Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
76
Mana Filofey fazoga chiqib olib, dunyo pardasini qiya ochib edi, qandaydir la’nati sir yuz ko‘rsatdi, 
lekin odamlar uni ko‘rishni ham, bilishni ham istashmayapti.
Mister Bork, Filofeyning kashfiyotlari nuqul norozilik tug‘dirsa ham o‘sha kashfiyotlarga ishonganim 
bo‘lsin. Zamon oxir bo‘lishidan ruhning qiynoqqa tushishining sababini ana shu kashfiyotlarda 
ko‘rayotirman (odamlarning haddan ortiq axloqiy buzuqligi dastidan ruhiy qiynoq battar 
chuqurlashayotir).
Xudo bandasini nega yaratdi ekan, deb o‘ylab qolasan kishi bu bedodliklarni ko‘rib. Qarang, 
Qorabog‘da armanlar bilan ozarbayjonlar o‘rtasida ko‘p yillardan beri olib borilayotgan jinoyatkorona 
urushda dala komandirlari o‘lganlarning jasadlari bilan savdo qilishar ekan. Jangda o‘ldirilgan kishining 
ota-onalari va qarindosh-urug‘lari uning jasadini dafn qilish uchun sotib olishar ekan. Shu yo‘l bilan 
katta pul ishlashar ekan. Shunday hollar ham bo‘lar ekan-ki, o‘z askarini orqasidan o‘zi otib tashlab shu 
yo‘l bilan aqcha topishar ekan. Gazetada bu xabarni o‘qib g‘alati bo‘p ketdim. Ana shu kabi jinoiy 
harakatlar odamlarning joni-tanlarida aks etmasligi, irsiyatni asta-sekin o‘zgartirmasligi, avlodlarda iz 
qoldirmasligi mumkinmi?
Tasavvur qilib bo‘lmaydigan shavqatsizlikka yana bir misol. Turkiyaning bir shahrida adiblarning 
Salmon Rushdini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan konferentsiyasi bo‘lib o‘tayotgan mehmonxona 
yondirib yuborildi. O’shanda konferentsiya qatnashchilarigina emas, balki mehmonxonada vaqtincha 
yashab turgan kishilar ham yonib ketishdi. Bularning hammasini telereportyorlar tasvirga tushirishgan: 
bino lovillab yonayotir, tiriklayin yonayotgan kishilar, baholiqudrat harakat qilayotgan o‘t o‘chiruvchilar, 
shuning yonginasidagi maydonda mamnunlikdan o‘zida yo‘q xursand bir gala fundamentalist yoshlar. 
Ana shular yong‘in chiqarganlarga madh aytmoqdalar, shodlikdan sakramoqdalar, raqsga 
tushmoqdalar, qo‘llarini ko‘tarib mushtumlarini silkitmoqdalar, qah-qah otib kulmoqdalar, ana shu 
dahshatli manzaradan go‘yo shahvoniy lazzat olmoqdalar. Yoshlarning hayajonli va qasoskor 
qiyofalariga ajal yolqinining so‘lg‘in nuri tushib turibdi. Va televideniega tasvirga olishayapti. Axir, bu 
badiiy film emas edi-ku!
Bizlar qaerdamiz, bizlarga nima bo‘lgan? Bizlar ana shularning va Germaniyada turk oilalarining 
tiriklayin yondirib yuborilish sabablarini o‘zimizdan so‘rashimiz kerak emasmikin? Siz bularni 
gazetalardan o‘qigandirsiz?..
Bunday vahshiyliklarni yana ko‘plab keltirish mumkin va ularning biri ikkinchidan dahshatli, bunda 
aniq qonuniyat ko‘zga tashlanadi: turli mamlakatlarda jinoiy harakatlar tobora mudhishroq tus olayotir. 
Filofey ana shularning hammasi to‘planib genlarda o‘z aksini topishini isbot qildi.
Ilgarilari aqlni Koinotning oliy ne’mati deb ishonar edim, aslida aql Yovuzlikning abadiy quliga 
aylangan ekan. Aql qachonlardir qullikdan qutularmikin? Kassandra tamg‘asi xuddi ana shu haqida jar 
solmayotirmikin, bizlarni shunga da’vat qilmayotirmikin?
Kechirasiz, mister Bork, faks xatcho‘pini shoshilinch almashtirish kerak...”
“Mister Bork, jahlingiz chiqmasin, mening mulohazalarim uzundan uzoq va Siz uchun u qadar qiziq 
emas deb qo‘rqaman. Lekin shu bugun kechasi dilimning tambasi ochildi. Men Sizning boshingizdan 
nimalar kechayotganini tushunaman. Siz uchun xavotir olayotirman va jasoratingizga ishonaman.
Mavjud vaziyat haqida bosh qotirar ekanman, shunday fikrga keldim: Filofey orbitada bo‘lsa ham 
Yerda ro‘y berayotgan voqealardan chetda qola olmaydi. Agar Siz qarshi bo‘lmasangiz shoshilinch 
suratda u bilan aloqa bog‘lash usulini topish lozim; texnikaviy jihatdan bu favqulodda murakkab, lekin 
men telekompaniyalardagi do‘stlarim orqali bu ishni amalga oshirishga urinib ko‘rgan bo‘lur edim. Bunga 
Siz nima deysiz? Bordiyu rozi bo‘lmasangiz meni ogoh qiling va bunday urinishning amalga oshishi 
qanchalik mumkin ekanligini Sizga xabar qilaman.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish