www.ziyouz.com kutubxonasi
60
ko‘rib: "O’lim bilan yuzma-yuz kelib turibmiz, umrimning so‘nggi daqiqalarida sizni
quchoqlab bir rohat qilmoqchi bo‘ldim", dedi. Rasululloh unga ezgu tilaklar tilab duo
qildilar. Shundan keyin mujohidlarga: "Mening buyrug‘imsiz hujumga o‘tmanglar.
Dushman hujum qilsa, o‘q bilan qaytaringlar, ular qilich yalangochlab kelmaguncha
sizlar bostirib bormanglar", deb tayinladilar va jangda sabrli, dovyurak bo‘lishga
chaqirdilar. Shundan keyin birodarlari Abu Bakr bilan chodirga qaytib, xudoga munojot
qildilar: "Ey parvardigor, bergan va’dang bilan kafolatingni amalga oshirgaysan. Agar
mo‘minlarning halokatini istasang yer yuzida senga ibodat qilguvchi odam qolmaydi".
Abu Bakr u kishining ko‘nglini ko‘tarib: "Xudo albatta va’dasida turadi", dedi.
Bunga javoban rasululloh Qamar surasining 46-oyatini o‘qidilar: "Mushriklar to‘dasi
mag’lub bo‘lib orqaga chekinadi". Rasululloh mana shu ishonch bilan mujohidlarni
ruhlantirish uchun tashqariga chiqib "Xudoning nomi bilan qasam ichamanki, bugun
kimki mushriklarga qarshi sabr va matonat bilan jang qilsa, Olloh unga jannat ato etadi.
Kimki bir mushrikni o‘ldirsa, uning engil-boshi bilan qurolini o‘lja oladi'", deya xitob
qildilar." Juda yaxshi gap ekan-ku, — dedi Umayr ibn Xumom. — Jannatga tushishim
uchun mushriklar bilan jang qilib shahid bo‘lishimgina qolgan ekan. Nega bu qulay
imkoniyatni orqaga surib o‘tiribman", deya yeb turgan xurmosini tashlab jangga kirib
ketdi. Dushmanlar bilan sherdek olishib shahid bo‘ldi. Jang rosa avjiga chiqqanda
parvardigori olam musulmonlarning ko‘ngliga dalda berib, ruhini ko‘tarish uchun ko‘kdan
farishtalarni tushirdi. Jang biron soat davom, etgach, mushriklar mag‘lub bo‘lib, betartib
qocha boshlashdi. Musulmonlar ularni quvib, qilichdan o‘tkazishdi, bir qismini asir
olishdi. Bu jangda mushriklar yetmish nafar odamidan ayrildi, yetmishtasi asirga tushdi.
Payg‘ambar alayhis-salom jangdan qayta turib, Makkada juda ko‘p ozor bergan Uqba ibn
Abu Muayid bilan Nazir ibn Horisni qatl etdilar. Shundan keyin o‘liklarni Badrdagi
chuqurlarga ko‘mishni buyurdilar. U kishining amriga binoan xoh mushrik bo‘lsin, xoh
musulmon jasadlar albatta dafn etilardi. Chuqurga birinchi bo‘lib Abu Huzayfaning otasi
tashlandi. Uning rangi bo‘zarib, g’alati bo‘lib ketdi. "Otangga achinyapsanmm?" deb
so‘radilar payg‘ambar alayhis-salom. "Yo‘q, — dedi Abu Huzayfa. — Lekin otam aqlli,
muloyim, mehribon odam edi. Hamisha Ollohdan u kishini islom diniga hidoyat etishni
so‘rardim. Afsuski, nasib etmadi. Otamning imonsiz ketganiga ichim achiyapti".
Rasululloh unga tasalli berib, haqiga duo qildilar.
Shundan keyin mushriklarning jasadlari ko‘milgan joyga kelib, hay falonchi, hay
pismadonchi, deya marhumlarni nomma-nom chaqirdilar-da: "Islom dinini qabul
qilmaganinglar uchun afsuslanyapsizlarmi? Biz robbimizning va’dasi rostligiga ishondik,
sizlar ham o‘z robbingizning va’dasi chinligiga amin bo‘ldinglarmi?" "Ey rasululloh, jonsiz
jasadlar gapingni eshitarmidi?" dedi hayratga tushib Umar. "Ular sizlardan ko‘ra
yaxshiroq eshitishadi", dedilar payg'ambar alayhis-salom. Oisha raziyallohu anhodan
rivoyat qilinishicha, rasululloh mushriklarning qabrlari tepasiga kelib: "Bular endi
da’vatimning haqligani juda yaxshi bilishadi", degan ekanlar. Shuningdek u kishi: "Sen
o‘liklarga va qabrdagilarga gapingni eshittirolmaysan", degan oyatni o‘qiganlarini, o‘lgan
mushriklar rasulullohning da’vati haqligini do‘zaxga kirganda bilajagini aytdilar.
Muhammad alayhis-salom Madina xalqiga xushxabar yetkazish uchun kun chiqish
tomonga Abdulloh ibn Abu Ravohani, kun botish tomonga Zayid ibn Horisani yubordilar.
Yahudiylar bilan munofiqlar har xil gap-so‘z tarqatib, musulmonlarning ko‘ngliga g’uluv
solib yurishgan edi. Azaliy niyati odamlarning halovatini buzib, ko‘nglini gash qilish
bo‘lgan murtadlarning dami ichiga tushib ketdi. Xushxabar Madinaliklar rasulullohning
qizi, Usmonning umr yo‘ldoshi Ruqiyani dafn etish paytida yetib keldi. Payg'ambar
alayhis-salom zudlik bilan qaytmoqchi bo‘lgan edilar, biroq o‘lja olingan mollar taqsimoti
ustida ixtilof chiqib qoldi. Yoshlar jangni biz qildik, o‘ljaning ko‘pini biz olishimiz kerak,
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |