Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/123
Sana07.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#327379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123
Bog'liq
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 

 

G’ULOM ZAFARIY (1889-1938)

 

 



G’ulom Zafariy ko’p qirrali ijod sohibi bo’lib, u o’zbek milliy teatri, teatr tanqidchiligi, musiqa tarixi 

va  nazariyasi,  qolaversa,  milliy  adabiyotimiz  taraqqiyotida  munosib  o’rin  egallaydi.  U  1889  yili 

Toshkentning  Beshyog’och  dahasiga  qarashli  Kattabog’  mahallasida  tavallud  topdi. Avval eski 

maktabda,  xususiy  rus  maktabida,  Ko’kaldosh  madrasasida  ta’lim  oldi.  U  1912-1914  yillarda 

O’sh shahrida o’qituvchilik qildi. 1914 yildan boshlab Toshkentdagi «Turon» truppasida aktyorlik 



qildi,  o’qituvchi  bo’lib  ishladi. 1917 yildan  «Ishchilar  dunyosi»  oynomasida  bo’lim  boshlig’i, oliy 

bilimgoh va oliygohlarda faoliyat ko’rsatdi. 

G’ulom  Zafariy  ijodi  1914  yillardan  boshlangan  bo’lib,  u  dastlab  o’z  she’rlari  bilan  taniladi. 

So’ngra  esa  «Baxtsiz  shogird»  (1914)  nomli  bir  pardali  p’esa  yozadi,  keyin  «Bahor», 

«Gunafsha»,  «To’sqinchilik»,  «Yorqinoy»,  «Rahimli  o’qituvchi»,  «Mozorlikda»,  «Maqtangan 

kishi»,  «Tatimboy  ota»  hamda  «Cho’pon  Temir»  (1924),  «Yoshlar  endi  berilmas»  (1926)  kabi 

p’esa va dostonlar yaratdi. Biroq Zafariy yozuvchi, dramaturg sifatida o’zining «Halima» p’esasi 

bilan  mashhur  bo’lgan.  «Halima»  1920  yilda  yozilgan  bo’lib,  o’sha  yili  14  sentyabrda  «Turon» 

truppasida  Mannon  Uyg’ur  tomonidan  sahnalashtiriladi.  Mazkur  asar  to’ng’ich  milliy  muzikali 

drama  bo’lib,  uning  musiqiy  bezagini  ham  muallifning  o’zi  mashhur  sozanda  Shorahim 

Shoumarov  hamda  mulla  To’ychi  Hofiz  yordamida  bajardi. Ayni  chog’da  «Halima» o’z  davrida 

milliy opera sifatida baholangan. Professor Fitrat ham ushbu asarni opera deb ataydi. 

G’ulom  Zafariy  o’zbek  milliy  kuylari,  maqom  va  maqom  sho’balarini  juda  yaxshi  bilgan 

amaliyotchi  va  nazariyotchi  ham  edi  desa  xato  bo’lmas.  Uning  «Sharq  kuylari  va  cholg’ulari», 

«Muzika muammosi», «O’zbek musiqasi to’g’risida» kabi maqolalari shular jumlasidandir. 

G’ulom Zafariy 1937 yilda qatag’onlikka uchrab, 1938 yilda qatl etilgan. 




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish