Microsoft Word O'quv qo'llanma


§ 1.4. Fizikani o‘qitish metodikasi - pedagogik fanlarning biri sifatida



Download 12,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/225
Sana06.07.2022
Hajmi12,2 Mb.
#752141
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   225
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 13.12

§ 1.4. Fizikani o‘qitish metodikasi - pedagogik fanlarning biri sifatida 
Fizikani o‘qitish metodikasi bu fizika o‘quv predmetini o‘qitishda didaktik 
tamoyillar asosidagi pedagogika fanlaridan biridir. 
Fizikani o‘qitish metodikasi nima? degan savol bu - fan, san’at, o‘rganish 
usullari va texnologiyalari - uzoq vaqt mobaynida munozarali bo‘lib kelgan. Bu 
savolga javob berish uchun «fan» tushunchasiga berilgan ta’riflar bilan tanishib 
chiqamiz. 
«Fan – bu inson faoliyatining bir sohasi bo‘lib, uning vazifasi haqiqat haqida 
ob’yektiv bilimlarni ishlab chiqish va ularni nazariy jihatdan sistemaga keltirish; 
ijtimoiy ong ko‘rinishlaridan biri; faoliyat jarayonida yangi bilimlarni olish va 
uning natijalarini o‘z ichiga olishidir». Bu ta’rifdan kelib chiqadiki, har bir 
alohida fan haqiqatning ma’lum bir sohasi haqida bilimlarni va bu bilimlarni 
yaratish ustidagi faoliyatni o‘z ichiga oladi, ya’ni o‘zining ma’lum bir tekshirish 
predmeti va tekshirish metodlariga ega bo‘ladi. Shunga o‘xshash fizika fanining 
predmeti bo‘lib, moddaning elementar zarrachalari, turli xil maydonlar, atom 


24
yadrosi va atomlar hamda ularning harakat qonunlari, shuningdek bu zarrachalar 
va maydonlarning harakati bilan bog’liq bo‘lgan tabiatdagi turli xil jismlarning 
xossalari kiradi. 
Fizikani o‘qitish metodikasining tekshirish predmeti nima degan savol o‘z-
o‘zidan paydo bo‘ladi. Fizikani o‘qitish metodikasi bo‘yicha birinchi o‘quv 
qo‘llanmasini yozgan taniqli rus uslubchisi F.H.Shvedov bunga quyidagicha ta’rif 
bergan: «Fizika metodikasi bu fanning mantiqiy asoslarini oydinlashtiradi, bu esa 
o‘quv materialini tanlab olish va uni tartibli joylashtirishda boshlang’ich nuqta 
bo‘lib xizmat qilish mumkin». Metodika predmetiga mazmunli ilmiy asoslarni 
hamda maktab fizika kursining tarkibini kiritdi. 
Talabalar uchun fizikani o‘qitish metodikasi bo‘yicha darsliklar mualliflaridan 
biri P.A.Znamenski, metodika predmetini kengroq tushunar edi va unga 
fizikaning o‘qitish jarayonlarini qo‘shdi. U shunday yozgan edi: «Fizikani o‘qitish 
metodikasi fizikani o‘rgatish asoslarining nazariyasi va amaliyoti hisoblanadi». 
Bu yerda u o‘qitish va o‘rgatish tushunchalarini tenglashtirdi. 
So‘nggi yillarda o‘quvchilarni nafaqat o‘qitish va tarbiyalashda, balki ularni 
rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun, fizikani 
o‘qitish metodikasi predmetini fizikani o‘qitish nazariyasi va amaliyotini o‘rgatish 
o‘quvchilarni fizikaga o‘rgatish jarayonida tarbiyalash va rivojlantirish lozim, deb 
tushunmoq kerak. 
Shunday qilib, fizikani o‘qitish metodikasi o‘zining tadqiqot predmetiga ega, 
ya’ni tadqiqotning ma’lum bir sohasiga va tadqiqot metodiga ega. Ular yordamida 
fizikani o‘qitish hududiy ilmiy-tadqiqotlar faoliyati amalga oshiriladi. Ularga 
nazariy hamda eksperimental metodlar kiradi. Demak, fizikani o‘qitish metodikasi 
pedagogik fanlardan biri hisoblanadi. Pedagogika fanlarining har qanday tarmog’i 
kabi, fizikani o‘qitish metodikasi gumanitar, amaliy (fundamental emas) fan 
hisoblanadi. Yuqorida qarab chiqilganlardan ikki moment muhimroqdir. 
Birinchidan, fizikani o‘qitish metodikasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Bu 
esa maktab ta’limi oldidagi vazifalarni o‘zgarishiga olib keladi, shu jumladan 
fizika fanini ham, chunki fanning rivojlanishi - fizikani o‘qitish metodikasiga ham 


25
o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ikkinchi momentda «terminologiya»ga (atamashunoslikka)
e’tiborni qaratish kerak. Adabiyotda fizikani o‘qitish va fizikani o‘rganish bir xil 
tushunchalarday qo‘llaniladi. Shunday bo‘lsa ham, fizikani o‘rganish tushunchasi 
mohiyatni ko‘proq ochib beradi, chunki o‘qitish deb faqat o‘qituvchining faoliyati 
tushuniladi, shu bilan birga o‘quv-tarbiyaviy jarayonida o‘qituvchi ham, o‘quvchi 
ham ishtirok etadilar. O‘rgatish o‘qituvchining maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini 
va o‘quvchining bilish faoliyatini, ularning o‘zaro bog’liqligini, o‘zaro 
ta’sirlashuvini va birgalikdagi faoliyatini ko‘rsatadi. 
Chet ellarda metodika atamasi nisbatan kam qo‘llaniladi, ularda ko‘proq fizika 
didaktikasi tushunchasi qo‘llaniladi. 
Fizikani o‘qitish metodikasining asosiy vazifasini aniqlashda - 3 ta savolga 
javobni izlash kerak: fizikani nima uchun o‘qish, nimaga o‘qish va qanday qilib 
o‘qish (1 – rasm) . 

Download 12,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish