2. Zulmkorlar va tajovuzkorlarni ogohlikka chaqirish. Hud payg‘ambarning qavmlari bilan bo‘lgan
munosabatlaridagi qat’iyatlik va jur’at ham toliblar uchun ibratdir. Bu yerda payg‘ambar o‘zlariga Alloh taolo
tarafidan buyurilgan da’vat mas’uliyatini his qilib, mo‘‘minlarga yaxshi muomalani ayamagan holda, kofirlarni
zalolatdan ogoh etyaptilar:
ﺎﱠﻤِﻣ ٌءيِﺮَﺑ ﻲِّﻧَأ اوُﺪَﻬْﺷاَو َﻪﱠﻠﻟا ُﺪِﻬْﺷُأ ﻲِّﻧِإ َلﺎَﻗ ٍءﻮُﺴِﺑ ﺎَﻨِﺘَﻬِﻟﺁ ُﺾْﻌَﺑ َكاَﺮَﺘْﻋا ﻻِإ ُلﻮُﻘَﻧ ْنِإ َنﻮُآِﺮْﺸُﺗ ) ٥٤ ( « (Hud)
dedi: «Men Allohni guvoh qilaman va sizlar ham guvoh bo‘lingizlarki, men sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman». (Hud, 54.)
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
Ayni shunday sifatga ega bo‘lish va kerakli maqomda haqiqatni aytishdan qaytmaslikni Alloh taolo barcha
musulmonlarga ham buyurgan: