Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
Allohdan qo‘rqinglar menga itoat etinglar! Men bu da’vatim uchun sizlardan mukofot so‘ramayman.
Mening mukofotim faqat olamlar Parvardigorining zimmasidadir. Sizlar tinchgina bu yerdagi
narsalarga, bog‘laru buloqlarga, ekinlar va novdalari muloyim xurmo daraxtlari ichiga mangu qo‘yib
qo‘yilurmisiz?! Yana zukkolik bilan tog‘lardan uylar ham yo‘nmoqdasizlar. Bas, Allohdan qo‘rqinglar va
menga itoat etinglar!».
(Shuaro, 141-150.)
Solih (a.s.)ning qavmlari bu da’vatlarga ishonishmadi, Undan payg‘ambarlik mo‘‘jizasini talab qilishdi: «Ey
Solih, agar shu tog‘ etagidan bir urg‘ochi tuya chiqarsang, senga ishonamiz», deyishdi. Alloh Qur’onda
shunday bayon etadi:
َﻦﻳِﺮﱠﺤَﺴُﻤْﻟا
َﻦِﻣ
َﺖْﻧَأ
ﺎَﻤﱠﻧِإ
اﻮُﻟﺎَﻗ
)
١٥٣
(
ْﺜِﻣ
ٌﺮَﺸَﺑ
ﻻِإ
َﺖْﻧَأ
ﺎَﻣ
َﻦِﻣ
َﺖْﻨُآ
ْنِإ
ٍﺔَﻳﺂِﺑ
ِتْﺄَﻓ
ﺎَﻨُﻠ
َﻦﻴِﻗِدﺎﱠﺼﻟا
)
١٥٤
(
«
Ular dedilar:«Sen aniq sehrlangan kimsalardansan! Sen ham xuddi bizlarga o‘xshagan
odamdirsan. Bas, agar da’voingda rostgo‘ylardan bo‘lsang, biror mo‘‘jiza keltir!»
(Shuaro, 153-154.)
Solih (a.s.) duo qildilar va bir urg‘ochi tuya paydo bo‘ldi. Solih (a.s.) ularga: «Mana bu tuya, bu Allohning
yerida o‘tlaydi, sizlarning yeringizga daxl qilmaydi. Quduqdan bir kun u suv ichadi, bir kun sizlar ichasizlar.
Agar unga biror yomonlik qilsalaringiz, umumiy halokat yuz beradi», deb ogohlantirdilar.
ْﻢُآَﺬُﺧْﺄَﻴَﻓ
ٍءﻮُﺴِﺑ
ﺎَهﻮﱡﺴَﻤَﺗ
ﻻَو
ِﻪﱠﻠﻟا
ِضْرَأ
ﻲِﻓ
ْﻞُآْﺄَﺗ
ﺎَهوُرَﺬَﻓ
ًﺔَﻳﺁ
ْﻢُﻜَﻟ
ِﻪﱠﻠﻟا
ُﺔَﻗﺎَﻧ
ِﻩِﺬَه
ِمْﻮَﻗ
ﺎَﻳَو
ٌﺐﻳِﺮَﻗ
ٌباَﺬَﻋ
)
٦٤
(
«Ey qavmim, mana bu Alloh yuborgan tuya sizlar uchun oyat-mo‘‘jiza bo‘lib keldi. Bas, uni
Allohning yerida yeb-ichib yurgan holida qo‘yib yuboringlar va unga biron yomonlik yetkazmanglar,
aks holda sizlarni yaqin azob ushlar»
.
(Hud, 64.)
Bu mo‘‘jizaviy tuyaning oralarida yurishi qavmga yoqmadi, birinchidan, har kun ichish mumkin bo‘lgan
suvdan bir tuya uchun mahrum bo‘lish yoqmagan bo‘lsa, ikkinchidan, tuya sababli Solih (a.s.)ga imon
keltiruvchilar ko‘payib borardi. Shuning uchun Solihga imon keltirmagan kishilar tuyani o‘ldirishga qasd qildilar.
Ammo Solih (a.s.)ning «umumiy azob» to‘g‘risidagi so‘zlaridan qo‘rqib, jur’atlari yetmas edi. Nihoyat, jinoyat
uchun qiziqtirishga ayollar yordamga keldilar. Qabilada eng go‘zal va boy ayol bo‘lgan Ziy Saduq binti
Muhayyo o‘zini Misda’ ibn Maxrajga garovga qo‘yib, agar Solihning tuyasini so‘ysa, unga xotin bo‘lishga va’da
berdi. Unayza ismli kofira kampir bo‘lsa, Qudor ibn Solifni chaqirib, agar Solihning tuyasini so‘ysa, qizlaridan
birini Qudorga tekinga hadya qilishga va’da berdi. Chunki Solih (a.s.)ning tuyalaridan kampirning tuyalari doim
hurkar, shuning uchun u tuyadan qutulishni mo‘ljallagan edi.
Misda’ bilan Qudor yana yettita bebosh yigitlarni olib, Solih (a.s.)ning endigina suv ichib qaytib kelgan
tuyalarini avval kamon bilan urib, keyin qilich bilan chopib o‘ldirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: