Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
122
necha so‘z eshitibgina qanday xulosa chiqarishim mumkin? ha, albatta, u oddiy odam emas, ayniqsa, 
uning qismati qiyin kechgan, o‘qituvchilik qilgan, keyin kinohujjatchilik bilan shug‘ullangan –sovet 
maktabi haqida hujjatli kinostsenariylar yozgan, bizda esa maktab muammolari ijtimoiy jihatdan har 
doim keskin bo‘lib kelgan.
Birdan qimmatli Vava, Valeriya Valentinovna esimga tushib qoldi. Koshki u o‘zining daho shogirdi 
endilikda nima ishlar bilan shug‘ullanayotganini bilsa! Lekin bu shunchaki gap edi. Runaga kelganda 
shuni aytish kerakki, bu ayol, barcha ma’lumotlarga qaraganda, o‘zining ukasi Lopatin Igor Fedulovich 
kasriga qolgan. Xuddi o‘sha kishi professional kinochi bo‘lgan ekan, mashhur Kinematografiya institutini 
bitirgach, ehtimol, akasining ta’siri va yordamida Runa maktab haqida kinosyujetlar bilan shug‘ullangan. 
Keyingi materiallarda qayd qilinishicha, sobiq o‘qituvchi Runa Lopatina Gorkiy nomidagi kinostudiya 
qoshidagi havaskorlar sektsiyasida ishlab, kino havaskorlari orasida g‘oyaviy jihatdan shubhali fikrlar 
tarqalishiga ko‘maklashgan, ba’zi bir guvohlar bu juvon, Runa san’atda muayyan bir g‘arazli yo‘nalish 
uchun, sovet kishilarini va ularning hayotini salbiy tomondan tasvirlaydigan hujjatli lavhalar tayyorlash 
uchun kurashgan deb isbotlaganlar. Bular qoralov muqaddimasi edi.
Ish yuzasidan bosh aybdor juvonning ukasi Igor Lopatin edi. U “shtatdagi” kinooperator bo‘la turib, 
davlat apparatlari va vositalaridan jinoiy jazoga loyiq faoliyat yo‘lida foydalangan, sovet voqeligini buzib 
ko‘rsatadigan, sovet ijtimoiy va davlat tuzumini badnom qiladigan, boshdan-oyoq tuhmatdan iborat 
hujjatli lentalarni suratga olgan va shu yo‘l bilan g‘arb jamoatchiligini yolg‘on ma’lumotlar bilan 
chalg‘itmoqchi bo‘lgan”. Yana shu narsa qayd qilinganki, “sudlanuvchi mazkur jinoiy ish bilan beg‘araz 
shug‘ullanish u yoqda tursin, aksincha, sovet davlatini badnom qiladigan kinomateriallarni G’arbga 
valyuta hisobiga sotib yurgan. Xuddi o‘sha yerda, chet ellarda materiallar kinozallarda va televidenie 
kanallari orqali namoyish qilinayotganda bizning maxsus xizmat tashkilotlarimiz bu kinolentalar-ning 
qaerdan kelganini aniqlagan”.
Bunday hollarda qanday tanish qo‘shiqlar, qanday tanish qilmishlar deyishganidek, aslida shunday 
bo‘lganmi-yo‘qmi – kim biladi deysiz, har qalay Runa ana shu gaplar bilan ayblangan. Runa ukasi bilan 
bevosita hamkorlik qilganda ayblangan – ukasi opasiga “ruxsatsiz suratga olingan lentalarni bergan, 
opasi bu lentalarni yaqin dugonasinikida saqlagan”. Bu ishlar tekshiruvda aniqlangan. Kimdir iziga 
tushgan. Igor qamoqqa olingach, Runa ogohlantirish uchun shoshilib dugonasinikiga kelsa, bu yerda 
tegishli xizmat xodimlari uni kutib turishgan ekan. Shunday qilib, Runa jinoyat ustida ushlangan. 
Shundan so‘ng kutilmagan voqea sodir bo‘ladi – protsess jarayonida Runa ukasining qismatini qanday 
qilib bo‘lsa ham yengillashtirish uchun bor kuchi bilan urinib ko‘radi. U sovet kishilarining hayoti va 
turmush sahnalarini kinoga olish mendan chiqqan g‘oya edi, nimalarni va qanday qilib kinoga olish 
kerakligi to‘g‘risida ukamga men ko‘rsatma bergan edim, suratga olingan lentalarni xorijiy muxbirlarga 
valyuta hisobiga shaxsan men bergan edim, ukam mendan chiqqan g‘oyalarni ijro etgan xolos, deb, 
asosiy aybni o‘z gardaniga olgan edi.
Mana shunday gaplar. Bu o‘rinda yana bir tafsilotni aytib o‘tishga to‘g‘ri keladi: sudda Runani 
amerikalik jurnalist bilan oshiq-ma’shuqalikda ayblashadi – jurnalist Amerikasiga qaytib kelgandan keyin 
maqola yozgan emish. “Bu maqolada o‘ynashi haqida maqtovli fikr aytgan, sovet jamiyatiga esa, 
aksincha, o‘ta dushmanlik munosabatda bo‘lgan” emish, bu esa qamoqqa tushib qolgan jinoyatchi juvon 
uchun o‘ch olish usuli emish. Runa bo‘lsa amerikalik jurnalist o‘ynashi bo‘lganini tan olmagan, 
mehmonga rus tilini o‘rgatib yurganman, xolos deb ko‘rsatma bergan. Xullas, kalavaning uchini 
topolmaysan. Ularning nima ishlar qilganini kim biladi deysiz, nima bo‘lganda ham, bularning hammasi 
Runaning boshiga balo bo‘ldi.
O’sha kuni ishdan kech qaytdim. Boshqa yumushlarim bor edi, shu bilan birga Runa Lopatinaning 
o‘tmishi bilan yaxshiroq tanishishga bo‘lgan ishtiyoq ham meni ancha ushlab qoldi.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish