Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/274
Sana15.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#366516
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   274
Bog'liq
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
َﻦِﻣ
 
ﱞﻞُآَو
 
ِﻞْﻔِﻜْﻟا
 
اَذَو
 
َﻊَﺴَﻴْﻟاَو
 
َﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإ
 
ْﺮُآْذاَو
)
٤٨
(
 
«Yana Ismoil, al-Yasa’ va Zul-Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir».
 
(Sod, 48.)
 
 
Ibn Jarir va Abu Najiyh Mujohid (r.a.)dan rivoyat qilishlaricha, Mujohid dedilar: «Al-Yasa’ payg‘ambar 
keksayib qolganlaridan keyin o‘z o‘rinlariga ishonchli vakil tayinlamoqchi bo‘ldilar va qavmni yig‘dilar-da, ularga 
dedilar: «Kim mendan uch omonatni: kunduzlari ro‘zador, kechalari namozxon va g‘azabini ichiga yutuvchi 
bo‘lishni qabul qilib olsa, uni o‘zimga xalifa qilaman». 
Bir kishi ko‘zlaridan yosh quyilgan holda o‘rnidan turib: «Men!» - dedi. Al-Yasa’ unga: «Sen kunduzlari 
ro‘zador, kechalari namozxon bo‘lib, g‘azabingni ichingga yutasanmi?» - dedilar. O’rnidan turgan odamdan 
«Ha!» - degan javobni olib, uni qaytardilar. 
Ikkinchi kuni ham jamoat orasida shu savol takrorlanganda, boshqalar jim turishdi, ammo kechagi odam yana o‘rnidan 
turib, o‘zini ro‘baro‘ qildi. Al-Yasa’(a.s.) o‘z o‘rinlariga shu odamni xalifa qildilar».
(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 208-
209-bet.)
  
Mazkur rivoyatning davomida Iblis bir necha bor al-Yasa’ning o‘rniga xalifa bo‘lgan odamning huzuriga 
kelib, uning g‘azabini keltirishga urinadi, lekin eplay olmaydi. Iblisga aldanmagan zotning nomini Alloh taolo 
Zul-Kifl deb ataydi. 
Kinona ibn al-Axnas aytadi: «Men Abu Muso al-Ash’ariyning baland minbardan turib shunday deganini 
eshitdim: «Zul-Kifl payg‘ambar emas, bir solih odamdir. Uning davrida boshqa bir solih odam har kuni yuz bor 
namoz o‘qir edi. Solih odam vafot etgandan keyin, uning yuz vaqt namozini qoldirmay o‘qib yurishni o‘z 
bo‘yniga olgani uchun, Zul-Kifl deb nomlandi. 
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyatlarida, Abu Umar aytadilar: «Men Rasululloh (s.a.v)dan bir hadis eshitdim, 
uni bir yoki ikki marta eshitgan bo‘lsaydim, sizlarga rivoyat qilmas edim, balki men bu hadisni yetti marta 
eshitganman. Al-Kifl Baniy Isroil qavmidan bo‘lib, taqvosiz, gunohdan qaytmagan odam edi. Uning oldiga bir 
ayol keldi. Al-Kifl ayolga oltmish dinor berib, uni zinoga ko‘ndirdi. Ikkovi yechinib, zinoni boshlash oldida, ayolni 
qattiq qaltiroq tutdi va yig‘lab yubordi. Al-Kifl sababini so‘raganda, ayol: «Men bunday ishni hech qilmagan 
edim. Muhtojlik meni shunga majbur etdi» - dedi va yana qattiqroq yig‘ladi.
 
Al-Kifl: «Sen ilgari bunday ishni qilmaganmi ding? Muhtojlik seni shunga boshladimi? Tur o‘rningdan! Dinorlar ham 
o‘zingga!» - dedi va o‘rnidan turib ketdi. Shu kundan boshlab al-Kifl ham hech qachon Allohga osiy bo‘lmaslikka ahd qildi 
va o‘sha kecha vafot etdi. Ertalab janozaga kelganlar uning uyi eshigida: «Alloh taolo al-Kiflni mag‘firat etdi!» - degan 
yozuvni ko‘rdilar». 
(O’sha manba. 209-bet.)
 
  
Bu hadisning sahihligida muhaddislarning ixtilofi mavjud. Agar hadis sahih bo‘lganda ham, unda aytilgan 
odamning nomi «al-Kifl» bo‘lib, baniy Isroil qavmidan bo‘lgan biror odam bo‘lishi mumkin. Qur’onda nomlari 
payg‘ambarlar qatorida zikr etilgan kishi esa, Zul-Kifldirlar. 
Ibn Kasirning aytishicha, mazkur oyati karimalarning zohiriy ma’nosi, Zul-Kifl ulug‘ payg‘ambarlar qatorida 
zikr etilgan, o‘zlari ham payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladi. 
Ammo Zul-Kifl qaysi qavmga yuborilgan, uning da’vati nimadan iborat bo‘lgan, bu haqda Qur’oni karim oyatlarida ochiq 
ham, ijmoliy ham xabar berilmagan. 
(Afif Abdulfattoh. Tabora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 214-bet.)
 
 
«Tarixi Tabariy»da yozilishicha, Alloh taolo Ayyub (a.s.)ning vafotlaridan keyin vasiylik Havmal ibn Ayyub 
(a.s.)ga qoldi va qavmni u boshqarib turdi. Uning vafotidan keyin qavmga Alloh taolo Bishr ibn Ayyub (a.s.)ni 
payg‘ambar qilib yubordi, uni Zul-Kifl deb nomladi va qavmini tavhidga chaqirishni buyurdi.  
Zul-Kifl (a.s.) umrlarining oxirigacha Shomda turdilar va o‘g‘illari Abdonga vasiyat qilib, yetmish besh yoshda olamdan 
o‘tdilar. 
(Tarixi Tabariy. 1-j. 228-bet.)
 
 
Damashqning shimol tarafida «Qosiyun al-Matol» nomli tog‘ bo‘lib, undagi joylardan biri «Zul-Kifl» deb nomlanadi. 
(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Damashq. 2001. 100-bet.)
 
  

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish