ﻻَو ﻲِﻓﺎَﺨَﺗ ﻻَو ِّﻢَﻴْﻟا ﻲِﻓ ِﻪﻴِﻘْﻟَﺄَﻓ ِﻪْﻴَﻠَﻋ ِﺖْﻔِﺧ اَذِﺈَﻓ ِﻪﻴِﻌِﺿْرَأ ْنَأ ﻰَﺳﻮُﻣ ِّمُأ ﻰَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأَو َﻦﻴِﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا َﻦِﻣ ُﻩﻮُﻠِﻋﺎَﺟَو ِﻚْﻴَﻟِإ ُﻩوﱡداَر ﺎﱠﻧِإ ﻲِﻧَﺰْﺤَﺗ ) ٧ ( «Biz Musoning onasiga vahiy qildikki, uni emizaver. Bas, uni o‘ldirib ketishlaridan qo‘rqsang, uni daryoga tashlagin va qo‘rqmagin ham, qayg‘urmagin ham. Zero, Biz uni senga qaytaruvchidirmiz va uni payg‘ambarlardan qiluvchidirmiz».
(Qosos, 7.) Go‘dak solingan sandiq Fir’avnning saroyi oldidan oqib o‘tayotganda, uning xotini Osiyoning ko‘zi sandiqqa
tushdi. Sandiq suvdan olinib, unda chaqaloq borligi ma’lum bo‘lgandan keyin, Osiyoning mehri chaqalloqqa
tushdi va befarzandligi uchun uni o‘g‘il qilib olish maqsadida tarbiyalashni niyat qildi. Alloh taolo o‘zining bu
ne’matini shunday bayon etadi:
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)