibrohim (a.s.) ukalarining o‘g‘li, ya’ni Ibrohim (a.s.)ning jiyanlari edilar. Ibrohim(a.s.) Namrudning
zulmidan Misrga qochganlarida, Lut (a.s.) ham birga hamsafar bo‘ldilar. Misrdan esa behisob boylik bilan
Falastinga ko‘chib o‘tdilar. Ibrohim (a.s.) bilan Lut (a.s.)ning chorvalari bir yerga sig‘ishmay qolganidan keyin,
Lut (a.s.) ajrab uzoqroq joyga - Saddum shahariga ko‘chib ketdilar.
Lut (a.s.)ning nomlari Qur’onning o‘n to‘rt surasida, yigirma yetti marta takrorlangan.
Saddum aholisi ma’naviy buzuq kishilar bo‘lib, bachchavozlik bilan shug‘ullanishar edi. Alloh taolo bu o‘ta
buzuq qavmni imonga chaqirish va fahsh ishlaridan tavba qildirish uchun Lut (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi.
Lut (a.s.) ularni har qancha da’vat qilmasinlar, oxirat azobidan qo‘rqitmasinlar, ular hidoyat yo‘liga o‘tishmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |