Mavzuni o’rganilganlik darajasi. Bu davr hayotining turli-tuman tarmoqlariga doir hozirgi zamon tadqiqotchilari tomonidan yozilgan ko’pgina ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar mavjud5. Bu adabiyotlar orqali antik davrda O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy ahvol haqida keng tasavvurga egamiz. Biroq mazkur ilmiy tadqiqot ishlariga asos bo’lgan bosh yozma manbalarni ko’pchilik tadqiqotchilar va o’quvchilar ommasiga tushunarli tilda ko’p sonlarda nashr etish ishlarini hozirgacha ham to’liq bajarilgan deb bo’lmaydi. Vaholonki, o’z zamonasi kishilari, tarixiy voqyealarning jonli shohidlari tomonidan yozib qoldirilgan yozma yodgorliklarni kishilik jamiyati tarixini o’rganishga doir nazariya asosida chuqur tahlil qilish bizning u davr haqidagi bilimlarimizni yanada boyitishi muqarrar.
Ishning tarkibiy tuzilishi. Ushbu Malakaviy bitiruv ishi Kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
5 Адабиётлар охирида келтирилган
Do'stlaringiz bilan baham: |