Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/123
Sana07.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#327379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 

 

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY (1889-1929)

 

 



Yangi  davr  o’zbek  adabiyoti  yalovbardorlaridan  biri,  yetuk  shoir  va  bastakor,  dramaturg  va 

rejissor, ma’rifatchi va matbaachi, publitsist va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 

yil 7 martida Qo’qon shahrida tabib oilasida tug’ildi. Otasi Ibn Yamin Xolboy o’g’li (1840—1922) 

Muqimiy,  Furqat  kabi allomalar  bilan  maslakdosh  bo’lgan  zamonasining  ilg’or  ziyolilaridan  edi. 

Onasi Jahonbibi Rabiboy qizi (1858—1903) ham tabobatdan xabardor savodli ayol bo’lgan. 

Hamza avval eski maktab va madrasalarda o’qib arab, fors, turk tillarini mukammal bilgan. Rus-

tuzem maktablarida esa rus tilini o’rganishga muvaffaq bo’lgan. Mana shu ijodiy muhit uni erta 

ijodga yetaklagan. U 1902 yildagi Andijon zilzilasi haqida: 

 

Yomonlar pul tufayli e’tibor oldi diyor ichra,  

Faqir bechoralar qoldi fig’onu ohu-zor ichra,— 



 

deya  davr  zulmi,  fojeasidan  zorlangan  edi,  Hamza  1903—1904  yillar  orasida  197  ta  she’r 

yaratib,  uni  «Devoni  Nihoniy»  nomi  bilan  chop  ettiradi.  Undagi  she’rlarda  ham  o’z  xalqining 

himoyachisi,  zulmga  qarshi  isyon  ko’targan  yosh  adib  sifatida  namoyon  bo’ladi.  U:  -  Boshida 

posboni  yo’q  deb,  yetim  ahlini  qaqshatma,  —  deya  xitob  qiladi.  Shunday  qilib,  u  demokratik 

adabiyotning yosh bir vakili sifatida ko’zga tashlanadi. 

1910-1916 yillarda u Behbudiy, A. Avloniy, A. Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat va Mirmuhsin Fikriy kabi 

ma’rifatparvar  adib  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Bu  uch  yo’l  bilan  amalga  oshiriladi.  Avvalo, 

yetimlar  maktabini  ochib,  muallimlik  qiladi.  Qolaversa,  mazkur  maktablar  uchun  «Yengil 

adabiyot»,  «O’qish  kitobi»,  «Qiroat  kitobi»  kabi  darsliklar  ham  yaratadi.  Va,  nihoyat,  o’zining 

she’r  va  dramalarida,  publitsistik  maqolalarida  o’z  xalqini  ma’rifatga  chorlaydi.  Shu  maqsadda 

uning  1914  yilda  «Sadoi  Turkiston»,  «Sadoi  Farg’ona»  kabi  ro’znomalarda,  «Oina»  jaridasida 

ma’rifatga chorlovchi ocherk va publitsistik maqolalari chiqadi. Uning «Bid’atmi, ma’jusiyatmi?» 

(1914)  ocherki  shular  jumlasidan  edi.  1915—1916  yillarda  nashr  etilgan  «Milliy  ashulalar», 

«Oqgul»,  «Qizil  gul»,  «Pushti  gul»,  «Sariq  gul»  kabi  she’riy  to’plamlarida  va  «Yangi  saodat», 

«Uchrashuv» kabi romanlarida ana shu ma’rifatga chorlov asos bo’lgan. Shuningdek, uning «Ilm 

hidoyati»,  «Normuhammad  domlaning  kufr  xatosi»,  «O’ch»  va  «Zaharli  hayot»  (1916)  kabi  ilk 

dramalarida  ham  zulm  va  xurofot  avj  olgan  davrda  o’z  xalqining  ilmga-ma’rifatga  intilishini 

ulug’laydi. Ayni chog’da xotin-qizlar ozodligini kuylaydi. 

Hamza  ijodida  1916  yilgi  mardikorlikka  olish  tarixi  ham  o’z  izini  qoldirdi.  Uning  «Safsar  gul» 

(1917) she’riy to’plami va «Loshman fojeasi» (1916-1918) trilogiyasi shu jihatdan muhimdir. Shu 

tufayli ta’qibga uchrab, adib 1917 yillar boshidan oxirigacha Turkiston va Toshkentda yashaydi. 

Bu davrda uning «Toshkentga sayohat» (1917) komediyasi yuzaga keladi. Nihoyat uning «Boy 

ila  xizmatchi»  dramasi  (1917)  yaratilib,  unda  inqilobiy  g’oyalar  ilgari  suriladi.  1917  yilda  chiqa 

boshlagan  «Kengash»  oynomasida  ham  faollik  ko’rsatadi.  U  ta’qidlangach,  «Hurriyat» 

oynomasini chiqara boshladi. 

Ma’lumki,  1917  yil  25  aprelda  «Ulug’  Turkiston»  ro’znomasida  Hamzaning  «Turkiston 

muxtoriyatina»  nomli  she’ri  bosiladi.  Unda  «To’rt  yuz  yillik  Romanovlar»  sulolasining  taxtdan 

ag’darilishi  va  rus-burjua  demokratik  inqilobining  g’alabasidan  mamnunlik  seziladi.  «...1917 

yilning  28  mayida  Qalandarxonada  to’rt  yuzga  yaqin  rabochiylarni  to’plab,  zo’r  namoyish»ga 

boshchilik qiladi. O’sha yiliing oktyabr oylarida esa butkul inqilobiy kurashga o’tadi. Shu davrda 

uning  «Shundoq  qolurmu,  qolurmu?»,  «Muxtoriyat  va  avtonomiya»  kabi  asarlarida  shu  hol 

ko’zga tashlanar edi. 

Hamza  Hakimzoda  1918-1923  yillar  mobaynida  jumhuriyatning  deyarli  barcha  viloyatlarida 

maktab-maorif va madaniy qurilish ishlari bilan band bo’ldi. Qizil Armiya frontida (1920) targ’ibot-

tashviqot ishlarini olib bordi. Xuddi shu davrda u inqilobiy shoir, dramaturg sifatida keng tanildi. 

«Yasha,  Sho’ro!»,  «Hoy,  ishchilar!»  kabi  she’rlari,  «Kim  to’g’ri»  (1918),  «Tuhmatchilar  jazosi» 

(1918),  «G’olibiyat»  (1923-1924),  «Saylov  oldida»,  «Burungi  saylovlar»  (1926),  «Maysaraning 

ishi»  (1926),  «Paranji  sirlari»  (1922),  «Jahon  sarmoyasining  oxirgi  kunlari»  (1927)  kabi  qator 

dramatik asarlar yaratdi. 

Hamza 1928 yil avgust oyida Shohimardonga yuboriladi. U yerda maktab, maorif ishlari, xotin-

qizlar ozodligi masalalari bilan shug’ullandi. 1929 yil 18 martda reaksion to’da shoirni toshbo’ron 

qnlib o’ldiradi. 1926 yil 27 fevralida unga «O’zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan. Xamza 

asarlari  jahon  xalqlari  tillariga  tarjima  bo’lgan  va  nashr  etilgan.  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy 

nomida shahar, tuman, maktab, ko’cha, teatr, jamoa va kutubxonalar, metro bekati bor. 

Hamza  hayoti  va  ijodi  haqida  hozirgi  adabiyotshunoslikda  turlicha  qarashlar  mavjud.  Keyingi 

yillar  hamzashunosligida  Hamza  tarjimai  holining  ilgarigi  an’anaviy  tadqiqiga  qarama-qarshi 

fikrlar ilgari surilmoqda. Vaqt eng yaxshi sinov. Hamza sinovdan o’ta oladi. 




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish