Madaniy hayoti. Maqsadli tarzda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida, O’rta Osiyo xalqlarining hayot tarzi, ularning urf odatlariga oid ko’plab moddiy va madaniy ashyolar qo’lga kiritildi. Yodgorliklardan topilgan uy ro’zg’or, qurol yarog’ va zeb-ziynat buyumlari, shuningdek, ular qadimiyatiga oid yozma manbalar ma’lumotlari O’rta Osiyo xalqlarining o’z xo’jaligi hayot tarziga xos madaniyat sohiblari bo’lganligidan shohidlik beradi.
Yunon manbalarida O’rta Osiyo ko’chmanchi chorvador xalqlarining xo’jalik hayoti, turmush tarzi va urf udumlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan26. O’rta Osiyo xalqlarida do’stlik, vafo va sadoqat juda qadrlangan. Bolalar hali go’dakligidayoq do’st tutintirilgan. O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy hayoti, dini ularning tasavvurlarida ham aks etgan. Ularning dinini ibtidoiy deb bo’lmaydi. Qang’uylar, jumladan, O’rta Sirdaryo bo’yi xalqlari zoroastrizm dinidagi xudolardan bo’lgan Farn ilohiga sig’inishgan. Ushbu iloha hukmdorlarning panohi va qo’riqlovchisi, shuningdek uy, oila, sog’liqni saqlovchi
24 Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. – М.: 1985. –С. 226-234.
25 Рахмон Н. Турк ҳоқонлиги. – Тошкент: А. Қодирий номидаги халқ меъроси нашриёти, 1993. –Б. 87.
26 Бойназаров Ф. Ўрта Осиёнинг антик даври. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989. –Б.50.
xudo hisoblangan. Bu xudo qo’y ko’rinishida deb qabul qilingan27. Qovunchi madaniyati sohiblarida mashhur hind eposi Mahobxaratada ta’kidlangan ho’kiz (qora mol) ga sig’inish bilan bog’liq odatlar ham mavjud bo’lgan. Xitoy yilnomasi “Veyshu”da turklar diniga xos bir nechta aqidalar ko’rsatilgan28.
Manbalarda O’rta Osiyoliklarning quyoshga, ajdodlar arvohiga, butun xalqqa tegishli bo’lgan ko’k ruhi (tangri), ga sig’inish va tog’lar, suv manbalari (daryo va ko’llar) ga topinish kabi diniy marosimlari eslatiladi. Chorvadorlarning udum va marosimlari haqida Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otu turk” asarida ham ko’p ma’lumotlar berilgan. ”Unda tun kun topun tangriga buyinmag’il korkun angar iymani o’ynamag’il”, ya’ni kecha kunduz ulug’ tangriga ibodat qil yo’ldan ozib adashma, xudodan qo’rq, undan uyal degan jumlalarni o’qish mumkin. Bunda xudo sifatida Ko’k Tangriga e’tiqod ta’kidlanmoqda. Ko’k Tangriga sig’inish - O’rxun bitiklarida ham qayd etilgan: “Avval yuqorida moviy osmon, quyida qora yer bo’lgan. Ular o’rtasida inson bolalari paydo bo’ldi”. Osmon ruhi deganida aynan Ko’k Tangrini anglaganlar. Ko’kka qurbonlik keltirish odati turkiy xalqlarda, hatto XIX asr oxirlarida ham bo’lgan.
27 Литвинский Б.А. Кангюйско-сарматский фарн.. –С.74.
28 Сагдуллаев А.С. Ўзбекистон тарихи. –Т.: Университет, 1999. –Б. 41.
Do'stlaringiz bilan baham: |