Microsoft Word O'quv qo'llanma


– rasm. O‘qitishning maqsadi



Download 12,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/225
Sana06.07.2022
Hajmi12,2 Mb.
#752141
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   225
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 13.12

1 – rasm. O‘qitishning maqsadi. 
Birinchi savolga javob o‘qishning maqsadini aniqlab olishga qaratiladi. 
Ma’lumki, maktab ijtimoiy talabni bajaradi. Bu degani maktab ta’limining, 
xususiy holda fizikaning vazifasi jamiyat talablari bilan belgilanadi. Jamiyatning 
rivojlanishi ta’lim maqsadlarining o‘zgarishiga olib keladi. Bunga bevosita 
bog’liq holda ta’limning mazmuni ham o‘zgaradi (nimaga o‘qish) . Masalan, 
agarda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish maqsadi qo‘yilgan 
bo‘lsa, u holda fizika kursining mazmunida ham dunyoqarash xarakteridagi 
materiallar o‘z aksini topishi kerak; agarda o‘quvchilarda ilmiy-texnikaviy 
taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlari to‘g’risida tasavvurga ega bo‘lish maqsadi 
qo‘yilgan bo‘lsa, u holda bunga mos keladigan o‘quv materiallari bu fizika 
kursiga kiritilishi kerak. 
NIMAGA O’QISH? 
O’QITISHNING MAZMUNI 
QANDAY QILIB O’QISH? 
O’QITISH 
МЕТО
DLARI, 
QURILMALARI
NIMA UCHUN O’QISH ? 
O’QITISHNING MAQSADI 


26
Vaqt o‘tishi bilan fizika ta’limining maqsadi o‘zgarishi bois, unga mos ravishda 
fizika kursining mazmuni ham o‘zgaradi. Undan tashqari quyidagilar fizika 
kursining mazmuniga o‘z ta’sirini o‘tkazadi: fizika fanining rivojlanishi 
o‘quvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlari, axborot resurslar 
rivojlanishining darajasi va boshqalar. 
Fizikani qanday oqitish kerak – degan savolga javob berishda bizlar o‘qitishning 
maqsadlariga mos keluvchi shunday o‘qitishning metodlari, ko‘rgazmali qurollari 
va tashkiliy ko‘rinishlarini tanlab olishimiz kerakki, ular o‘z navbatida nafaqat 
o‘qitish maqsadiga, balki o‘qitish mazmuniga ham bog’liq bo‘ladi. Masalan, 
agarda o‘quvchilarda amaliy ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadi 
qo‘yilgan bo‘lsa, u holda kursning mazmunida bunga mos keluvchi amaliy-
eksperimental laboratoriya ishlari kiritilishi kerak. Shuningdek, o‘qitishning ilmiy-
tadqiqot metodlaridan, ma’lum bir o‘qitish qurollari (asboblar, nashr qurollari) va 
o‘quv faoliyatining individual formalaridan foydalanish kerak. Metodlar, 
qurilmalar va o‘qitish shakllariga psixologik-pedagogik fanlar, fizika fani va 
texnikaning rivojlanish darajasi ham sezilarli ta’sir o‘tkazadi. 
Shunday qilib, o‘qitishning maqsadi, mazmuni, uslublari, ko‘rinishlari va 
qurollari birgalikda metodik sistemani tashkil qilib, unda yyetakchi rolni o‘qitish 
maqsadlari egallaydi, bu esa pedagogik faoliyatning strategiyasini belgilab beradi. 
O‘qitishning metodlari, yordamchi qurollari va tashkiliy ko‘rinishlari birgalikda 
o‘qitish texnologiyasini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya 
tushunchasining juda ko‘p turli xil ta’riflari mavjud. Akademik B.T.Lixachev 
pedagogik texnologiya deganda psixo-pedagogik yo‘riqnomalar majmuini, ya’ni 
metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari va korinishlarini xususiy va komponovka 
formalarini tushunadi. U yoki bu pedagogik masalalarni yechishda o‘qitishning 
turli xil metodlari, qurilmalari va formalarini qo‘llash bunga mos keluvchi 
pedagogik jarayondir. Masalan, o‘quvchilarda fizik tushunchalarni 
shakllantirishning malum texnologiyalari mavjud, shuningdek, amaliy 
ko‘nikmalarini shakllantirish, darsliklar bilan ishlashni o‘rgatish va boshqalar. 


27
Fizikani o‘qitish metodikasi bir qator fanlar bilan chambarchas bog’liq: bular 
avvalo fizika fanining o‘zi, matematika, psixologiya va pedagogika (
2 - rasm
) . Bu 
fanlar bilan bog’lanishi nafaqat fizika kursining mazmuni, balki o‘qitishning 
metodlari, qurollari va formalarida ham namoyon bo‘ladi. Masalan, fizika fanining 
rivojlanishi shunga olib keldiki, fizika kursining dasturiga bir qator bo‘limlar 
kiritildi: yarim o‘tkazgichlarning fizik asoslari, maxsus nisbiylik nazariyasining 
elementlari, kvant fizikasi va boshqalar. 

Download 12,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish