www.ziyouz.com kutubxonasi
64
Yusuf (a.s.) qissasidan dars va ibratlar
Alloh subhonahu va taolo Qur’oni karimda bir necha payg‘ambarning qissasini keltirgan bo‘lsada, Yusuf
(a.s.)ning qissalarini «qissalarning go‘zali» deb atagan:
َنﺁْﺮُﻘْﻟا
اَﺬَه
َﻚْﻴَﻟِإ
ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأ
ﺎَﻤِﺑ
ِﺺَﺼَﻘْﻟا
َﻦَﺴْﺣَأ
َﻚْﻴَﻠَﻋ
ﱡﺺُﻘَﻧ
ُﻦْﺤَﻧ
«Biz Sizga ushbu Qur’on
(surasi)
ni vahiy qilishimiz bilan birga qissalarning go‘zalini aytib berurmiz»
.
( Yusuf,
3.)
Qissaning o‘zi go‘zal bo‘lishi bilan birga, undagi voqe’alarning jarayoni go‘zal. Unda ota mehri
tengsizligining achchiq alami, manmanlikning oqibati, hasad olovining dillarda aks etuvchi adovati, ayollarning
makri, taqdirning haqligi, poklikning sharafi va sabrning natijasi ochiq-oydin bayon etilgan. Qissaning yakuni
esa hammasidan go‘zal, ya’ni umumiy yaxshilik va umumiy xursandchilik bilan nihoyasiga yetgan. Kitobxon
qissani o‘qir ekan, undan ma’naviy zavq olish bilan birga o‘zining hayoti uchun zarur bo‘lgan quyidagi dars va
ibratlarga ega bo‘ladi:
1. Ya’qub (a.s.)ning Allohga imonlari, uning sinoviga bo‘lgan bardoshlari barchaga ibratdir. Ya’qub (a.s.)
ulug‘ payg‘ambarning o‘g‘illari, o‘zlari ham ulug‘ payg‘ambar bo‘lib, boshqa payg‘ambarlardek qavmlarining
tazyiqiga uchramagan bo‘lsalar ham, ammo shaxsiy hayotlari nihoyatda dardli, alamli sinovlarga to‘la bo‘ldi.
Yoshlik paytlaridayoq otalari Ishoq (a.s.)ning Ya’qubga bo‘lgan alohida e’tibor va muhabbatlarini ko‘rib,
tug‘ishgan egiz akalari Iysuning qalbida Ya’qubga nisbatan adovat paydo bo‘ldi va bu adovat kattalashib,
yuzaga chiqib, Iysu Ya’qubga: «Men seni o‘ldiraman», - deydigan darajada zohir bo‘ldi. Ota-onalarining
tavsiyasi bilan Ya’qub (a.s.) Iroqning Horon shahrida istiqomat qiluvchi Lobon ismli tog‘alari yoniga qochib
borib jon saqlashga majbur bo‘ldilar. Horonda uylanib, katta oila va bir necha farzandlarga ega bo‘lgan
bo‘lsalarda, ota-onalaridan yigirma yil hijronda, musofirlikda, g‘ariblikda yashashga majbur bo‘ldilar.
Ota-ona hijronidan endi qutulib, xotirjam bo‘lganlarida, Alloh taolo sevimli farzandlarining hijroniga duchor
etdi. Yusuf akalari qalbida paydo bo‘lgan hasad va adovat qurboni bo‘ldilar. Otalari bag‘ridan yulib olinib,
noma’lum muddatga badarg‘a qilindilar. Endi Ya’qub (a.s.) sevimli farzandlaridan ayriliq-hijron balosiga giriftor
etildilar. Ammo Ya’qub (a.s.)ning ibrat bo‘ladigan mustahkam imonlari va dars bo‘ladigan sabr-toqatlari bu
musibatga ham bardosh berishlarida namoyon bo‘ldi. U zotning bardoshlari nochorlikdan o‘zini sabr qilgan
ko‘rsatib, uchraganga shikoyat qiladigan yoki Allohning taqdiriga qarshi urush ochib, jaza’ qiladigan
odamlarning bardoshi emas, balki har qanday musibatni Allohning sinovi deb biladigan va o‘zigagina takya
qilib (suyanib), o‘zidangina yordam so‘raydigan hanif va muxlis kishining bardoshi edi. Shuning uchun
Yusufning akalari, uni bo‘ri yeb ketganligini aytib, qonga bulangan kiyimni oldilariga tashlaganda, Ya’qub (a.s.)
shunday javob qildilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |