«Yana biz Ayyubga aytdik: «Qo‘lingga bir bog‘
(novda)
ni olib, u bilan xotiningni urgin – qasamingni
buzmagin».
Yoshlik, sog‘lik, mansabdorlik va omadli paytlarida erlari bilan o‘ynab kulgan ko‘pgina ayollar bu qissadan
o‘zlariga xulosa chiqarib olishlari lozim. Erining ishi orqaga ketganda, qariganda va kasal bo‘lganda uni
mensimasdan xorlaydigan, o‘z holiga tashlab qo‘yadigan, xiyonat ko‘chasiga kirib ketadigan va unga tanbeh
bergan eriga: «Men sendan nima ko‘rdim, endi o‘z bilganimni qilaman, bilganimcha yuraman!» - deydigan
ayollar Ayyub (a.s.)ning xotinlari Rahimadan vafodorlikning va sabrning mukofoti nima bo‘lishini o‘rganib
olsalar yomon bo‘lmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |