Tojik sho’ro adabiyotining asoschisi, sho’ro davri o’zbek milliy adabiyotining shakllapishiga ulkan
Ayniy Buxoro amirligiga qarashli G’ijduvon tumanining Soktare qishlog’ida 1878 yilning 15
aprelida dunyoga keldi. Olti yoshidan maktabga qatnay boshlagan Sadriddin 1890 yilda
Buxoroga kelib Mir Arab, Badalbek, Olimxon madrasalarida ta’lim oldi, madrasani tugatgach,
Sadriddin Ayniyning adabiy faoliyati o’tgan asrning 90-yillarida she’rlar yozish bilan boshlangan
bo’lib, uning birinchi asari «Guli surx» («Qizil gul») 1897 yilda yaratilgan edi. Shundan so’ng
maktablar uchun «Tahsib us-sibiyon» («Bolalar tarbiyasi») nomli o’qish kitobini (1909) tuzib
1917 yil fevral inqilobi ta’siri natijasida O’rta Osiyoning turli shaharlarida istiqlolchilik harakatlari
boshlanib ketdi. S. Ayniy amirlikka qarshi kurashgani uchun uni zindonga tashlaydilar. U
Oktyabr to’ntarishi yillarida o’zbek va tojik tillarida inqilobiy she’rlar, marshlar yaratadi. Shoir
«Inqilob uchqunlari» (1923) to’plamidagi «Ozodlik qo’shig’i», «Oktyabr inqilobi», «Baynalmilal
marshi», «Birinchi may» kabi jangovar marshlarida mehnatkash xalqni kurash va mehnatga,
do’stlik va birodarlikka chaqirdi.
Yozuvchi hajviy usulda yozgan «Buxoro jallodlari» (1922) qissasida amir-amaldorlarning
dahshatli jabr-zulmi, gunohsiz kishilarni o’rta asr qiynoqlari bilan qatl etishlarini fosh etgan
bo’lsa, «Odina» (1927) qissasida mehnatkash xalqning og’ir qismati va mash’um hayotini jonli
tasvirlab berdi.
Ayniyning o’zbek tilida yozgan «Qullar» romani 1934 yilda Toshkentda o’zbek tilida, 1935 yilda
Dushanbeda tojik tilida nashr qilindi. «Qullar» romani xalqchil asar bo’lib, uning bosh qahramoni
tarixni harakatga keltiruvchi kuch — xalq va uning sodiq farzandlaridir. Tarixning ma’lum bir
bosqichini qamrab oluvchi bu roman xalq tarixini, uning hayotini va kurashini realistik aks
ettirgan. Biroq «Qullar» romaniiing so’iggi beshinchi qismidagi jamoa xo’jaligi qurilishi yillari
tasvirida andak tarixdan chetga chekinish ham yo’q emas. Chunki romanda faqat bu davrning
ijobiy tomonlarigina bo’rttirib ko’rsatilgani holda kollektivlashtirish siyosati tufayli necha o’n
minglab begunoh kishilarning qatag’onlikka uchraganligi haqida lom-mim deyilmaydi. Shu
jihatdan S. Ayniy ma’lum ma’noda tarixiylikdan chekinganligi seziladi.
Ayniyning «Sudxo’rning o’limi» (1937) qissasidagi asosiy qahramon Qori Ishkamba jahon
adabiyotidagi Plyushkin yoki Gobsek kabi klassik obrazlar bilan bir qatorda turuvchi yangi
obrazdir.
Ulug’ Vatan urushi yillarida Ayniy «Marshi intiqom», «Muqanna qo’zg’oloni», «Temur Malik»
kabi vatanparvarlik ruhidagi ilmiy-badiiy asarlarini ijod qildi. U xalq ijodi romantikasi va
fantaziyasidan, folklor obrazlaridan keng foydalangan holda «Yetti boshli dev» asarini yaratdi.
Urushdan keyingi tinch qurilish yillarida yaratgan asarlari orasida to’rt tomlik «Esdaliklar» (1949-
1954) ajralib turadi. Asarning 1951 yilda chon etilgan «Buxoro» kitobi Ittifoq Davlat mukofotiga
sazovor bo’ldi. S. Ainiyning «Buxoro», «Sudxo’rning o’limi» hamda «Doxunda», «Qullar» romani
bolgar, nemis, polyak, venger, xitoy, fransuz, rumin, hind, chex va boshqa tillarga tarjima
qilingan.
S. Ayniy o’zbek va tojik adabiyoti tarixi yuzasidan katta ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Uning
o’rta Osiyolik buyuk shoir va olimlar — Rudakiy, Sa’diy, Ibn Sino, Vosifiy, Bedil, Alisher Navoiy,
Ahmad Donish kabi siymolar haqida yozgan ilmiy asarlari nihoyatda qimmatli. U filologiya fanlari
doktori darajasini olishga muyassar bo’ldi. Adib O’zbekiston Fanlar akademmyasining faxriy
a’zosi hamda Tojikiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi qilib saylandi, bir necha yillar
davomida Alisher Navoiy nomidagi Samarq;and Davlat dorilfununining professori va Tojikiston
Fanlar akademiyasining tashkil topgan kunidan boshlaboq uning prezidenti sifatida xizmat qildi.
U 1954 yilning 15 iyulida Dushanbe shahrida vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: