Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/123
Sana07.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#327379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123
Bog'liq
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 

 

CHO’LPON (ABDULHAMID SULAYMON O’G’LI)

 

(1897-1938)

 

 

O’zbek  adabiyotining  atoqli  namoyandalaridan  biri  Abdulhamid  Sulaymon  o’g’li  Yunusov  — 



Cho’lpon  1897  yilda  Andijonning  «Qatorterak»  mahallasida  ziyoli  oilasida  dunyoga  kelgan. 

Onasi  uy  bekasi  bo’lgan.  Otasi  Sulaymonqul  mulla  Muhammad  Yunus  o’g’li  (1874-1929) 

dehqonchilik, hunarmandchilik, bazzozlik bilan shug’ullangan. 

Taniqli  jurnalist,  yozuvchi  va  o’qituvchi  Mo’minjon  Muhammadjonovning  (Mo’min  kofir) 

«Turmush  urinishlari»  kitobida  qayd  etishicha,  Cho’lponning  otasi  Sulaymonqul  o’z  davrining 

yetuk  ziyolisi,  ma’rifatparvar  kishisi  bo’lgan.  U  «Rasvo»  taxallusi  bilan  she’rlar  yozgan.  Mistik 

g’azallar qatori hayotbaxsh misralar yaratib, «Devon» ham tuzgan. 

Cho’lpon avval eski maktabda, so’ngra esa Avdijon va Toshkentdagi obro’li madrasalarda tahsil 

olib,  turk,  arab,  fors  tillarini  mukammal  o’zlashtiradi.  Sharq  ijtimoiy-siyosiy  qarashlaridan 

oziqlanadi. Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz, Dehlaviy, Nizomiy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy, Abdulla 

To’qay  kabi  buyuk  so’z  san’atkorlari  ijodini  mehr  bilan  o’rganadi.  Shu  bilan  birga,  Andijondagi 

rus-tuzem  maktabida  rus  tilini  chuqur  o’zlashtirishi  natijasida  jahon  adabiyoti  durdonalari  bilan 

yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ayni chog’da Turkistonda 1905 yillarda kamol topa 

boshlagan ma’rifatparvarlik yo’nalishi ta’sirida shakllana bordi. Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla 

Avloniy  kabi  atoqli  ma’rifat  targ’ibotchilari  va  tashkilotchilariga  ergashdi,  ma’rifatchi  adib  bo’lib 

shakllandi. 

Cho’lponning ijodi 1913-1914 yillardan boshlanga bo’lib, u avval «Qalandar», «Mirzaqalandar», 

«Andijonlik»  va  nihoyat  Cho’lpon  (Tong  yulduzi)  taxallus bilan  ijod qila boshladi.  U  ham  shoir, 

ham nosir, ham  dramaturg  sifatida o’z  xalqi  adabiyoti  ravnaqiga  salmoqli hissa qo’shdi.  Uning 

dastlabki  asarlari  «Sadoi  Turkiston»,  «Sadoi  Farg’ona»  kabi  mahalliy  ro’znomalarda, 

shuningdek,  Orenburgda  chiqadigan  «Sho’ro»  nomli  oynomada  ham  nashr  etiladi.  Xususan, 

Cho’lponning  «Ishtirokiyun»,  «Qizil  bayroq»,  «Turkiston»  hamda  «Buxoro  axbori»  kabi 

ro’znomalardagi faoliyati ham uning ijodiy shakllanishida mahorat maktabl bo’lib xizmat etdi. 

Cho’lpon ocherknavis va publitsist sifatida ham barakali ijod dildi. 1914-1917 boshlarda «Bahor 

ovullari»,  «O’sh»,  «Vatanimiz  Turkistonda  temir  yo’llar»  hamda  «Do’xtir  Muhammadiyor» 

asarlarnda madaniyat va ma’rifat targ’ibotchisi sifatida maydonga chiqdi. Oktyabr to’ntarishidan 

keyingi  1920-1924  yillarda  hayotda  sodir  bo’layotgan  xush  va  noxush  o’zgarishlarni  qalamga 

oldi. Uniig «Yo’lda bir kunduz», «Yo’lda bir kecha», «Sharq poyezdi keldi», «Sharq uyg’ongan», 

«Chimkent», «Quturgan mustamlakachilar», «Yo’l esdaligi» singari o’nlab sayohat ocherklari va 

publitsistik maqolalari yaratildi. Mazkur asarlarda chorizm mustamlakachilari va mahalliy hokim 

sinf  yetkazgan  jabru  jafo  yetmagandek,  fuqarolar  urushi  davri  ofatlari,  fojealari,  mehnatkash 

xalqni yana bir bor jabrlaganligini qoraladi. 

Cho’lpon  1922-1926  yillarda  o’zining  «Tong  sirlari»,  «Uyg’onish»  va  «Buloqlar»  kabi  uchta 

she’riy  to’plamini  nashr  ettirdi.  30-yillarga  kelib  «Soz»  va  «Jo’r»  kabø  she’riy  to’plamlari 

tayyorlandi.  Ammo  «Soz»i  chop  etiladi-yu,  «Jo’r»  to’plami  katag’onlik  shamoli  tuzog’iga  ilinib, 

qolib  ketadi.  Shoir  to’plamlari  orasida  «Buloqlar»  (1922)  ajralib  turadi.  Unda  shoir  yaxlit  holda 

mazlum Sharq taqdiri fojeasi haqida o’z qarashlarini to’kib soladi. To’plam besh bo’limdan iborat 

bo’lib, «Sharq uchun», «Sezgilar», «Sevgi», «Qora yo’llar» va «Qor qo’ynida» deb nomlanadi. 

Shoirning o’zi qayd etishicha, mazkur she’riy guldasta «Jahon fotihlari changalida ezilib yotqon 

Sharq  o’lkalariga  bag’ishdanadir».  Jumladan,  «Amirning  o’limi»  she’rida  shunday  misralarni 

o’qiymiz: 

 

Ko’nglimda yig’lagan malaklar knmlar,  



Sharqning onalari, juvonlarimi?  

Qarshimda ingragan bu jonlar kimlar, 

 Qullar o’lkasining insonlarimi? 

 

Cho’lpon  1925  yillarga  kelib  «Muhit  kuchli  ekan,  egdim  bo’ynimni»  deya  ijod  sohasida 



qarashlarining  o’zgarganligini  e’tirof  etadi.  Uning  «Mening  tovushim»,  «Kuz»,  «Buzilgan 

o’lkaga», «Yupatmoq istagi» kabi dardchil she’rlari yoniga «Qizil bayroq», «Xalq», «Qo’zgolish», 

«Qor», «Bir tilla qo’ng’iz», «Yaproq uchun» kabi umidli, armonli va fayzli she’rlari qo’shildi. Shoir 



yaratgan  ikki  yuzdan  ortiq  she’riy  asarlar  o’z  xalqi,  yurti,  baxti,  kelajagi,  mustaqilligi,  ozodligi 

haqidagi kurashning adabiy solnomalaridandir. 

Cho’lpon  yetuk  lirik  shoirgina emas,  yirik  nosir  sifatida  o’nlab publitsistik  maqolalar,  ocherk  va 

hikoyalar,  «Qor  qo’ynida  lola»,  «Yov»  qissalari  va  «Kecha  va  kunduz»  (1938)  kabi  ajoyib 

romanining birinchi («Kecha») qismini nashr ettirgan iste’dodli adib hamdir. 

U  dramaturg  sifatida  ham  salmoqli  ijod  qilgan.  Uning  «Xalil  farang»,  «Cho’rining  isyoni»  kabi 

kichik  p’esalari,  «O’rtoq  Qarshiboyev»,  «Mushtumzo’r»  kabi  yetuk  dramalari  hamda  ko’p  vaqt 

sahnadan  tushmagan  «Yorqinoy»  p’esalari  mashhur  bo’lgan.  Shuningdek,  rus  yozuvchisi  V. 

Yan bilan hamkorlikda «Hujum» dramasini yaratgan. 

Cho’lpon  adabiy  tanqid  sohasida  «Sho’ro  hukumati  va  sadoi  nafisa»,  «Adabiyot  nedur?»  kabi 

mazmunli maqolalar ham yaratgan. Shuningdek, Cho’lpon mohir tarjimon sifatida M. Gorkiyning 

«Ona», A. S. Pushkinning «Dubrovskiy» qissasi va «Boris Godunov» kabi p’esalarini hamda V. 

Shekspnrnnng mashhur «Hamlet»ini o’zbekchaga o’girgan. 

Cho’lpon ham Fitrat va Abdulla Qodiriy kabi qatag’onlik siyosati qurboni bo’lgan. U 1937 yilning 

14 iyulida qamoqqa olinib, 1938 yilning 4 oktyabrida otib tashlangan. 1956 yilda oqlanib, 1991 

yildagina birinchi bor «Yana oldim sozimni» nomi bilan eng yaxshi she’riy asarlari to’plam holida 

nashr etildi. Keyingi bir jildlik kitobidan uning kengaytirilgan tarjimai holi, (prof. O. Sharafiddinov) 

«Kecha va kunduz» romani o’rin olgan. 

Hozirgi  kunda  Cho’lpon  nomida  nashriyot,  ko’cha,  mahalla,  kutubxona  va  maktablar  qo’yilgan. 

Uning Fozila (1906), Foiqa (1903) ismli qizlari va nabiralari Namanganda yashaydi. Unga 1991 

yil  25  sentyabrda  «Yana  oldim  sozimni»  kntobi  uchun  Alisher  Navoiy  nomidagi  O’zbekiston 

Respublikasi Davlat mukofoti berildi. 




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish