Kutubxonachi.uz
77
Nihoyat, mening nuqtai nazarimda eng muhimi mana shu. Filofey bilan aloqa bog‘lashning nima
keragi bor, uni ekranda ko‘rib tabriklash uchungina emas-ku? Menimcha, u javob qaytarishi kerak,
shubham yo‘q, uning javobi tayyor — u Kassandra tamg‘asini qanday qilib aniqladi, bu holning
embrionning kelajak hayotga salbiy munosabatidan boshqa narsa emasligiga qanay dalillar borligini
aytib berishi lozim. Uning Rim papasiga yo‘llagan maktubidan buni aniq tushunish qiyin. Ana shu
ma’noda chala jihatlarni Siz ham payqagandirsiz. O’ylaymanki, boshqalar ham, xususan, biolog olimlar
unga shunday savol berishlari mumkin. Filofeyning noaniq qolgan narsalarni tushuntirib berishi,
savollarga javob qaytarishi muhimdir.
Menga Filofey bilan aloqa bog‘lashni uyushtirishga imkon bering. Men Sizga o‘rgatmoqchi emasman,
zudlik bilan zaruriy falsafiy dalillar tayyorlang.
Oliver Ordok olomonning ongiga qilgan ta’sirining oqibatlari bilan to‘qnashishimizga to‘g‘ri keladi. Na
iloj, buni taqdir deydilar. Va biz g‘alaba qilishimiz kerak. O’sha olomon hurmati! Sizga hurmat bilan
Entoni Yunger.
R. S. Bordiyu mening koordinatalarim — uy faksining, telefonimning nomerlari — adresim zarur bo‘lib
qolsa, shu varaqlardan topasiz. Xizmat koordinatalarim endi Sizga kerak bo‘lmaydi — men u yerga
boshqa bormayman...”
T o‘ q q i z i n ch i b o b
Ertalab soat to‘rt yarimlar. Robert Bork yozuv stolida yotgan fakslarga qarab jim o‘tirardi. Jessi ham
shu yerda. U ham fakslarni o‘qib chiqdi.
— Tavba, nima bo‘lyapti, nima bo‘lyapti o‘zi! — deb bir necha bor takrorladi Jessi.
–
Sen yotib tin olsang bo‘lar edi, — maslahat berdi eri.
–
Agar o‘zing yolg‘iz qolishni xohlayotgan bo‘lsang, hozir ketaman. Baribir uxlay olmasam kerak.
Men o‘zimni g‘alati sezyapman. Bularning juda jiddiy ekanligini tushunar edim, lekin hammasining shu
darajada murakkablashib ketishini tasavvur ham qilmovdim. Nima deyishimni ham bilmayman.
–
Ha, Jessi. Entoni Yunger haq. Mutlaqo haq, — xayol surib javob berdi Bork. — Uni bizga Xudoning
o‘zi yetkazdi. Uning tutgan yo‘li — yangi avlodning yo‘li. Dunyoni idrok etishi butunlay o‘zgacha. Sa’y-
harakatlari ham. Darrov seziladi-da. Mening esa maqoladan boshqa biron ish qilishim dargumon edi
(maqola juda katta bo‘lib ketibdi, gazetaning bir betini oladi-yov!) Biz ikkalamiz bo‘lsa uyda qamalib
oldik. Bo‘layotgan voqealardan butunlay ajralib bo‘lmaydi. Buning ustiga Ordokning g‘alamisliklari...
–
Yaxshisi — zanjirdan bo‘shatib yuborilgan narsa degin!
–
Ha, zanjirdan qo‘yib yuborilgan kuch. Bu nihoyatda dahshatli kuch. Ordok bila turib ommani
Filofeyga va menga gijgijlamoqda.
–
Yakka o‘zing senga qarshi kayfiyatda bo‘lgan shuncha odamning fikrini o‘zgartirib o‘zingga qarata
olishingga ishonasanmi?
–
Endi orqaga qaytish yo‘q, fikrimni isbotlashga urinaman. Lekin voqea qanday kechadi — bir narsa
deyish qiyin. Kassandra-embrion fenomenining kashf qilinishi mavjud tasavvurlarga, turmush tarziga,
qolipga tushib qolgan tafakkur taxlitiga qaqshatqich zarba berajak. Kassandra-embrionlarning
oxirzamondan xabar berishiga boshdan oyoq hamma narsaga, birinchi galda siyosiy, ijtimoiy
tuzumlarga, axloqiy negizlarga shubha ko‘zi bilan qarash demakdir. O’z-o‘zidan ma’lumki, tarkib topgan
barcha andozalarning vayron qilinishi homilador ayoldan tortib Ordok singari nusxalargacha hech kimga
yoqmaydi. Ana shuning uchun ham qarshilik ko‘rsatishmoqda, hatto tajovuz qilishgacha yetib
borishmoqda.
–
Axir ular Filofeyning o‘zini tajovuzkor deb bilishadi-ku!
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |