ELBEK (1898-1938)
Qatag’onlik davri o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Elbek — Mashriq
Yusupovdir. U 1898 yilda Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanining Xumson qishlog’da tavallud
topgan.
«Men — deydi shoir, o’z tarjimai holida, — 1905 yilda eski qishloq maktabiga kirib o’qidim. Bu
maktabda to’rt yil o’qib, o’quv yozuvni o’rgandim... 1910-1911 yillarda juda qiynaldik va shuning
natijasida boshqa aka-ukalarim kabi men ham uyni tashlashga majbur bo’ldim».
Nihoyat, o’sha 1911 yili u Toshkentga kelib bir boyga qarol bo’lib yollanadi. Ayni paytda
Toshkentning Eski shahar mavzeidagi Devonbegi mahallasidagi «Hokiy» maktabida o’qishni
davom ettiradi. 1914 yilga kelib, Shayxovandtohur mahallasidagi «Namuna» nomli maktabga
kiradi. Bir vaqtda bosmaxonalarda ishlaydi ro’znomalar sotish bilan kun ko’radi. Oktyabr
to’ntarishidan so’ng (1919) sakkiz oylik muallimlik kursini bitirib, o’qituvchilik qiladi, til-imlo
muammolari bilan shug’ullanadi. 1921 yildan boshlab Turkiston xalqi maorifi komissarligi
qoshidagi ilmiy muassasalarda faoliyat ko’rsatadi. O’sha davrda nashr etiladigan «Maorif va
o’qitguvchi», «Inqilob», «Bilim o’chog’i» kabi oynomalar bilan hamkorlik, tahrir xay’atida faoliyat
qiladi.
Uning ijodining boshlanishi Oktyabr to’ntarishi yillariga to’g’ri keladi. Shoirning dastlabki she’rlari
«El bayrog’i», «Turon», «Turk so’zi», «Ulug’ Turkiston!» kabi ro’znomalarda bosilib chiqadi.
1922 yilga kelib uning «Bir so’roq», «O’ksizning o’limi», «Qarg’a», «Bibixonim madrasasi»,
«Turkiston» kabi she’rlari «O’zbek yosh shoirlari» degan to’plamga kiritiladi. Shuni qayd etish
kerakki, hali bu she’rlarda shoir maqsadi mavhum edi.
Shoirning 1921 yilda chop etilgan «Armug’on» to’plamida esa asosan uning masallari o’rin
olgan edi. Undagi «Qaysi biri bo’ri» nomli masalida ham xuddi shunday mavhumlik mavjud
bo’lib, unda olg’ir odamning bo’ridan ham vahshiyligini ko’rsatadi. Ammo, adibning «Kuchsizlar
dunyosi» masali niyat, maqsad yorqin ko’zga tashlanishi bilan farqlanib turadi. Unda endi azob
chekkan yosh qonxo’rlardan o’ch olish uchun kurashga kirishadi. Shunday qilib, shoir
bosqichma-bosqich mahorat sari ko’tarila boradi. Ayniqsa, uning «Mening hikoyam» nomli
she’rida muallifning o’zi buni qayd etadi. «She’r yozish menga ermak ish emas» deb biladi.
«Men hali bitta ham she’r aytmadim, faqat she’r yo’lidan qaytmadim» degan xulosani beradi:
Shoirlikdan maqsad, so’z ko’chirishmas She’rda ham maqsad o’y o’chirishmas, Shoirlnk —
ma’noni tiza bilishdir, Mazmunni rassomdek chiza bilishdir.
Elbekning keyinchalik yaratgan «Mehnat kuylari», «G’unchalar», «Chirchiq bo’ylarida» (1935),
«Ashulalar to’plami», «Bolalar qo’shigi», «She’rlar to’plami» (1936) kabi kitoblaridagi she’rlarida
shoir dunyoqarashidagi, badiiy mahoratidagi takomil manaman deb turardi. Ayniqsa, shoirning
«Lena qurbonlari», «Ozodlik qurbonlariga», «Proletar marshi» hamda «Sezgilar» to’plamiga
kirgan bir qator she’rlar o’zining da’vatkorligi bilan Elbek bir qator she’riy to’plamlar yaratibgina
qolmay, o’nlab dostonlar ham ijod etgan. Uning «Go’zal qiz» (1927), «Bizniki» va «Paxta»
(1929), «O’tmishim» (1929), «Chirchiq» (1929), «Batrak kolxozi» (1930), «Tozagul» (1934),
«O’zbekiston» (1934), «Bog’bon» (1935), «Etik» (1935), «Mergan» (1935) asarlari shular
jumlasidandir.
Elbek — bolalar shoiri sifatida ham ancha barakali ijod qildi. Uning o’sha «Armug’on»
to’plamidagi bir qator she’rlari qatori «G’unchalar», «Chirchiq bo’ylarida» hamda «Kambag’al
yigit va pardasturxon», «Omonat», «Erksiz polchi», «Ona», «Bolalar qo’shigi» kabi bir qator
she’rlar, dostonlar, ballada va ertaklari fikrimizning dalili edi. Ayni chog’da adib «Yozuv yo’llari»,
«O’rnak», «Boshlang’ich maktab ona tili», «Go’zal yozgichlar» (1924) kabi bir qator darslik va
qo’llanmalar muallifi sifatida ham ma’lumdir.
Elbek o’zining o’nlab she’rlari, masal, doston, tarjimalari qatorida hikoyanavis sifatida ham
adabiyotimiz tarixida iz qoldirgan. Uning «Dadamat» (1936) to’plampga kirgan «Chirchiq»,
«Men kim bo’laman», «Ana», «Anorgul», «Qahhorxo’ja», «Dadamat» kabi hikoyalari adibning
shoirgina emas, nosir bo’lganligidan ham dalolat berdi.
Elbek bor-yo’g’i qirq yil yashadi. U ham 1938 yilda Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Otajon Hoshim,
Qayum Ramazon, G’ozi Olim kabi qatag’onlik qurboni sifatida qatl qilingan. Ammo u
yozgapidek, adabiyotnmiz bo’stoniga turfa gul ekib ketdi. Bu uning asarlari edi. Ha:
Bu mening qo’limla yaratilgan gul,
Qanday qila oliy, mening sovg’am shul.
Do'stlaringiz bilan baham: |