ALEKSANDR MAKEDONSKIY TARIXI
Urta Osiyoning antik davrlari tasvirlangan asarlar ichida Kvint Kurs Rufning
«Aleksandr Makedonskiy tarixi» asari alohida o’rin tutali. Unda Urta Osiyoning eramizdan avvalgi IV—III asrlariga oid voqyealari tasvirlangan. Kurs Rufning bu asarining Urta Osiyo haqidagi boshqa asarlardan farqli tomonn shundaki, unda ikki daryo Oks (Amu) va Yaksart (Sir) oraligidagi tarixiy voqyealar keng ifodalangan.
Kurs Rufning ushbu asari Diodor, Yustin, hatto jahon adabiyotida muhim o’ringa ega bo’lgan Plutarxning «Aleksandr» romanidan ham ustun ekanligini ko’ramiz. U «Aleksandrning yurishi» asaridan ham bir qadar ustun darajadadir. Asarda tasvirlangan voqyealarning bayoni fikrimizning isboti bo’la oladi50.
Asarning VII kitobida va VIII kitobning bir qismida Urta Osiyo voqyealari tasvirlanadi.Asarda ifodalanishicha, Aleksandr So’g’diyona yerlariga ko’sh-ni bo’lgan Girkoniyaga katta ko’shin bilan bostirib kiradi. «Atrof qumlik, sahro, quyosh qizdiradi. Suv tanqis edi. Qumlik xuddi olov purkayotgandek»51.
Asardan keltirilgan bu parchada yozuvchi Amudaryoning narigi tomonidagi turkman cho’llarini tasvirlayapti. Makedoniyaliklarning Urta Osiyoning olov purkab turgan issig’iga moslashishlari juda qiyin bo’ladi. «Bu yerlarda kechasi yurish ancha kulay. Ayniqsa, tong pallasidagi muzdakkina sahro sha-badasi, quyosh chiqishi bilan harorat ko’tariladi. So’ngra butun a’zoi badannngiz yona
50 Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари, Тошкент, 1991.
51 Страбон. География. В семнадцати книгах. Книга седмая, глава шестая. Типографи Рис. Уязск. ., 1979 512
с.
boshlaydi. Jangchilar avval ruhan tushkunlikka tushadi, so’ngra issiqqa bardosh berolmay, holdan toya boshlashadi».
Kurs Ruf xuddi U rta Osiyo cho’llarida o’zi bo’lgandek, bu yerlarning tabiat manzaralarini o’z ko’zi bilan ko’rgandek tasvirlaydi. Yozuvchi o’z asarida sahro manzarasiga ancha kekg o’rin bergan. Oy yoki kunpni aniq ko’rsatmasa ham, makedoniliklarning bu yerlardan saraton oylarida o’tganligini aniq-lash qiyin emas.
Yana bir o’rinda yozuvchi jangchilar issiqqa bardosh berolmay oxirgi vikolarigacha, hatto moylarigacha ichib qo’yganligini aytadi. Ularga suyuqlik bo’lsa bas edi, qarab o’tirmasdan icha-verardi. Ayrimlarining qorni shunday shishib ketgan ediki, hatto qurol ko’tarishga ham darmoni yetmasdi, deb hikoya qi- ladi yozuvchi. Haqiqatan ham Kurs Ruf asari Urta Osiyoga bagishlangan boshqa ko’pgina grek va Rim adabiyotidagi asarlardan shu bilan farq qiladiki, unda tabiat tasviriga aloxnda e’tibor berilgan.
Asarni o’qir ekansiz, sizga yaqindan tanish bo’lgan tabiat manzaralari, geografik muhit tasvirlari birma-bir ko’z o’ngingizdan o’taveradi. Odam o’tsa oyog’i, qush uchsa qanoti kuyadigan, bu borsa kelmas sahrolarda ham skif qabilalarining yashayotgaidigini ko’rib, yozuvchi hayratga tushgandek bo’ladi. Hatto asarni o’qigan kitobxon ham bunday voqyealarga qiziqib qaraydi. Zim-ziyo, poyonsiz sahroi-kabirda odamlar yashamoqda. Skif xalqi qadimdan mana shunday matonatli, mehnatkash va kuchli iroda egasi bo’lgan.
«Aleksandr jangchilari meshga suv to’ldirib kelayotgan bir cholni tutib keltiradilar. Aleksandr u kishidan suvni qayerga? olib borayotganini so’raydi. Shunda u sahroda chanqab yotgan o’g’illariga olib borayotganini aytadi. Aleksandr meshni qaytarib berib, «Bu suvning hammasini men icholmayman, askarlarimga bo’lib beray desam yetmaydi, undan ko’ra sen o’g’illaringga olib boraqol, deb suv tuldirilgan meshni cholga qaytarib beradi»52.
52 3. Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. Т, 1994.
Yozuvchi bu shahar aholisining tarixiga alohida to’xtaladi. Eron shoxi Kserks greklar bilan bo’lgan jangda, ularning bir qismini asir olib, So’g’diyona cho’llariga- olib kelib tash-lagan edi. Bugun bu branxidlar Aleksandrii o’zlarining yaksht qavmlaridek .qarshn oladilar. Yezuvchining o’z asarida tasvir-lanayotgan voqyealardan ilgarigi davrga, uzoq va yaqin o’tmishga murojaat etishi tarixiy nasr talabiga xosdir. Bunday retrospektiv epizodlar tarixiy nasrda ko’p uchraydi. Bu o’rinda yozuvchi branxidlar tarixiga murojaat etib. katta bir voqyeani esga solishga muvofiq bo’lgan. Bunday qishloq va shaharlar Urta Osiyo hududining bir nechta joylarida bor.
To’rtinchi kuni Aleksandr Maroqand shahriga yetib keladi. «Maroqandning devorlari baland va mustahkam edi. Uning ichiga joylashgan qal’a ikknnchi devor bilan o’ralgan. Aleksandr u yerda katta qo’shinni qoldirib, o’zi yaqin oradagi qish- loqlarni yoqib, talay boshlaydi».
Mana shu epizoddan ham ko’rinib turibdiki, Aleksandr Urta Osiyoda o’ta shafqatsizlik va talon-tarojlikni avjiga chi-qargan. Butun bir qishloqlarni kultepaga aylantirgan. Shaharlarni o’zining toshotar mashinasi bilan buzib, vayron qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |