Microsoft Word O'quv qo'llanma



Download 12,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/225
Sana06.07.2022
Hajmi12,2 Mb.
#752141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 13.12

So‘z boshi 
 
Mustaqil O‘zbekiston sharoitida innovatsiyalarni o‘rganish, uni ta’lim 
jarayoniga tadbiq etish ta’lim tizimini isloh qilish masalalari bilan bog‘liq ravishda 
tayyor axborotlarni berishga asoslangan an’anaviy o‘qitish turidan, 
o‘quvchilarning izlanishiga, ma’lumotlarni o‘zlari izlab topishga o‘rgatadigan 
ta’lim tizimiga o‘tish yo‘lidagi harakatlar bilan asoslanadi. Shunga ko‘ra yangi 
bilimlarga intilish, yangilik, innovatsiya, innovatsion jarayonlar kabi tushunchalar 
mohiyatini anglashga ehtiyoj kuchayadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabr kungi 2020 Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida shunday dedi: “… Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 
dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani 
fundamental asos bo‘lganini ko‘ramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini 
chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, innovatsion 
texnologiyalar, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon 
talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo‘lmaydi. Buyuk mutafakkir shoirimiz 
Mir Alisher Navoiy o‘z davrida yoshlarga murojaat qilib, 
“Quyoshliq istasang, 
kasbi kamol et”
, deb yozganlar. Chindan ham, odamlarga quyoshdek beminnat 
nur taratishni, yaxshilik qilishni istaydigan inson, kamolotga intilib, turli ilm va 
kasb-hunarlarni o‘zlashtirishi lozim. Hozirgi davrda xorijiy tillarni mukammal 
o‘rganmasdan turib, buyuk bobomiz aytgan ana shunday marralarga erishib 
bo‘lmaydi, desak, adashmagan bo‘lamiz. Bunday o‘tkir talabga amal qilib, kelgusi 
yilda fizika va chet tillarini o‘rganishni ustuvor yo‘nalish etib belgilashni taklif 
etaman. Shu maqsadda kelgusi yilda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ushbu fanlarni 
o‘qitish sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan maktablar ochish, malakali 
pedagoglarni jalb etish kabi tizimli ishlar amalga oshiriladi. Fizika bo‘yicha 
Ahmad Farg‘oniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi tashkil etiladi. Shuningdek, 
fizika yo‘nalishida ilmiy izlanishlar ko‘lami va sifatini oshirish, yosh olimlarga 
zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga 
oshiriladi».


9
Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng 
rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan. Yurtimiz 
hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan 
oladigan mashhur daholarni etishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-
Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali 
ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali 
Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga 
beqiyos hissa qo‘shdi.
Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, 
XX asrning 40-yillaridan boshlab O‘zbekistonda fizika fanini rivojlantirish 
jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro 
mukofotlarga sazovor bo‘ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo‘lib saylandi. Eng 
muhim ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy 
maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o‘rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi 
qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi, lazer 
fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shdi. 
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, 
ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni 
saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy 
tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka 
yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi PQ-5032-
son qaroriga asosan 2021 — 2023 yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini 
oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash 
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Bunda, iqtisodiyotning 
real sektori va ishlab chiqarish sohasiga mutaxassis tayyorlovchi oliy ta’lim 
muassasalarida fizika fanlarini o‘qitishning integrativ prinsiplarini joriy etish, 
yangi va ta’lim bozorida talabgor mutaxassisliklarni ochish hisobidan yoshlarning 
fizika ta’limi bilan qamrov darajasini oshirish, tayanch maktablar va fizika fani 
chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarning o‘quv-


10
metodik bazasi holatini yaxshilash, o‘qitish jarayoniga zamonaviy o‘qitish 
uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan 
holda joriy etish masalalari ko‘zda tutilgan. 
O‘zbekiston davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan 
yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqda, chunki zamon 
shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrga yangi fikr, yangi g‘oyaga, 
innovatsiyaga tayangan davlatgina yutadi. Demak, endilikda har bir soha va tizim 
faoliyatini innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar asosida olib borish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, yangilik termini “Modernizatsiya” tushunchasi bilan ham 
aniqlanadi. Ta’lim – tarbiya jarayoniga yangilik kiritish tarzida ham mavjud o‘quv 
texnologiyalar, o‘quv muassasasi ta’limni mohiyatini o‘zgartirishga qaratilgan 
yangi g‘oya sifatida qaraladi. Ta’lim sohasidagi innovatsion ta’lim – tarbiya 
maqsadi, mazmuni, usul va shakllari, pedagogik jarayonni tashkil etishda 
yangiliklar kiritish nazarda tutiladi. Mustaqil O‘zbekiston sharoitida pedagogik 
innovatsiyalar asosan pedagogik tizimni takomillashtirish, ta’lim-tarbiya 
jarayonini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni 
ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga tadbiq etishga yo‘naltirilgan.
Hozirgi vaqtda innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo‘llash 
bo‘yicha olib borilgan ishlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu sohaga oliy o‘quv 
yurtlari, ayniqsa pedagogika oliy o‘quv yurtlarida talabalarga fizikani o‘qitishda 
ancha samara berdi. Shu sabablarga ko‘ra muallifning “Fizikani o‘qitishda 
innovatsion texnologiyalardan foydalanish uslubiyati” o‘quv qo‘llanmasini qayta 
nashr qilish zarurati tug‘ildi.
Qo‘llanmaga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: “Elektromagnit induksiya 
hodisasi” tubdan qayta ishlandi, uning keyingi vaqtda amaliyotda qo‘llashi 
yoritildi. Ilmiy pedagogik tajriba natijalarini qayta ishlash, unga matematik – 
statistik metodlarni qo‘llashlar ham kiritildi.
Muallif taqrizchilar Samarqand davlat Arxitektura va Qurilish institutining 
professori O‘. T. O‘sarovga, Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekani 


11
dots. R. M. Rajabovga va umumiy fizika kafedrasi mudiri dots. Z. M. 
Shodiyevlarga ishni yaxshilash bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirganligi, shu 
kafedraning dotsenti fizika – matematika fanlari falsafa doktori, dotsent B. 
Amonovga kompyuterda sahifalaganligi uchun alohida minnatdorchilik bildiradi. 
Ushbu qo‘llanmada uchraydigan ba’zi kamchiliklarni 
quvandikov@rambler.ru elektron pochta yoki Samarqand shahri, Universitet 
xiyoboni 15 uy, fizika fakultetiga xabar qilinsa hamda taklif berilsa muallif u 
kishilarga ham oldindan o‘z minnatdorchiligini bildiradi. 


12

Download 12,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish