Kutubxonachi.uz
111
edi. Sen iqror bo‘lishing kerak – oradan ko‘p o‘tmasdan «ikszurriyot» degan yangi so‘zga qulog‘ing
o‘rganib ham qoldi, sen qilayotgan ishga yuraging, qalbing odatlanib qoldi – sen o‘zingni o‘zing shu
narsaga ishontira oldingki, sening eksperimentlaring bor-yo‘g‘i fandir, tajribalardan nimalar kelib
chiqishi esa sening ishing emas.
To‘xta! Oshiqma! Bu yerda hamma narsani ipidan ignasigacha gaplashib olishga to‘g‘ri keladi. Ha,
«ikszurriyot» atamasini yuqoridan taklif etishgani tushunarli, bunda insoniyatning yangi zotini
yaratishning uzoq muddatli programmasi ko‘zda tutilgan edi. Lekin ishning eng boshida strategik
maqsadlar tilga olinganda, sen e’tiroz bildirmading, undan voz kechmading, o‘zingni chetga olishga
harakat ham qilmading. Va seni yangi Darvin deb ko‘kka ko‘targanlarida ham, tsivilizatsiya tarixidagi bu
mislsiz programma sening nazariy va amaliy ishlaringdan, bu boradagi bashoratlaringdan kelib chiqdi,
deganlarida xijolat ham tortmading. Seni ilmiy rahbarlikka taklif qilganlarida go‘yo shunday bo‘lishi
tabiiyday, o‘sha zahoti rozilik bildirmagan bo‘lsang ham, o‘ylab ko‘raman, deding, lekin butunlay voz
kechmading. Ha, voz kechish kerakmi, shunday qilish mumkinmidi? Yolg‘iz otning changi chiqmas.
O’sha paytga kelib, rasmiy doiralar da’vatiga shunday uchgan edingki, xo‘jayinlarning bironta iltimosiga
yo‘q demasding.
* * *
Bu gap to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Fanlar Akademiyasi prezidentining taklifiga javoban «o‘ylab ko‘raman»
degan kuningoq sen Eski maydonga, Siyosiy byuro a’zosi, KPSS MKning mafkuraviy masalalar va xalqaro
kommunistik harakat bo‘yicha sekretari Konyuxanov Vadim Petrovich huzuriga taklif qilinding.
Eski maydonga sen deyarli o‘z uyingga kelganday yetib kelding, tez-tez bo‘lmasa ham turli masalalar
yuzasidan yiliga bir necha marta bu yerga kelib ketar eding-da. Bu safar ham o‘zingning derektorlik
qora «Volga»ngda kelding, Moskva ko‘chalarida izg‘ib yurgan mashinalarga, chumoliday qaynab yotgan
yo‘lovchilar oqimiga alang-jalang qarab qo‘yar eding. Sening qayoqqa va qanday maqsad bilan
ketayotganingni bilganida bormi, olomon ko‘chani to‘sib olib mashinangning dabdalasini chiqarib
tashlagan, o‘zingni esa toshbo‘ron qilgan bo‘lar edi. Buni vahshiylik deyolmasding, ularning bu
shafqatsizliklarini Parvardigor afv etgan bo‘lur edi.
Har doimgiday, tushdan keyin Moskva, ayniqsa, shahar markazi odam dengiziga aylangan edi.
Odamlar bu haqda fikr qilib ko‘rishdimi-yo‘qmi, lekin xuddi shu soatda ular uchun turmushning jamiki
muammolari biron narsani qidirib topish haqida bosh qotirishdan va qo‘lga kiritish, sotib olish, shu
niyatda itday izg‘ib yurishdan iborat edi desa bo‘ladi. Lekin ulardan birontasi ham sal nariroqda
kimningdir Tabiatga, Tarixga, Xudoga, odamlarga – Hamma-hammasiga qarshi qandaydir ish qilish
niyatida ekani, shundan so‘ng dunyoning qaytadan yaratilganday o‘zgarib ketishi haqida bir lahza bo‘lsa
ham o‘ylab ko‘rmas edi.
Darvoqe, ana shu rejani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan kishi ularning yonginasida ko‘zni
kuydirib salobatli avtomobilida suzib ketayotgan edi va tabiiyki, xuddi shu onda bu kishining oila, nasl-
nasab, avlodlarning vorisiyligi tushunchalari o‘tmishning sarqitlari bo‘lib qoladigan zamon kelishi uchun
ishlayotganini, oqibatda har kim ibtido va intiho bo‘lib qolishi mumkin ekanligini, kishilar kimlardan
paydo bo‘lgani va kimlarni dunyoga keltirgani haqida zig‘irchayam tasavvurga ega bo‘lmay qolishini
ulardan birontasi xayoligayam keltirmas edi... Bu vazifalarni oila o‘rniga Ota-Davlat bajarishi kerak edi.
Ammo bu sening shaxsiy jahonshumul programmang emas edi, albatta. Mafkuraviy g‘oya lop etib
sening miyangga kelgani yo‘q, bu boshqalarning fikri, shunday bo‘la qolsin, lekin bunga shaxsan sen
va sening ilming xizmat qildi, tajribalaring totalitar davlatning qora kuchlariga ulardan o‘z maqsadlarida
foydalanish yo‘lini shipshitib qo‘ydi. B haqda sen endi, bo‘lari bo‘lgandan keyin gapiryapsan. Biroq sen
o‘sha kezlarda ham kashfiyotingdan qanday amaliy xulosalar chiqarish mumkinligiga fahming yetar edi,
ammo sen bu narsaning bevosita menga aloqasi yo‘q deb hisoblading va bu haqda o‘ylamaslikka
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |