Materialni umumlashtirish va tahlil etish
.Umumlashgan intelekt-xaritalar hosil
qilish masofadan o‘qitish kurslari bo‘yicha ishlarning natijasidir. Berilgan ish
mustaqil yoki kichik guruhga mansub.
4)
Refleksiya.
Intellekt-xaritalar refleksiyalarda ham qo‘llanilishi mumkin. Shulardan
bitta variant intellekt-xarita tuzishda qo‘shimcha material yoki o‘qituvchining
tuzgan intellekt-xaritasi bilan tanishishga qayta murojat qilish.
5)
Guruhlar faoliyati.
Hozirgi vaqtda birgalikdagi faoliyatni tashkil etish rejimida,
intellekt-xarita tuzishga sarflanadigan real vaqt kabi tushunchalar mavjud.
161
6)
Materialni o‘zlashtirishni nazorati va korreksiyasi
o‘qituvchi o‘quvchilar
taqdim etgan intellekt-xaritalarni tahlil etib, o‘z vaqtida materialni o‘zlashtirilishini
va to‘g‘ri urg‘u berishni amalga oshirishi mumkin.
7)
Aqliy hujum.
Intellekt-xaritalar aqliy hujum va diskussiyalar natijalarida
qo‘llanilishi mumkin
Shunday qilib biz intellekt-xaritani chizishga jazm etdik.
toza oq qog‘oz
rangli ruchkalar, qalamlar, flamasterlar.
miya
Bizning harakat ketma – ketligi bunday:
1.
A4 yoki A3 o‘lchamli oq qog‘oz, rangli ruchkalar, qalamlar, flamasterlarni
olamiz.
2.
Varaqni gorizontal joylashtirib uni o‘rtasida bitta yoki ikkita so‘z bilan
asosiy tushuncha yoki tahlil etilayotgan muammoni (biznes-plan, yozgi dam olish,
sog‘lom turmush tarzi, bankdagi kredit, maqola nomi, kun tartibi va h.k) yozamiz.
Markaziy obraz eng yorqin obekt bo‘lishi kerak.Chunki u sizning markaziy
e’tiboringizda bo‘lib intellekt-xarita tuzishning asosi hisoblanadi. Buning uchun
markaziy obyektni yasashda ko‘pgina bizni ilhomlantiruvchi rasm va ranglardan
foydalanib chiziladi. Bu tushunchani ramka yoki aylanaga olamiz. Uchtadan kam
bo‘lmagan ranglardan foydalanamiz. Biz tanlagan ranglarda doimo ko‘ringanidan
ko‘proq mazmun yotadi. Rangni biz darhol qabul qilamiz, matnni qabul qilish
uchun vaqt kerak bo‘ladi. Har qaysi rangni o‘z ma’nosi bor ya’ni har bir odam
uchun bu individual hisoblanadi.
U yoki bu rangni ma’nosi alohida induvidualligiga bog‘liq faktorlarga,
avvalgi tajriba tarbiya ta’siriga bog‘liq. Turli xil sharoitda bir rang umuman turli
162
belgilarni ifodalaydi. Masalan, Rossiyada tratuarni rangi qora, Yaponiyada esa oq.
Berilgan rangga bog‘liq holda qabul qulinayotgan ma’lumotni soddalashtirish va
kuchaytirish mumkin. Svetaforni ta’qiqlovchi rangini tushunish uchun lahzalar
kerak bo‘ladi. Intellekt-xaritadan ma’lumotlarni hisoblash uchun siz ranglarni
ahamiyatini bilishingiz kerak bo‘ladi.
3.
Markaziy obyektdan yo‘nalishlarda asosiy tushuncha, xususiyat, assotsatsiya,
aspektlar–bog‘lovchi chiziqlar chiqaramiz. Chiziqlarni rangli chizamiz. Har bir
chiziqqa bitta yoki ikkita so‘z bilan aniq, iloji bo‘lsa bosma harflar bilan yozamiz.
Intellekt-xaritani chizib, iloji boricha ko‘proq rang va ko‘proq rasm chiziladi.
Ko‘rish tarzida uzoq vaqt eslab qolinadi, maksimal tezlikda qabul qilinadi, ko‘p
sonli assotsatsiyalar shakillanadi.Bizning miyamiz shunday tuzilganki, bunda
istalgan so‘zni ko‘rish assotsatsiyasi lahzada paydo bo‘ladi. Mana shu
assotsatsiyani biz chizamiz. Odatda intellekt-xaritadan qabul qilingan ma’lumotni
o‘qish shart emas. Undagi rasmda nima yozilgani to‘g‘risida miyamizga ma’lumot
keladi
4.
Har bir chiziqdan bir nechta yupqaroq chiziq chizamizki, bu –assotsatsiya
rivoji, tushunchalarni aniqlashtirish, xususiyatlarni detallari, aniq yo‘nalishlarni
ifodalaydi.
5.
Ma’noli bloklarni chiziqlar bilan ajratamiz, ramkaga ajratamiz (ranglarni
unutmaymiz) .
6.
Intellekt-xarita o‘rtasidagi aloqalarni strelkalar bilan ko‘rsatamiz (turli rang
va qalinlikda) .
7.
Soat strelkasi bo‘yicha o‘ng yuqori burchakdan boshlab o‘qiymiz.
Ma’lumotlar aylana bo‘yicha xaritaning markazidan va o‘ng yuqori burchakdan va
soat strelkasi bo‘yicha hisoblanadi. Ushbu qoida intellekt-xaritalarni o‘qish uchun
163
qabul qilingan. Ba’zan siz ikkita chiziq, ammo ularni nomi qayd etilmaganligini
sezasiz. Bu holda chiziqlarni o‘tkazish va ularni bo‘sh qoldirish tavsiya etiladi bu
holda sizda tugallanmagan holat shakillanadi va bu chiziqlarni to‘ldirish uchun
miyada doim tajriba o‘tkazing. Har bir kishining fikrlashi unikal bo‘lib, xaritalar
insonlardagi unikal va qaytarilmas fikrlarni maxsulidir. Tajriba o‘tkazishdan
qo‘rqmang, sinash, izlash va topish va ma’lumotlarni taqdim etishning yaxshi
uslubidir. Shunday qilib xulosa chiqarish mumkinki, intellekt-xarita usuli
o‘qitishning ajoyib yo‘lidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |