Microsoft Word orta osiyo xalqlari antik davr tarixini organishda yunon tarixchilari asarlarining orni


I-BOB. O’RTA OSIYO XALQLARINING QADIMGI DAVR TARIXI TARIXSHUNOSLIGI



Download 214,36 Kb.
bet9/22
Sana07.01.2022
Hajmi214,36 Kb.
#329819
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
orta osiyo xalqlari antik davr tarixini organishda yunon tarixchilari asarlarining orni

I-BOB. O’RTA OSIYO XALQLARINING QADIMGI DAVR TARIXI TARIXSHUNOSLIGI





    1. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi tarixshunosligi

O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda asosiy muammo ularning o’zlari haqida yozma manbalar kam qoldirganligidadir. Ko’chmanchilar ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, xo’jaligi va madaniy hayoti haqida ma’lumot beruvchi turli davrga oid manbalar sayyox, savdogar, elchi yoki missionerlik tarzida yurtimizga kirib kelgan kishilar tomonidan umumiy tarzda yozib qoldirilgan. Ularda faqat ba’zi voqyealar haqida ko’proq siyosiy voqyealar haqida to’xtalib, xo’jaligi va yashash tarzi haqida umumiy ma’lumotlar yozilgan. Bu manbalarda O’rta Osiyoning alohida bir hududi haqida to’xtalilmay , umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, xitoylik josus- elchilarni ko’proq bu o’lkada yashaydigan xaqlarning joylashuvi, chegaralari, aholi soni, qurollanishi ittifoqchilari qiziqtirgan. Shuning uchun ko’plab xujjatlar bir- biriga o’xshash va ularda ko’proq geografik nomlar keltirilgan.

“Avesto” yashtlarida ta’kidlangan turlar, danay- turlarining Yaksart saklari ekanligi. Avestoning muqaddas ilox Anaxitaga bag’ishlangan qismida dastlabki Turon podsholari qarorgohlaridan Qang’xa (Qang’ye) "baland va muqaddas" deb ta’riflangan siyosiy va diniy markazning Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lganligi, bu xalqlardan xaomu pishiruvchi buyuk “tur”lar-xaumovargalarning ham shu hududda yashashi eslatiladi.

Eron ahamoniylarining Bihustun bitiklarida saklarning katta guruhi saka- tigraxaudalarning Sirdaryo o’rta oqimida yashaganligi, ularning ittifoqlari haqida ma’lumot beriladi. Suzadagi saroy qurilishi haqidagi Doro I yozuvida uchi o’tkir

kigiz qalpoqli saka-tigraxaudalar ahamoniylarga xiroj olib kelayotganlarning o’n birinchi guruhida, ot yetaklagan, qo’llarida sarupo tutgan holda tasvirlangan6.

Antik davr mualliflari O’rta Osiyoning Sirdaryo xavzasini sak qabilalari konfederasiyasi tashkil topgan hududlardan biri deydi.Ular saklarning sug’dlar bilan ko’shnichiligi, so’g’dning sharqiy chegaralari Sirdaryo bo’yi dashtlari bilan tutash bo’lib, jangovor ko’chmanchilarni Yaksart daryosi sug’dliklardan ajratib turishi, bu saklarning Yaksart orti saklari saka-xaumavarkalar ekanligini ta’kidlaydi.

Dionisiy va Periyeigit So’g’d ortida, Yaksart bo’ylab, kamonda jang qiluvchi va dunyoda undan eng behato otuvchi saklar yashaydi deb ma’lumot beradi. Ma’lumki, davlatlar tashkil topishida aholining dehqonchilik vohalari bo’ylab joylashishi ham muhim ahamiyatga ega. Bunday jarayonlar miloddan avvalgi I ming yillikning so’ngi choragida Sirdaryo bo’ylarida ham jadal kechmoqda edi.

Qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida O’rta Osiyoning chorvador xalqlari haqida batafsil ma’lumotlar uchraydi. Bu xalqlar tarixini yozish, Gomer, Esxil, Aristey kabi adiblar tomonidan boshlangan, lekin skif(sak va massaget)lar haqida keng va aniq ma’lumotlarni birinchi bo’lib Miloddan avvalgi V asrlarda yashagan yunon tarixchisi Gerodot beradi7. Ksenofont, Ktesiy ( mil. avv V-IV asrlar) kabi tarixchilar ham bu qabilalar haqida ma’lumot bergan. Yunonlar bosqinidan keyingi rim manbalarida bu o’lkada yashovchi aholining mohir jangchilar ekanligi, ular Iskandarni Sirdaryoning naryog’iga o’tishga qo’ymaganligi haqida yoziladi.

Skiflar turmush tarzi, urf-odatlari haqida Gippokrat (m er.av. V-asr) Misr, Kichik Osiyo, Liviya va Skiflar mamlakatlariga qilgan safar kundaliklarida ma’lumot beradi.

Kvint Kursiy Ruf (milodiyI asr), Plutarx (milodiy I asr), Arrian (milodiy II asr), Pompyoy Trog (miloddan avvalgi I asr), Yustin (miloddan avvalgi II-I asrlar) kabi muarrixlar ham O’rta Osiyo ko’chmanchi qabilalarining turmush tarzi, urf odatlari va mashg’ulotlari to’g’risida ma’lumotlar beradi8.






6 Сагдуллаев А.А. Ўзбекистон тарихи\\Т.,Университет, 1999, 43 б.

7 Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. М.,1985,219-232 с.

8 Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29б.

Antik tarixchilardan Strabon(miloddan avvalgi I asr) birinchi bo’lib O’rta Osiyo ko’chmanchi xalqlarini umumiy bitta (skif) nomi bilan emas alohida hududiy joylashishiga qarab, mayda guruhlarini ham sanab ko’rsatadi. Uning yozishicha “Skiflarning katta qismi Kaspiydan boshlab sharqka tomon daxlar deyiladi. Ulardan sharqdagilar sak va massaget deyiladi”.

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid manbalarda hudud aholisi asosan chorvador ko’chmanchilar ekanligi ta’kidlansa, keyingi manbalarda (miloddan avvalgi IV-II asrlar) saklarning stasionar manzilgohlari, oddiy uylari borligi haqida ham ma’lumotlar berilgan9.

Xitoy yilnomalarida ko’chmanchi sak qabilalari tomonidan asos solingan Qang’ davlati haqida eslatiladi. Unda ta’kidlanishicha bu davlat Janubiy Qozog’iston, Toshkent voxasi, Sirdaryo bo’ylari, Xorazm va So’g’dgacha bo’lgan hududlarni birlashtirgan edi.

Shuningdek qang’arlar haqida, “paxsa (loy) devorli uylar ichida yashovchi,”- deb ham ma’lumot beriladi. Bular hududda ko’chmanchi chorvadorlar bilan birga dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi salmog’ining ham ancha bo’lganligini ko’rsatadi.

Shuningdek, ilk o’rta asrlarga mansub Xitoy va arab manbalarida hududga tutash dehqonchilik viloyati bo’lgan Ustrushona haqida ko’plab ma’lumotlar berilgan.

Grek va Rim adabiyoti orqali boy va betakror tariximizning antik davri tasvirlangan go’zal sahifalarga duch kelamiz. Hatto, Homer davrlaridayoq, skiflarning nomi uzoq Afinaga yetib borgandi. Bu o’rinda Homerning skiflar haqidagi fikri beixtiyor e’tiborimizni o’ziga jalb etadi. «Homer o’zining poemasida skiflar haqida kuylagan edi,— deb yozadi Flaviy Arrian «Aleksandrning yurishi» asarida.— Skiflar haqiqatgo’y odamlar bo’lgan. Ular Osiyoda yashaydi, bir oz kambag’alrog’u, ammo juda haqiqatgo’y».



Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории, 1954,N2, N8, 212-215с.



9.Филанович М.И. Ташкент –Зарождения и развитие города и городской культуры \\Т., Фан, 1983 14стр.

Bu satrlarni mutolaa qila turib, chuqur o’yga tolasan, kishi. Eramizdan ilgarigi VIII—VII asrlarda yashagan yunon shoiri Homerning skiflarga bunday ta’rif berishi tasodifiy hol bo’lmasa kerak, albatta. Bundan ko’rinadiki, o’sha davrlardayoq Gresiya bilan Urta Osiyo o’rtasida siyosiy-madaniy aloqalar mavjud bo’lgan. Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek va Rim sayyohlarn Urta Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, Urta Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan. Eramizdan ancha ilgariyoq Urta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot (Sokrat), Arastu (Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari yaqindan tanish edi. Bu ulug’ olimlarni o’rta osiyoliklar xuddi o’zlarining donishmandlaridek hurmat bilan tilga olganlar. Ular haqida xalqimiz orasida donolik va aql-farosatdan hikoya qiluvchi xilma-xil afsonalar yaratilgan.

Uzoq yunon o’lkasi bilan Urta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini aniq misollar orqali ham isbot etish mumkin10

Eramizdan avvalgi VI—V asrlardayoq bo’lib o’tgan eron-yunon urushi chog’ida uzoq yunon o’lkasidan Barkalik butun bir elat Baqtriyaga, milet o’lkasidagi Branxid va Everget qabilalari So’g’diyonaga Eron shohi Kir tomonidan badarg’a qilingan edi. Bu haqda Kursiya Ruf o’zining «Aleksandr Makedonskiy tarixi» asarida shunday bir qiziqarli lavhani keltiradi. Aleksandr branxidlar yashayotgan shaharga yetib boradi. Branxidlar shohni yaxshi kutib olib, darrov uning amriga bo’ysunadi. Miletliklar ilgaridan branxidlarni sotqinligi uchun yomon ko’rishar edi. Shuning uchun shoh branxidlar takdirini hal silishni ularga topshirdi. Miletliklar bu muammoni hal qila olmagach, shoh uni o’zi hal qilish uchun kirishib, shaharni o’rab oladida, bitta ham odam qoldirmay qirib tashlaydi.

Kadimgi Yunon viloyati bilan Urta Osiyo (Marg’iyona, Girkaniya, So’g’diyona, Baqtriya) va hatto Kaspiy bo’ylari, Kavkaz, Parfiya, Hindiston



10Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29б.

Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. М.,1985,219-232 с.

o’rtasidagi turli xil aloqalarning (Mavjudlngkni yo’l-yo’lakay bayon etib borishga harakat qilamiz. Qadimdan Eron, Gresiya, Makedoniya, Misr, Parfyya, Mideya, Girkaviya, So’g’diyona, Baqtriya, hatto hind va rimliklar o’rtasida ham mustahkam do’stlik aloqalari mavjud bo’lgan11. Urush tufayli, savdo-sotiq, madaniy va adabiy aloqalar orqali bo’lsada, bu o’lkalarda yashovchi qabilalar, ellar va elatlar vakillari bir dasturxondan tuz nasiba yeyishgan, quda-qudag’ay bo’lnshgan. Bir sigirning sutini ichishgan, bir qo’yning go’shtini yeyishgan, hatto bir xonadonda yotishgan. Bir-birining tilini o’rganishgan, bir-birining diniga e’tiqod qo’yishgan, bir-birining urf-odatlarini qabul qilishgan.12.

Bir-biridan nasl-nasab orttirib, et bilan tirnoq kabi birikib ketishgan. Musofirlik azobini birga totishgan. Taqdir taqozosiga ko’ra ularning jasadi xam bir joyga qo’yilgan. Ko’pgina tarixchilar, mabodo Eron, Gresiya, Misr, Makedoniya, Rim, Marg’iyona, Girkoniya, Turkiya, Kavkaz, So’g’diyona, Baqtriya, hind o’lkasining antik dunyosi haqida so’z yuritishganda faqat qirg’in-barot urushni, jaholatni, vahshiylikni, yovuzlikni eslashadi. To’g’ri, bularning hammasiga urush sababchi, ammo mustahkam do’stlik, kuda-andachilik, qo’shnichplik va hamdard- lik, madaniy va adabiy aloqalar ham bo’lgan-ku? Qadimgi dunyo xalqlarining turli xil aloqalari haqida yoki urushlar tarixiga to’xtalganda masalaning mana shu tomoniga ham e’tibor berishimizga to’g’ri keladi.

Kir, Doro davrlarida ham bobokalonlarimiz Eron va Misr o’lkalariga borib qolgan. Ehtimol, ularning nasllari hozir ham yashab kelayotgandir. Yoki qadimdan Urta Osiyoga kelib qolgan greklar, eronliklar, arablar hozir ham biz bilan do’st bo’lib, quda-qudag’ay bo’lib yashashmoqda. Shu jihatdan olib qaraganimizda, uzoq tarixga borib taqalgan xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash bugungi avlodlarning ham burchidir.



11Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008, 75 б.

12 Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 30б.

Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 212-215с.



12 Н.Я.Бичурин(Иакинф) Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена.

,IIIқисм.М.-Л.,1950,174 с.

Darhaqiqat, «Iliada» va «Odisseya» dostonlarida eramizdan ilgarigi XIII— XII asrlar voqyealari tasvirlanadi. Bu davrda greklar bilan troyaliklar o’rtasida bo’lib o’tgan qirg’in-barot urush o’n yildan ko’proq vaqt davom etadi. Homerning

«Iliada» dostonida tasvirlanishicha; yunonlar Troya yerlarini zabt etganlarida Qora dengiz sohillariga — Paflagoniya, Sangariy viloyatlariga kelganligi, Hippomolglar bilan uchrashganligi qayd qilinadi. Biroq, shu o’rinda Homer qaysi asrni nazarda tutyapti? O’zi yashagan zamonnimi yoki yunon-troya urushi (eramizgacha XIII— XII asr) davrinimi? Masalaning bu jihati hozircha tarixchilarga ma’lum emas.

Osiyoning g’arbida joylashgan, qulay va go’zal geografik sharoitga ega bo’lgan„ hozirgi Turkiya davlati hududida barpo etilgan muhtasham va ulkan Troya shahrini greklar o’n yil davomida qamal qilib turadi. Greklarning ayrim to’dalari o’shanda skiflar yurtiga kelgan. Greklarning Olviya o’lkasiga qachon va qanday kelib qolganligi xususida olimlar o’rtasida hamon kuchli munozara, tortishuv ketmoqda13.

Olviya shahri skiflarga juda yaqin masofada joylashgan edi. Hatto bu shaharda ayrim skif vakillarini ham uchratish mumkin edi. Gerodot Qora dengiz qirg’oqlari bo’ylab safardaligida Olviya shahri va ularga yaqin joylashgan skiflar haqida qiziqarli ma’lumotlarni eshitadi. Undan ilgari xam skiflar haqida talaygina kitoblarni o’qib, ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi. Grek tarixchisi Gekatay asarlaridan skiflar haqida birmuncha ma’lumotlar olgan edi. Qadim zamonlarda Aristey degan shoir o’zining «Arimasplar» poemasida skiflar hayotini kuylagan. Ulug’ so’z san’atkori Homer o’zining «Odisseya» poemasida skiflar yurtiga qiskacha ta’rif berib. «bu ellar hamma vaqt tuman bilan qoplangan, osmonnda qalin bulutlar suzardi» (XI qo’shiq, 14—15 miyeralar) deb aytgan edi.

Mana shu dalillarning o’ziyoq yunonlarning eramizdan ilgarigi VIII—VII asrlarda skiflar hayotiga qiziqish Bilan qaraganligi, hatto skiflar yurtiga kelib ketganligidan, Yevropa va Osiyo mamlakatlari o’rtasida iqtisodiy-siyoyeiy aloqa




13Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008, 83 б.

mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, yunonlar bilan troyaliklar o’rtasidagi qariyib o’n yiddan ziyod davom etgan qirg’in-barot urush, eramizdan avvalgi XIII asrda bo’lib o’tgan edi. Grek lashkarlari hozirgi Turkiya yerlariga bostirib keladi. Hatto Qora dengiz bo’ylaridagi ayrim elatlarnn ham o’zlariga qaram kilib oladi.

Homerdan so’ng skiflar hayotiga qiziqish bilan qaragan ma’rifatli ziyolilardan biri Gerodot edi. Gerodotning skiflar hayotiga qiziqish bilan qarashida Homer ijodining ta’siri bor, albatta. Gerodot dunyoga kelgan Galikarnos shahri Hamerning ona shahri Ioniyaga qo’shni hududda edi. Shuning uchun ham Homer poemalari Ioniya atrofidagi shaharlarda juda ko’p nusxalarda keng tarqalgandi. Galikarnosliklar Xomer poemalarini o’qishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar. Hatto ular uchun Homer poemalarini yod olish odat tusiga knrgandi.


    1. Download 214,36 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish