3. Kvint Kursiy Ruf, Plutarx, Pompey Trog va Yustin asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi
47 Сагдуллаев А.А. Ўзбекистон тарихи. – Т.: Университет, 1999, 53 б.
Kvint Kursiya Ruf eramizning oltinchi yilida Rim imperatorligiga qarashli Tira shahrida tug’ildi. Uncha katta bo’lmagan bu shaharning tabiati nihoyatda go’zal edi. Kuri Ruflar. xonadoni uncha badavlat bo’lmasa ham o’ziga yarasha to’q edi. Bo’lg’usi yozuvchining yoshligidan bilimga chanhaqligini sezganz xonadon egalari uni lotin maktabiga o’qishga berishadi. Savodi chiqqandan so’ng u lotin tilida yozilgan asarlarni ixlos bilan o’qiy boshlaydi. Biroq bu vaqtda lotin tilida yozilgan badiiy asarlar barchaga birdek yetishmasdi. Ko’pgina yuno» adabiyoti namunalarini lotin tilida o’qib qoniqmagandav keyin u grek tilini o’rganishga zo’r berib intiladi. 22—23. yoshida Afina safariga jo’naydi. Afinaning qadimiy adabiyot,. madaniyagg yodgorliklariga qiziqish bilan qaraydi. Afina safari sayohat shinavandasining dunyoqarashiga juda katta ta’sir ko’rsatadi48.
Kurs Ruf Afinadan to’g’ri Gresiyaga qo’shni bo’lgan Sharq. mamlakatlariga yo’l oladi. U qayerda bo’lmasin, xalq og’zaki ijodi durdonalarini yig’ib-yuradi. U Aleksandr Makedonskiy haqida qiziq-qiziq hikoyag va rivsyatlar eshitadi. Shundan so’ng u Aleksandr Makedonskiyning tarixiga juda kiziqib qoladi. Afinaga qaytib kelib„ Aleksandr Makedonskiyning hayotiga oid manbalarni to’play boshlaydi. Ayniqsa, Aleksandriya shahri Kursiya Rufda katta taassurot qoldiradi. Aleksandrning Osiyo mamlakatlari; bo’ylab yurishi yozib borilgan maxsus «Shoh jurnali» «Efemerida» bilan tanishadi. Aleksandr bilan harbpy yurishga otlangan, shohning eng yaqin kishilari bo’lgan Ptolemey va Aristobulning «kundalik»larini sinchiklab o’qiydi49.
Bundan tashqari, Kurs Ruf Aleksandr haqida yozilgan tarixiy asarlar bilan ham diqqat bilan tanishib chiqadi. Ayniq-sa, Klntarx va Magasfen romanlarini qayta-qayta mutolaa qi-ladi. Chunki bu adiblar Aleksandrning zamondoshlari edi Klntarx va Magasfen bayon qilgan Sharq mamlakatlariga oid voqyealarning tafsilotlari bilan yaqindan tanishadi. Kurs Ruf eramizning 30-yillari oxirlarida
48 Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври…196 б.
49 Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008, 95 б.
Rimga qaytib keladi. Rimdagi adabiy guruhlar bilan aloqa boglaydi. Notiqlik san’atiga oid asarlar yoza boshlaydi.
Uning bu asarlari o’sha davrdagi .adabiy jamoatchilikning e’tiborini o’ziga tortgan edi. Birok. Kurs Rufning o’z oldiga qo’ygan maqsadi butunlay boshqa narsa edi. U «Aleksandr Makedonskiyning tarixi» nomli romanini nihoyasiga yetkazish uchun tinimsiz ljod bilan mashhur bo’ladi.
Bunint uchun u uzoq, yillar zarur manbalar yig’ishga kiri-shadi. Urta Osiyoning tarixiga oid ma’lumotlarni o’rganish Qurs Ruf uchun birmuncha qiyinchiliklar tug’diradi. Uzoq, va begona o’lkalarning tarixini yozish yozuvchini ancha yillar o’ylantirib yuradi. Urta Osiyo va Hindiston tafsilotlari yozuvchini tashvishga soladi. Muhimi shundaki, Kurs Ruf kelajak lvlod oldida javobgar bo’lib q.olishidan cho’chiydi. Shuning uchun ham tarixiy dalillarga juda hushyorlik bilan munosabatda bo’ladi. Tarixiy voqyealar bayonining anik, bo’lishiga intiladi.
Hatto Aleksandr bilan yonma-yon yurib, janglarda bevosita (Qatnashgan, voqyealarning jonli guvohi bo’lgan Ptolomeyning «Kundalik» lariga x.am bir qadar shubha bilan qaraydi. U bu haqda to’xtalib, «Ptolomey o’z «kundaligi» da Aleksandrii haddan ziyod maqtab yuborgan» degan, fikrni aytadi. Kurs Rufning tarixiy manbalarga bunday sinchkovlik bilan qara-ganligining sababi, yozuvchi tarixiy asar yozishning o’ta mas’-uliyatli bir ish ekanligini chuqur x.is etganligidan dalolat beradi.
Tarixiy asar yozishning naqadar murakkab ekanligini Kurs Ruf tushunib yetgan, albatta. Ayniqsa, Aleksandr Makedonskiy haqida asar yozish yozuvchidan
.tinimsiz izlanish va ogir mehnatni talab etadi. Yozuvchi faqatgina tarixiy dalillarga, tarixiy asarlarga yoki «Kundalik»larga tayanibgina qolmasdan, Urta Osiyo va Hindiston safarida bo’lgan ko’pgina sayyoxlar bilan ham suhbatlashadi. Aleksandr Makedonskiyning Osiyo mamlakatlariga qilgan harbiy yurishidan avval ham, keyin ham Urta Osiyoga juda ko’plab Gresiya va Rim sayyohlari kelardi.
Kurs Ruf oldliga qo’ygan ezgu-mzqsadga, niyatiga erishadi. U Aleksandr Makedonskiyning tarixiga bagishlangan o’nta kitob yozadi. O’nta kitobni o’z
ichiga olgan bu asarning keyingn taqdiri g’oyat achinarlidir. Asarning birinchi va ikkknchi kitoblari yo’qolib ketgan. Beshinchi kitobning oxiri va oltini kitoblarning boshlanishi saqlanmagan. Shuningdek, asarning o’sha kitobdagi ayrim sahifalari xam yirtilib ketgan. Asarning Urta Osiyoga bag’ishlangan kitobidagi saxifalardan ayrim satrlar o’chganligini hisobga olmaganda, asar bizgachg to’liq yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |