4-BOB
4.1. MUSO VA HORUN (A.S.)
Alloh taolo Qur’oni karimda zikr etgan payg‘ambarlarning qissalari orasida Muso (a.s.) qissasi eng katta va
mufassal bayon etilgan qissadir. Qur’onning o‘ttiz to‘rt surasida bir yuz o‘ttiz olti marta Muso nomi tilga olingan.
Muso (a.s.)ning nasablari Hazrat Ya’qubning o‘g‘illaridan biri bo‘lgan Lovo ibn Ya’qubga boradi. Muhammad ibn
Ishoqning aytishicha, Lovo ibn Ya’qub va Nobita binti Moriydan Qohis ismli o‘g‘il tug‘ildi. Qohis ibn Lovo va Fohiy binti
Mussindan Yashar ismli o‘g‘il tug‘ildi. Yashar ibn Qohis va Shumays binti Batodiddan Imron ismli o‘g‘il tug‘ildi. Imron ibn
Yashar va Yuhib binti Shamvildan Muso va Horun ismli o‘g‘illar dunyoga keldilar.
(Tarixi Tabariy. 1-j. 270-bet.)
Boshqa olimlarning fikrlaricha, Ya’qub ibn Ishoq (a.s.) bir yuz qirq yetti yil umr ko‘rganlar. Yoshlari sakson to‘qqizga
yetganda, Lovo ismli o‘g‘illari tug‘ildi. Lovo qirq oltiga kirganda Qohis ismli o‘g‘il ko‘rdi. Qohis esa Yashar ismli o‘g‘il ko‘rdi.
Yashar oltmish yoshligida o‘g‘li Imron dunyoga keldi. Muso (a.s.) ana shu Imronning o‘g‘lidirlar. Muso (a.s.) onalarining
ismi Yukobid
(Ba’zi manbalarda Yuxobid yoki Anohid, As-Suhayliyning yozishicha, Ayorixo yoki Ayozaxtdir. Lekin nomi
kim deb aytilsa ham, juda baxtli ayol, ulug‘ payg‘ambarning onasi, Allohdan uning o‘ziga vahiy-ilhomiy xabar kelgan va
Allohning buyrug‘iga itoat qilgan tabarruk ayoldir.)
, xotinlari esa Safurodir.
(Tarixi Tabariy. 1-j. 271-bet.)
Ibn Kasir esa «Qisasul-Anbiyo» kitobida Muso (a.s.)ning shajaralarini «Muso ibn Imron ibn Qohis ibn Ozir ibn Lovo ibn
Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim (a.s.)» deb keltirgan.
(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 221-bet.)
Isroil o‘g‘illari Yusuf (a.s.)ning davrlarida Misrning unumdor chorva yerlariga kelib o‘rnashgan, Misrliklar
oldida ularning mavqe’lari baland, hayotlari farovon o‘tdi. Bu vaqtda Misr fir’avni Ar-Rayyon ibn Al-Valid bo‘lib,
u Yusufning hurmatlaridan Bani Isroilga juda katta saxovat va samohat ko‘rsatdi.
Ibn Ishoqning rivoyat qilishicha, Misr mulkida bir necha amoliqa fir’avnlar hukmronlik qilishdi va ular ham Yusuf,
Ya’qub, Ishoq va Ibrohim dinlaridan yuz o‘girishmadi. Qachonki Muso (a.s.)ning fir’avni bo‘lgan Voliy al-Valid ibn Mus’ab
(Uning tarixiy nomi Munfitoh Ramzes II dir)
Misr taxtiga o‘tirgandan keyin Bani Isroil qavmi boshiga balo yog‘ildi. Buning
ikkita sababi bor edi. Birinchidan, boshqa fir’avnlarga qaraganda al-Validning qalbi qora, niyati buzuq, Bani Isroil qavmiga
nisbatan adovati kuchli, o‘ta millatchi edi.
(Tarixi Tabariy. 1-j. 272-bet.)
Ikkinchidan, kohinlarning unga bergan bashoratla rida, uning podshohligini bani Isroil qavmida tug‘ilajak
o‘g‘il bola barbod etishining xabari bor edi.
Shuning uchun Misrning bu johil fir’avni baniy Isroil qavmiga juda chuqur adovat saqladi va kuchining
boricha ularga yomonlik, xunrezlik illatlarini namoyon qildi. Baniy Isrilning erki va farovon, osoyishta hayoti
buzuldi. Ular endi Misr fuqarosi emas, balki misrliklarning qul va cho‘rilariga aylantirildi.
Shunday qilib Muso (a.s.)ning zamonlarida bani Isroil qavmini misrliklar quldek ishlatishardi. Misr qavmini
qibtiy deb atalardi. Ular o‘z podshohlari boshchiligida ulug‘ payg‘ambarlar keltirgan Allohning haq dinidan yuz
o‘girishib, yulduzlarga va butlarga sig‘inishar, Isroil qavmini haqorat etib, kamsitishar edi. Bu ham
yetmagandek Fir’avn (Ramzes II) xudolik da’vosini qila boshladi.
Bani Isroil qavmi Misrda o‘n ikki qabila bo‘lib yashagan. Fir’avnning zulmidan juda azob chekishar, ota-
bobolarining yerlari bo‘lgan Kan’onga ketishni juda-juda istashar, biroq buning ilojini qilisha olmas edilar.
Fir’avn ularni turli guruhlarga: binokorlarga, dehqonlarga va cho‘ponlarga bo‘lib tashladi. Hamma ish bilan
qattiq band edi. Qo‘lidan ish kelmaydiganlar esa alohida guruh qilinib, ulardan beish yurganlari uchun Fir’avn
xazinasiga jarima soliq olinardi.
Ular orasida o‘zlarining haqiqiy e’tiqodlaridan voz kechmagan, dinlarini yashirganlar ham mavjud edi. Hatto ulardan biri
bo‘lgan Osiya binti Mazohim ayollarning eng go‘zali, eng pokizasi va eng yaxshisi bo‘lib, Fir’avnning ishonch va
muhabbatini qozongan, Fir’avnning jufti, umr yo‘ldoshi, Misr malikasi darajasiga erishgan edi.
(Tarixi Tabariy. 1-j. 272-
bet.)
Fir’avnning xotini bo‘lgan Osiya binti Mazohim haqida yana turli fikrlar mavjud.
As-Suhayliyning fikricha, Osiya Musoning ammasi edi. Ba’zi olimlarning fikricha, Osiya Muso (a.s.)ning sibti
(qabilasi)dan bo‘lgan.
Ibn Jarir At-Tabariyning aytishicha, Osiyaning to‘liq nomi Binti Mazohim ibn Ubayd ibn ar-Rayyon ibn al-
Valid bo‘lib, Yusuf (a.s.)ning zamonlaridagi musulmon fir’avnning chevarasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |